Uslubiy ko`rsatma Darsning maqsadi


Download 456.19 Kb.
Sana12.11.2020
Hajmi456.19 Kb.
#144197
Bog'liq
1 dars


Uslubiy ko`rsatma

Darsning maqsadi:  Kimyoning tibbiyot sohasidagi ahamiyati bilan tanishtirish. Biogen elementlarning, ularning tasnifi, inson atrof-muhitda tarqalishi, organizmdagi biologik funksiyalari, elementlarning texnik taraqqiyot va atrof-muxitga ta’siri, endemik kasalliklarni kelib chiqishi, mikroelementoza kabi tushincha va bilimlarni o’rgatish, shakllantirish va chuqurlashtirish

Uslubiy tavsiya

O’rganilayotgan mavzuning ahamiyati.

Talabalarni umumiy kimyo fani va uning vazifalari bilan tanishadi, talabalarni biogen elementlar sinfi bilan tanishtirladi, Biogen elementlarning tabiatda tarqalishi bilan o’rganadi, - s-,p- va d-biogen elementlar bilan va ularning organizmdagi biologik funksiyalari bilan, inson organizmida biogen elementlarning topografiyasi bilan tanishtiriladi.


Mavzu: Tibbiy kimyoga kirish. Kimyo va atrof muhit.

Mashg’ulot rejasi

  • Tibbiy kimyo kursiga kirish.

  • Biogen elementlar xaqida tushuncha.

  • Biogen elementlarning tabiatda tarqalishi

  • Biogen elementlarni tasnifi

  • Inson va biomuhit haqida tushuncha

  • Mendeleyev davriy jadvalida biogen elementlarning joylashish qonuniyatlari va elementlarni inson organizmidagi ahamiyati.

  • Elementlarning biokimyoviy hududlardagi miqdori va endemik kasalliklarni kelib chikishi

  • Inson organizmida biogen elementlarning topografiyasi

  • Biogen elementlarning tibbiyotdagi ahamiyati

  Tibbiy kimyo fanining nomi (inglizchadan «medical chemistry»)  to`g`ridan-tog`ri dorivor moddalar kimyosi deb talqin qilinadi. Hozirgi vaqtda u kimyo fanining sohasi sifatida biologik faol moddalrni izlab topish, ularni tarkibini isbotlash, sintezlash va organizmga ta`sir etish mexanizmini molekular darajada o`rganadi. Shuningdek tibbiy kimyoning izlanishlari biologik faol moddalar ta`sir etayotgan organizm  metabolitlarining tuzilishi, ularning kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy holatlari, bioenergetikasini organishga ham qaratilgan. Ko`rib turibmiz-ki tibbiy kimyo fanlararo ilm sohasi bo`lib, bioanorganik, biofizik, kolloid, bioorganik kimyo va to`liq shakillanib bo`lgan, tan olingan biokimyo, farmakologiya va farmatsevtik kimyo kabi fanlar asosida vujudga kelib, rivojlanib kelayotgan fandir. 

Ko’p asrlar davomida tabbiy fanlar rivojlanishi natijasida tibbiyot va kimyo o’rtasida juda chuqur bog’liqliklar vujudga kelgan. Bu fanlarni bir biriga singib ketishidan yangi ilmiy yo’nalishlar fanlar orasida o’z o’rnini topib kelmoqda. Ular fiziologik jarayonlarni, kasalliklar kelib chiqishi sabablarini, farmakologiya asoslarini molekulyar darajada o’rganishga qaratilgan. Hayot jarayonini molekulyar darajada o’rganilishi kerakligining sababini tushintirish oson, chunki “tirik hujayra - bu katta va kichik bir biri bilan tinimsiz ta’sirlashayotgan molekulalardir”. Umumiy kimyo shu molekulalarni atom-molekulyar ta’limot nuqtai nazaridan, o’zida shu moddalarni saqlagan eritmalarning tarkibi, xossalarini o’rgansa, analitik kimyo elementlar va ularning birikmalarini xossalarini o’rganadi. Odam organizmining biologik suyuqliklarini eritma, bufer eritma, kolloid eritma sifatida ko’rganimiz uchun, eritmalar kimyosini o’rganishsiz organizmning tarkibini o’rganish to’liq bo’lmas edi. Biologik suyuqliklar o’z tarkibida anorganik moddalarni ionlar holatida ham tutadi. Shundan kelib chiqqan holda elektroliz jarayoni, elektrolitlar kimyosi, elektrod va oksidlanish-qaytarilish potensiallarini o’rganish tibbiyot oliy o’quv yurtlarida o’qish uchun zarur sohalardan bo’lib kelgan. Sirt hodisalari, kolloid sistemalarning fizikasi va kimyosi asoslarini bilish, organizmda kechadigan sorbsiya, desorbsiya, elektrkinetik xodisalar mohiyatini tushinib yetishga asos bo’ladi. Bioorganik kimyo hujayra va to’qimalar tarkibini tashkil qiluvchi biologik faol moddalar va organizmni sog’lomligini ta’minlovchi dorivor moddalarning tuzilishi va xosslarini o’rganadi.

Kimyo fani xozirgi zamon tibbiyotini rivojlanishida muhim o’rinni egallab, vrach ma’lumotining ajratib bo’lmaydigan bir qismidir. Tibbiyot fanining va sog’liqni saqlash ishlarining rivoji mutaxassislarni fundamental fanlardagi bilimlarini kerakli darajada chuqur o’rganilishi kerakligini talab qiladi. Buning ustiga tibbiyot nafaqat kasalliklarni davolash bilangina chegaralanib qolmay, ekologiya, toksikologiya, biotexnologiyalar va b. bilan ham shug’ullanib, ijtimoiy ta’minot sohasining katta bir qismiga aylanib bormoqda. 

Kimyoning umumiy, analitik, fizik va kolloid, organik kimyo bo’limlari tibbiyot oliy o’quv yurtlarining o’quv rejalarida alohida ko’rilmaganligi sababli bu bo’limlar “Kimyo, organik kimyo va molekulyar biologiya” fanining bir qismi sifatida o’rganiladi.



Kimyo fani bizni o’rab turuvchi dunyo tarkibi, tuzilishi, xususiyatlari va moddalar reaksiyasini o’rgatadi. Kimyo bilan atrofingizda har kuni, har bir ishlatayyotgan buyum va bajarayotgan ishingizda to’qnashasiz. Kimyoviy jarayonni ovqat tayyorlaganingizda, kir yuvish vaqtida oqartiruvchi modda qo’shganingizda, avtomobilingizni o’t oldirganingizda kimyoviy jarayonni bajarasiz. Kumush qorayganda yoki antiasidli birikmalar suvda eriganda kimyoviy reaksiya amalga oshadi. Karbonat angidrid va suv energiyasining uglevod energiyasiga aylanishi kimyoviy reaksiyadir va shuning uchun o’simlik o’sadi. Ozuqa moddalar hazm bo’lishida energiya va sog’liq uchun zarur bo’lgan moddalarga parchalanish kimyoviy reaksiyasi amalga oshadi. 

Har qanday fanni o’rganish ilmiy usuldan boshlanishi kerak



ILMIY USUL

Har qaysi olim uchun tabiat mohiyatini anglash muhim masala ekanligi hisobga olinar ekan, ilmiy usulning barcha umumiy prinsiplari olimni nimani oylayotganini oydinlashtirib beradi.

Ilmiy usulning birinchi bosqichi tabiatni kuzatish va nimani kuzayotgan bo’lsa, shunga mos aniq savollar qo’ya bilishdan boshlanadi. 

 

Kuzatuv



Gipotezalar

Xulosalar 


EKSPERIMENTLAR

Kuzatishni tushuntirishga imkon beruvchi gipotezalar ilgari suriladi. Gipoteza shunday tuzilishi kerakki, u tajribada isbotlana oladigan bo’lishi kerak. 

Gipotezani tekshirish uchun bir necha tajribalar o’tkaziladi. Tajribalar natijalarini tahlil qilish orqali chiqarilgan xulosa o’z navbatida gipotezaga bog’liq ravishda uni to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini tasdiqlashi kerak. Agar o’tkazilgan tajribalar musbat natija bo’lsa, gipoteza tasdiqlanishi mumkin. Agar tajribalar davomida yangi ma’lumotlar yig’ilsa, gipoteza qayta ko’rilishi, to’ldirilishi va o’zgartirilishi kerak. 

Yer qatlamida kimyoviy elementlarning tarqalganligi

Yer yuzasida kimyoviy elementlar turli miqdorlarda uchraydi. Yer po’stlog’ining 98 % asosan 8 ta elementdan tashkil topgan bo’lib 47% (massa boyicha) eng ko’p tarqalgan kislorodli birikmalar, ikkinchi o’rinda kremniy (29,5 %), undan keyin alyuminiy, temir, kumush, natriy, kaliy, magniy, xlor va h.k. Yer po’stlog’i asosan kislorodli birikmalardan tashkil topgan bolib, ularning ichida asosan silikatlar, karbonatlar, sulfidlar, sulfatlar va boshqalardir. 



Makro- va mikroelementlar va ularning organizmidagi miqdori

114 dan ortiq ma’lum bo’lgan elementlardan 80 dan ko’prog’i tirik organizmning hayot faoliyatida qatnashadi. Masalan qonda - 30 dan ortiq elementlar borligi aniqlangan. Suyaklarda ham 30 ga yaqin, sut va sut mahsulotlarida esa 20 dan ortiq elementlar aniqlangan. 

