1. Kosmik suratlar klassifikatsiyasi. Fotografik suratlar


Fotografik bo‘lmagan syomka sistemalari


Download 416.04 Kb.
bet4/5
Sana06.05.2023
Hajmi416.04 Kb.
#1435565
1   2   3   4   5
Bog'liq
5 maruza

Fotografik bo‘lmagan syomka sistemalari.
1.Televizionli va skanerli syomka.
Syomka jarayonida elektromagnit nurlanish manbai, suratga olinayotgan ob’ekt, nurlanishni atrof muxitga uzatuvchi, nurlanishni qabul qiluvchi ro‘yxatga oluvchi moslama, bortda ma’lumotlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi punktlarga uzatuvchi moslama, videoma’lumotni ishlab chiquvchi va birlamchi ishlab chiquvchi moslamalar qatnashadi va u syomka sistemasini tashkil qiladi.
Syomka sistemasi nurlanish usuliga qarab aktiv va passiv syomka turiga bo‘linadi.
Syomka vaqtidagi elektromagnit nurlanishni spektr diapazoniga qarab optik diapazonda ishlovchi va radiodiapazonda ishlovchi syomka sistemasiga bo‘linadi. Ro‘yxatga olish va qabul qilish usuliga qarab fotografik va optiko-elektronli syomka sistemasiga bo‘linadi. Fotografik syomka sistemasida landshaft elementlarini fazodagi ravshanlik elementlarini tarqalishi yorug‘lik sezuvchi materialga yozib boriladi. Joydagi fotoelektrik, termoelektrik va boshqa qabul qiluvchilar orqali ravshanlik aniqlansa bu sistema optiko-elektronli sistema hisoblanadi. Tasvirni hosil qilish usuli bo‘yicha kadrli va sknerli syomka sistemasiga bo‘linadi. Landshaft elementlarini tasviri ikkita o‘lchamda uzluksiz yozib olib hosil qilinsa kadrli syomka sistemasi hisoblanadi. Landshaft elementlarini nurlanishini ro‘yxatga olish satr va nur yo‘li (polosa) bo‘yicha bajarilsa bu skanerli syomka sistemasi hisoblanadi. Syomka qilishda bir vaqtni o‘zida spektral zonadan foydalanish bo‘yicha bir zonali va ko‘p zonali syomka sistemasiga bo‘linadi. Syomka natijasini qabul qilish punktlariga jo‘natish bo‘yicha operativ va operativ bo‘lmagan syomka sistemasiga bo‘linadi. Agar videoma’lumot aniq bir vaqtda radiokanal orqali jo‘natilsa operativ syomka sistemasi deyiladi. Agar videoma’lumot transport vositasida jo‘natilsa operativ bo‘lmagan syomka sistemasi deyiladi. Televizionli va skanerli syomka sistemasi muntazam ravishda tasvirni olib yerdagi qabul qiluvchi stansiyaga yuboradi. Bunda kadrli va skanerli syomka sistemadan foydalaniladi. Bunday holda kichik, televizonli kamera ekranida hosil bo‘lgan optik tasvirni elektrosignallarga aylantirib radiokanallar orqali yerga yuboradi. Yerdagi qabul qiluvchi stansiyalarda elektrosignallar tasvirga aylantirilib yozib olinadi. Televizon va skanerli suratlar ma’lum masshtabda va vaqtda yerga jo‘natiladi. Ushbu metod tezlikda bajarilishi bilan ajralib turadi. Ammo suratlarni sifati jixatidan fotografik suratlardan past. Suratlar kichik to‘rsimon strukturadan iborat ekanligi bilan ajralib turadi. Bu suratlarni kattalashtirilganda seziladi. Katta maydonlarni suratga olganda skanerli suratlarda ma’lum geometrik o‘zgarishlar hosil bo‘ladi. Skanerli suratlar raqamli formada berilganligi sababli kompyuter yordamida ishlab chiqishni yengillashtiradi. Televizon va skanerli syomka meteoyo‘ldoshlar va resursli yo‘ldoshlar "Meteor - Priroda" da bajariladi. Ushbu syomka ko‘p zonali variantda yer atrofidagi orbitada 600-400 km balandlikda 1:10000000 1:1000000 va 1:100000 masshtabda bajariladi. Hozirgi vaqtda ko‘rish sifatini yaxshilash maqsadida va tezlikda ma’lumot uchun elektron kameralardan foydalanilmokda.

Download 416.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling