Бугунги мавзу:
1-mavzu. Ekonometrik modellashtirishning nazariy asoslari
1. Iqtisodiy tizimlar va jarayonlarning murakkabligi.
Iqtisodiyotni
ekonometrik modellashtirish zarurligi.
2. Ekonometrik model,
stoxastik model, statik model va dinamik modellar
to’g’risida tushuncha. Ekonometrik modellarni yaratish shartlari.
3. Ekonometrik modellarning statistik bazasi. Bozor munosabatlari sharoitida
iqtisodiy ko’rsatkichlarning tahlili va prognozida ekonometrik modellardan
foydalanish.
4. Ekonometrik modellashtirish. Ekonometrik modellardagi o’zgaruvchilar.
Ekonometrik tenglamalar tizimi. Aniq iqtisodiy obyektlar.
Bog’lanishlarni iqtisodiy talqin qilish. Bog’liq va bog’liq bo’lmagan
o’zgaruvchilar. Ekonometrik modellashtirish
Tayanch iboralar: ekonometrik bilimlar,
model, modellashtirish, iqtisodiy model, modellashtirishning zarurligi, modellashtirish
bosqichlari
1.1
Iqtisodiy tizimlar va jarayonlarning murakkabligi. Iqtisodiyotni
ekonometrik modellashtirish zarurligi.
Ekonometrik bilimlar iqtisodiy nazariya,
iqtisodiy matematika, iqtisodiy statistika,
ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kabi fanlarning o’zaro bog’liqligi va rivojlanishining
natijasi sifatida ajralib chiqkan va shakllangan.
Ekonometrika o’zining
predmeti, maqsadi va tadqiqot masalalarini shakllantiradi. Shu
bilan birga ekonometrikaning mazmuni, uning tarkibi va qo’llanilish sohasi yuqorida keltirilgan
fanlar bilan doimo aloqada bo’ladi.
1
Ekonometrikaning boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasi quyidagilarda namoyon bo’ladi.
Ekonometrika
Boshqa fanlar
Iqtisodiy
hodisalar
miqdoriy
xarakteristikalar
nuqtai
nazaridan
o’rganiladi.
Iqtisodiy
qonunlarning
amaldagi
jarayonlarga mos kelishi tekshiriladi.
Iqtisodiy nazariya.Iqtisodiy hodisalarning
sifat jihatlari o’rganiladi.
Matematikiqtisodiyot.Iqtisodiy
qonunlarning
ifodasi
matematik
modellar
shaklida olinadi.
1
Gujarati D.N. Basic Econometrics. McGraw-Hill, 4
th
edition, 2003 (Gu),Inc.p. 7
Iqtisodiy
statistikaning
instrumentariylari iqtisodiy o’zaro aloqalarni
tahlil qilish
va bashorat qilish uchun
qo’llaniladi.
Iqtisodiy ko’rsatkichlarning katta qismi
tasodifiy xarakterga ega bo’lganligi uchun
matematik
statistikaning
apparatidan
foydalaniladi.
Iqtisodiy statistika.
Iqtisodiy ma’lumotlar ko’rgazmali shaklda
namoyish etish uchun to’planadi
va qayta
ishlanadi
Matematik statistika. Tadqiqot maqsadidan
kelib chiqib, ma’lumotlarni tahlil qilish usullari
ishlab chiqiladi.