Organizmda ma’lum bo’lgan elementlardan 19 ta elementsiz hayot mavjud bo’la olmaydi. Biosistemalarda mavjud bo’lgan 6 ta element (vodorod, uglerod, azot, kislorod, fosfor va oltingugurtlar) juda katta ahamiyatga ega bolib, ular organogen elementlar deb ataladi. 

Organogen elementlar oqsillar, nuklein kislotalar, aminokislotalar tarkibiga kirib, yerdagi hayot jarayonning asosini tashkil etadi. Qolgan 12 ta element (natriy, magniy, kaltsiy, marganets, temir, kobalt, mis, rux, xlor va yodlar) organizmning hayotiy jarayonida faol ishtirok etadi. Bu 12 ta elementni 10 tasi metallar bolib, ularni «hayotiy metallar» yoki biometallar deb nomlashadi. Bu metallarning tirik organizmidagi faoliyatini o’rganish bioanorganik kimyo fanining asosiy vazifasidir. Bu 10 ta metalldan 6 tasi organizmda ko’p miqdorda uchraydi. Kalsiy (1700 g.), kaliy (250 g.), natriy (70 g.), magniy (42 g.), temir (5 g.), rux (3 g.) miqdorda uchraydi. Qolgan to’rttasi kamroq miqdorda uchraydi.



Odam organizmidiga kimyoviy elementlar shartli ravishda 3 ga bo’lib o’rganiladi.

 



Asosiy elementlar. Makroelementlar. Mikroelementlar
60 kg vaznli katta yoshdagi odamda asosiy elementlar miqdori 

Element

Miqdori

Vazifasi

Asosiy elementlar

Kislorod (O)

39 kg

Asosiy biomolekulalar va suvning tarkibiy qismi

Uglerod (C)

11 kg

Asosiy oganik va biomolekulalarning tarkibiy qismi

Vodorod (H)

6 kg

Biomolekulalar va suv tarkibiga kiradi, organizm suyuqliklarning pH ini belgilaydi

Azot (N)

1,5 kg

Oqsil va nuklein kislotalarning tarkibiy qismi

Makroelementlar

Kalsiy (Ca)

1000 g

Suyak va tishlarning tuzilishi, mushak qisqarishi va nerv impulslari o`tishda muhim

Fosfor (P)

600 g

Suyak va tishlarning hamda nuklein kislotalarning tarkibida

Kaliy (K)

120 g

Hujayra suyuqligining musbat ioni (K+) ta`minlash va mushak qisqarishi 

Xlor (Cl)

100 g

Hujayra tashqi suyuqligining manfiy ioni (Cl-) va me`da shirasi kislotaligini (HCl) ta`minlash

Oltingugurt (S)

86 g

Oqsil, jigar, vitamin Bva insulinning tarkibiy qismi

Natriy (Na)

60 g

Hujayra tashqi suyuqligining musbat ioni (Na+)ta`minlash, suv balansi, mushak qisqarishi va nerv impulslari o`tishida ishtirok etadi

Magniy (Mg)

36 g

Suyakning tarkibiy qismi va turli metabolik reaksiyalar ishtirokchisi

Mikroelementlar

Temir (Fe)

3600 mg

Kislorod tashuvchi gemoglabinning tarkibiy qismi

Kremniy (Si)

3000 mg

O`sish, suyak va tishlar, pay va terini mustahkamlash

Rux (Zn)

2000 mg

Hujayraning turli metabolik reaksiyalarida, DNK sintezi, suyak to`qimasi o`sishi va immun sistemadagi jarayonlarda

Mis (Cu)

240 mg

Qon tomirlari, qon bosimi va immun tizimishakllanishida

Marganes (Mg)

60 mg

Suyak o`sish, qon ivishi, metabolik reaksiyalarda qatnashadi

Yod (I)

20 mg

Qalqonsimon bez faoliyati ucun zarur

Molibden (Mo)

12 mg

Fe va N ni ovqat tarkibidan o`zlashtirish uchun kerak

Mishyak (As)

3 mg 

O`sish va rivojlanish uchun kerak

Xrom (Cr)

3 mg

Qonda qand miqdorini muvozanatda ushlash va biomolekulalar sintezi uchun 

Kobalt (Co)

3 mg

Vitamin B12 va eritrositlar tarkibiga kiradi

Selen (Se)

2 mg

Immun sistema, yurak va me`da osti bezi uchun muhim

Vanadiy (V)

2 mg

Suyak va tishlarning shakllanishi va ovqatdan energiya olish uchun kerak

1. Плазмолиз ходисасини тушунтиринг

2.       Гемолиз ходисасини тушунтиринг

3.       Изотоник, эритмага тариф беринг.



4.       Гипертоник, эритмага тариф беринг.

5.       Гипотоник эритмага тариф беринг.
Download 456.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling