1-mavzu. Ekonometrik modellashtirish asoslari


-rasm.Ekonometrika tushunchasining mazmuni


Download 165.6 Kb.
bet3/6
Sana23.04.2023
Hajmi165.6 Kb.
#1384779
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 mavzu

1.2.-rasm.Ekonometrika tushunchasining mazmuni

Ekonometrikani aniqlash bo‘yicha yondashuvlar tahlili hamda ekonometrika fanining holati ayrim masalalarni echishga erishishda ushbu fanning maqsadini shakllantiradi.



1.3.-rasm. Ekonometrika turlari


Ekonometrikaning maqsadi- bu real iqtisodiy ob’ektlarni modellashtirish va miqdoriy tahlil qilishning usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Bunda o‘rganilayotgan iqtisodiy ob’ektning tadqiqot maqsadidan kelib chiqgan holda ekonometrik usullar asosida ob’ektni modellashtirilib oldinga qo‘yilgan muammoni echimi aniqlanadi.
Masalan:
Ishlab chiqarish koxonasida ish haqqini 1 mln. ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmini qanchaga oshini aniqlash kerak. Buni aniqlash uchun berilgan ma’lumotlar asosida quyidagi ekonometrik modelni tuzish orqali aniqlash mumkin.


Y=2.2+1.3*X (1)
Bunda Y-ishlab chiqarish hajmi; X-ish haqqi.
YUqorida keltirilgan modelni tuzishni keyingi mavzularda batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Ekonometrikaning vazifalari:
1) Modelni spetsifikatsiya qilish - empirik tahlil uchun ekonometrik modellarni tuzish.
Ushbu vazifani amalga oshirishda o‘rganilayotgan itisodiy jarayon va unga ta’sir etadigan omillarni tanlab olib ularning umumiy ko‘rinishidagi ekonometrik modelini tuziladi. Tanlangan omillarning statistik ma’lumotlari to‘planadi va korrelyasion tahlil asosida omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanadi.
2) Modelni parametrlashtirish - tuzilgan model parametrlarini baholash.
Ushbu vazifani bajarishda tuzilayotgan ekonometrik modeldagi ichki omillarni natijaviy omillga miqdoriy ta’siri aniqlanadi.
3) Modelni verifikatsiya qilish - model parametrlari sifatini va butun modelning o‘zini tekshirish.
Bunda tuzilgan ekonometrik modelning parametrlarini va o‘rganilayotgan modelning jarayonga mosiligini statistik gipotezalar asosida tekshiriladi (modelning parametrlari Styudent mezoni, tuzilgan modellning jarayonga mosligi Fisher mezoni va boshqa mezonlar asosida tekshiriladi);
4) Model asosida prognoz qilish - ekonometrik modellashtirish natijalari bo‘yicha aniq iqtisodiy hodisalar uchun prognozlar tuzish va takliflar ishlab chiqish.



Download 165.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling