1-mavzu. Ekonometrik modellashtirish asoslari


Download 45.46 Kb.
bet7/7
Sana18.03.2023
Hajmi45.46 Kb.
#1283445
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu - ma\'ruza - Ekonometrik modellshtirish asoslari

Ikkinchi bosqich – identifikatsiya qilish. Bu bosqichda izlanayotgan noma’lum o’zgaruvchilar qaysi, qanday maqsadni ko’zda tutadi, natija nimalarga olib keladi kabi savollar aniqlangan bo’lishi kerak. «Eng kichik kvadratlar usuli» yordamida tuziladigan ekonometrik modelning parametrlari aniqlanadi.
Uchinchi bosqich –verifikatsiya qilish. Tuzilgan modelni ahamiyati to’rtta yo’nalish bo’yicha tekshiriladi:
- modelning sifati ko’plikdagi korrelyatsiya koeffitsienti va determinatsiya koeffitsienti yordamida baholanadi;
- modelning ahamiyati approksimatsiya xatoligi va Fisher mezoni yordamida baholanadi;
- modelning parametrlarini ishonchliligi Styudent mezoni bo’yicha baholanadi;
- Darbin-Uotson mezoni yordamida «Eng kichik kvadratlar usulining» bajarilish shartlari tekshiriladi.
To’rtinchi bosqich – tuzilgan va baholangan ekonometrik model yordamida asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar prognoz davriga hisoblanadi.Yuqorida sanab o’tilgan bosqichlar bir-biri bilan chambarchas bog’liq va biri ikkinchisini to’ldirib, yagona maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari

  1. Ekonometrika qachon paydo bo’ldi? Ekonometrika so’zi ilk bor kim tomonidan qo’llangan?

  2. Ekonometrika qanday fan? Unin mazmuni, maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

  3. Ekonometrik tadqiqotlar qanday masalalarni o’z ishiga oladi? Ekonometrik tadqiqotlar bosqichlariga nimalar kiradi?

  4. Ekonometrik modellashtirish va modellarning ahamiyati nimalarda namoyon bo’ladi?

  5. Ekonometrikaning asosiy qo’llanadigan usuli nima?

  6. Ekonometrik model qanday ko’rinishda tuzilishi mumkin?

  7. Ekonometrik modellashtirishning qanday bosqichlari mavjud?

  8. Endogen va ekzogen ko’rsatkichlar nima?

1 Gujarati D.N. Basic Econometrics. McGraw-Hill, 4th edition, 2003 (Gu),Inc.p. 7

2 http://www.studfiles.ru/preview/6327597/

3 http://www.studfiles.ru/preview/6327597/

4 Shodiev T.Sh. va boshqalar. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar. O’quv qo’llanma. –T.: TDIU, 2010, 8 b.

5Gujarati D.N. Basic Econometrics. McGraw-Hill, 4th edition, 2003 (Gu), Inc.p. 29



Download 45.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling