1-mavzu. Ekonometrik modellashtirish asoslari


Download 165.6 Kb.
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi165.6 Kb.
#1384779
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 mavzu


1-MAVZU. EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH ASOSLARI


1.1. Ekonometrikaga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari.
1.2. Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi.
1.3. Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o‘zgaruvchilar.
1.4. Ekonometrik modellashtirish bosqichlari.
Tayanch iboralar: ekonometrik bilimlar, model, modellashtirish, iqtisodiy model, ekonometrik model, modellashtirishning zarurligi, modellashtirish bosqichlari


1.1. Ekonometrikaga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari

Ekonometrik bilimlar iqtisodiy nazariya, iqtisodiy matematika, iqtisodiy statistika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kabi fanlarning o‘zaro bog‘liqligi va rivojlanishining natijasi sifatida ajralib chiqkan va shakllangan fan bo‘lib hisoblanadi.


Ekonometrika o‘zining predmeti, maqsadi va tadqiqot masalalarini shakllantiradi. SHu bilan birga ekonometrikaning mazmuni, uning tarkibi va qo‘llanilish sohasi yuqorida keltirilgan fanlar bilan doimo aloqada bo‘ladi.1
Ekonometrikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi quyidagilarda namoyon bo‘ladi.

Ekonometrika

Boshqa fanlar

Iqtisodiy hodisalar miqdoriy xarakteristikalar nuqtai nazaridan o‘rganiladi.
Iqtisodiy qonunlarning amaldagi jarayonlarga mos kelishi tekshiriladi.

Iqtisodiy nazariya. Iqtisodiy hodisalarning sifat jihatlari o‘rganiladi.
Iqtisodiy matematika. Iqtisodiy qonunlarning ifodasi matematik modellar shaklida olinadi.

Iqtisodiy statistikaning instrumentariylari iqtisodiy o‘zaro aloqalarni tahlil qilish va bashorat qilish uchun qo‘llaniladi.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarning katta qismi tasodifiy xarakterga ega bo‘lganligi uchun matematik statistikaning apparatidan foydalaniladi.

Iqtisodiy statistika.
Iqtisodiy ma’lumotlar ko‘rgazmali shaklda namoyish etish uchun to‘planadi va qayta ishlanadi
Matematik statistika. Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib, ma’lumotlarni tahlil qilish usullari ishlab chiqiladi.


Download 165.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling