Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya Reja


Download 483.05 Kb.
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi483.05 Kb.
#1374166
  1   2   3   4

Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya
Reja:

  1. Iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari

  2. Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash jarayonlarini jadallashtirishni moliyalashtirish manbalari

3. Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish
4.Mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq investitsion loyihalar

  1. Iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari

Har qanday davlatda tashqi qarzning me’yoridan oshib ketishi milliy iqtisodiyot rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar tashqi qarz bo‘yicha to‘lovlar mamlakatning tovar va xizmatlar eksportidan keladigan tushumning sezilarli qismi, masalan, 20-25 foizidan oshib ketsa, bu holat davlatning kredit bo‘yicha reytingini pasaytirib yuboradi. Natijada chetdan yangi qarz mablag‘larini jalb etish mushkullashadi. SHunga ko‘ra, davlatlar muntazam ravishda tashqi qarzni tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirib boradi.
Bunday chora-tadbirlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: mamlakatning oltin-valyuta zaxirasi hisobidan qarzlarni to‘lab borish; kreditorlarning qarz to‘lov muddatlarini o‘zgartirishlari, ayrim hollarda ularning ma’lum qismidan voz kechishlariga erishish; qarzlarni mamlakatdagi ko‘chmas mulk, qimmatli qog‘ozlar, kapitalda ishtirok etish va boshqa huquqlarni sotish hisobidan to‘lash; xalqaro banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlardan yordam olish va h.k.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda neft-gaz, mashinasozlik, elektr texnika, kimyo, metallurgiya sanoatida o‘nlab yangi yirik korxonalar barpo etildi. Iqtisodiyotimizning yangi tarmog‘i – rivojlangan infratuzilmaga ega avtomobil sanoati tashkil etildi. Ushbu tarmoqda «GM», «MAN» va «ISUZU» kabi jahonda etakchi kompaniyalarning zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari tatbiq qilingan.
Xorijiy mamlakatlar tajribasida davlat bilan no davlat sektorning o‘zaro mu nosabatlari turli qonun hujjatlari bilan yoki hukumat va fuqarolik sektori ham korligi to‘g‘risidagi bitimlar doirasida tartibga so­linadi. Biroq, rivoj langan demokratik davlatlarda ham davlatning nodavlat notijorat tashkilotlar bilan sherikligini va uni amalga oshirish mexanizmini belgilab beruvchi yagona qonun hujjati mavjud emasligi kuzatilmoqda. Xorijiy mamlakatlar tajribasida davlat bilan no­davlat sektorning o‘zaro mu­nosabatlari turli qonun hujjatlari bilan yoki hukumat va fuqarolik sektori ham­korligi to‘g‘risidagi bitimlar doirasida tartibga so­linadi. Biroq, rivoj­langan demokratik davlatlarda hamdavlatning nodavlat notijorat tashkilotlar Xorijiy mamlakatlar tajribasida davlat bilan no­davlat sektorning o‘zaro mu­nosabatlari turli qonun hujjatlari bilan yoki hukumat va fuqarolik sektori ham­korligi to‘g‘risidagi bitimlar doirasida tartibga so­linadi. Biroq, rivoj­langan demokratik davlatlarda hamdavlatning nodavlat notijorat tashkilotlar Xorijiy mamlakatlar tajribasida davlat bilan no­davlat sektorning o‘zaro mu­nosabatlari turli qonun hujjatlari bilan yoki hukumat va fuqarolik sektori ham­korligi to‘g‘risidagi bitimlar doirasida tartibga so­linadi. Biroq, rivoj­langan demokratik davlatlarda hamdavlatning nodavlat notijorat tashkilotlar Xorijiy mamlakatlar tajribasida davlat bilan no­davlat sektorning o‘zaro mu­nosabatlari turli qonun hujjatlari bilan yoki hukumat va fuqarolik sektori ham­korligi to‘g‘risidagi bitimlar doirasida tartibga so­linadi. Biroq, rivoj­langan demokratik davlatlarda hamdavlatning nodavlat notijorat tashkilotlar bilan sherikligini va uni amalga oshirish mexanizmini belgilab beruvchi yagona qonun hujjati mavjud emasligi kuzatilmoqda. Mamlakatimizda 2015 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirgan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning ahamiyati mavzusida Samarqand viloyat adliya boshqarmasida seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi, O‘zbekiston iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining viloyat birlashmasi, viloyat davlat statistika boshqarmasi hamda viloyatdagi barcha nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorligida bo‘lib o‘tgan seminarda qonunning amaliy ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritildi.Qonun 5 bob va 30 ta moddadan iborat bo‘lib, 1-bob umumiy qoidalarga bag‘ishlanib qonunning maqsadi, ijtimoiy sheriklikning tushunchasi, sub’ektlari, asosiy prinsiplari va sohalari ochib berilgan bo‘lsa, Qonunning 2-bobi ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va ularni amalga oshirish tartibini belgiladi. Unda ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari sifatida, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ-huquqiy hujjat­larni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda nodavlat no­tijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati bosh­qa­ institutlarining ishtiroki, nodavlat notijorat tash­kilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillarining davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va ja­moatchilik-maslahat organlari­ faoliyatida ishtirok etishi, ijtimoiy sheriklik sub’ektlari tomonidan birgaliqda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazish, ijtimoiy sheriklik sub’­ektlari tomonidan bitimlar va shartnomalar tuzish, birgalikdagi loyihalar­ va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; ijtimoiy sheriklik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, axborot almashish kabilar belgi­lanib,­ ularni amalga oshirishning huquqiy mexanizm­lari ko‘rsatilgan. SHuningdek, qonunning o‘ziga xosligi Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va ushbu fond mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasiga o‘xshash tuzilmalarni joylarda ham tuzish, davlat subsidiyasi, davlat granti, davlat ijtimoiy buyurtmasi va ularni berish tartibi mustahkamlanib, grant tanlovlarining joylarda tashkil qilinishi mahalliy davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga qiziqishini orttirishi, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan ko‘tarilayotgan turli xil muammolardan xabardor bo‘lib borishiga va muammolarni birgalikda hal etish choralarini ko‘rishida katta imkoniyat hamda imtiyozlar berish nazarda tutilgan Tadbir yakunida ta’kidlanganidek, mazkur qonun mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli ishlar samaradorligini oshirishga, katta ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va qonun hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish jarayonida aholining keng qatlamlari – manfaatlarining har tomonlama hisobga olinishiga xizmat qiladi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni davlat organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari qo‘llab-quvvatlashi talab qilinadigan faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi.Ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda ham davlat bilan nodavlat sektorning o‘zaro munosabatlari turli qonun hujjatlari bilan yoki hukumat va fuqarolik sektori hamkorligi to‘g‘risidagi bitimlar doirasida tartibga solingan. E’tiborlisi shundaki, hatto rivojlangan demokratikdavlatlarda ham davlatning nodavlat notijorat tashkilotlar bilan sherikligini va uni amalga oshirish mexanizmini belgilab beruvchi yagona qonun hujjati mavjud emas.ustaqillik yillarida “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilni izchil ro‘yobga chiqarish uchun Konititutsiyamiz asosida demokratik talablarga to‘la javob beradigan nadavlat notijorat tashkilotlari erkin hamda samarali faoliyat yuritishini ta’minlashga qaratilgan mustahkam huquqiy baza yaratildi. Buning amaliy natijasi hazirgi kunda jamiyat hayotining turli jabhalarida faol ish olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari misolida ko‘rish mumkin.2015 yil 1 yanvaridan boshlab kuchga kirgan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 3-bobi ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalasiga bag‘ishlangan.Ta’kidlash lozimki, qonunning mazkur bobida davlat subsidiyasi, davlat granti, davlat ijtimoiy buyurtmasi va ularni berish tartibi mustahkamlandi.Ushbu masalada yana bir yangilik shuki, endilikda davlat granti va davlat ijtimoiy buyurtmasi nafaqat Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan, balki joylarda tashkil etiladigan jamoat fondlari orqali ham berilishi belgilandi.Qolaversa, grant tanlovlarining joylarda tashkil qilinishi mahalliy davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga qiziqishini orttiradi. Ularning fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan ko‘tarilayotgan turli xil muammolardan xabardor bo‘lib borishiga va muammolarni birgalikda hal etish choralarini ko‘rishiga yordam beradi.Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojlantirishning hazirgi bosqichida ijtimoiy sheriklik asosida hayotga tatbiq etilayotgan layihalar samaradorligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoatchilik komissiyalari tuzilgan bo‘lib, ular izchil faoliyat yuritmoqda.Ayni chog‘da nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa demokratik institutlar muhim ijtimoiy ahamiyatga molik davlat hamda hududiy dasturlar ijrosida ishtirok etmoqda.Birgina “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturidagi vazifalarni bajarishda Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda boshqa nodavlat tashkilotlari faollik ko‘rsatmoqda. Bugungi kunga qadar “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida Toshkent shahri bo‘yicha 6 ta tashkilot, jumladan Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvat assotsiatsiyasi, Tadbirkor ayollar va ishbilarmonlar jamoat birlashmasi, “Qoziguzar” fuqarolar yig‘ini, Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi, O‘zbekiston Qizil YArim oy jamiyatining shahar bo‘limi, “Umid kuchi” ijtimoiy markazi turli yo‘nalishlar bo‘yicha loyiha g‘oliblari deb topilib, umumiy hisobda 147 million so‘m miqdordagi grant mablag‘lariga ega bo‘lishdi.Bu loyihalar yoshlarning huquqiy bilimlarini va huquqiy madaniyatini oshirishga, o‘sib kelayotgan yosh avlod orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga, ayollar bandligini ta’minlashga hamda oilani mustahkamlashda xizmat qiladi.Bundan tashqari ommaviy-axborot vositalari orqali ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar amalga oshirilishini yoritishga oid loyihalar bo‘yicha yana 3 ta “Buloqcha” jurnali, “Navro‘z Media” radiostansiyasi hamda “O‘zbekiston-onlayn.uz” veb-sayti loyihalar bo‘yicha har biri 25 million so‘mlik davlat granti sohibi bo‘ldilar.

Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan 100 dan ortiq gazeta va jurnallar, o‘nlab veb-saytlar, davlat va nodavlat televideniyalari va radio dasturlari borligini nazarda tutadigan bo‘lsak, albatta bu kam. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha bor imkoniyatlardan samarali foydalanilmasdan kelinmoqdaBugungi kunda poytaxtimzda 600 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritib, demokratik institutlar, sportni rivojlantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash, tarixiy-madaniy va ma’rifiy qadriyatlarni tiklash, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga munosib hissa qo‘shmoqda. O‘tgan yili ularning o‘tizdan ortig‘i O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi grant mablag‘larini olishga muvaffaq bo‘ldi.Bu o‘z navbatida ijtimoiy sheriklik bugungi jamiyatimizning ajralmas qismiga aylanib borayotganligidan dalolat beradi.Grant loyihalarini keng jalb qilishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri bu birgalikda tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarni hal etishga qaratilgan loyihalarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan davlat organlariga takliflar kiritishdan iborat.2018 yilga nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari loyiha va dasturlarini qo‘llab-quvvatlash uchun respublika byudjetidan 11 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi. 2018 yil bilan solishtirganda ajratilgan mablag‘ miqdori 10 foizga o‘sdi.Ayni paytda Toshkent shahrida joylashgan nodavlat notijorot tashkilotlari tomonidan “Qonunchilikni mustahkamlashda, insonlarda qonunga hurmatni, yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini ta’minlash”, “OAVlarni ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosining borishini yoritishga, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash”, “Fuqarolik jamiyati institutlarining jismonan sog‘lom, ma’nan etuk barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash”, “Atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalarini hal etishda aholi, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish”, “Mustaqillik yillarida respublika hayotining turli sohalarida erishilgan yutuqlar haqida keng jamoatchilikni xabardor qilishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash” kabi loyihalar bo‘yicha grant mablag‘iga sazovar bo‘lish uchun o‘z takliflarini tayyorlashmoqda.Ijtimoiy sheriklik, bu — huquqiy jihatdan teng sub’ektlarning o‘zaro hamkorligidir. Bu esa har qanday mamlakat muvaffaqiyatli rivojlanishida muhim omil sanaladi.SHu bois, grant loyihalarida yanada faol ishtirok etish uchun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoatchilik komissiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish zarur.Ikkinchidan, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan tavsiya etilgan grand loyihalarni poytaxtdagi nodavlat notijorat tashkilotlari orasida keng targ‘ib etish lozim.Bunda targ‘ibot-tashviqot ishlarida omaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanish zarur bo‘ladi.Uchinchidan, grant loyihalarini tayyorlashda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy madaniyatini rivojlantirish, oila mustahkamligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangicha zamonaviy usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.To‘rtinchidan, grant loyihalarda yosh ixtirochilarning kashfiyotlarini ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish ham muhim vazifalardan biri deb qaralishi lozim bo‘ladi. Bugungi kunda mamlakatimiz o‘z oldiga fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo etishni maqsad sifatida belgilab olgan ekan, bu masala fuqarolarimizning huquqiy ongi va madaniyati darajasiga bevosita bog‘liq ekanligini ta’kidlash joiz.Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Toki jamiyatning har qaysi a’zosi o‘z huquqi, o‘z burchi va mas’uliyatini puxta bilmas ekan, uni hayotiy ehtiyoj sifatida anglamas ekan, bizning islohot, yangilanish haqidagi barcha so‘zlarimiz, sa’y-harakatlarimiz besamar ketaveradi. Bugun odamlarning dunyoqarashi, ongi, tafakkurini o‘zgartirish mana shu masala bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qoladi”.Qayd etish lozimki, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishda nodavlat notijorat va davlat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi hamda davlat grantlari bilan ularni qo‘llab quvvatlanishi shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir.Bu borada, avvalo, joylarda yoshlarning huquqlarini muhofaza qilish va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlari normalarining amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlarining roli kuchaytirilishi muhim ahamiyatga egadir.Toshkent shahar aholisining huquqiy madaniyatini oshirish hamda huquqiy ongini yanada yuksaltirish borasida muntazam amaliy tadbirlar olib borilmoqda. Bu borada tizimli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlikning yuksakligi, avvalo, jamiyatda qonun ustuvorligi hamda adolat tamoyillari barqarorligini ta’minlaydi.Bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning samaradorligini yanada yuksaltirish maqsadida nodavlat notijorat va davlat tashkilotlarining layihalarini keng targ‘ib etish istiqbolli yo‘nalishlardan biri bo‘lishi lozim.CHunki, aholini huquqiy ongi va huquqi madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning aksariyati grant loyihalariga yo‘naltirilmaganligini ta’kidlash joiz.O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qoshida tuzilgan ijtimoiy sheriklik bo‘yicha Jamoat komissiyalari faoliyatining samaradorligi va aniq bir maqsadga yo‘naltirilganligi muhim ahamiyat kasb etadi.Albatta, ushbu qonunni ijrosi yuzasidan o‘tkazilayotgan barcha tadbirlar, xususan bugungi tadbir mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli ishlar samaradorligini oshirishga, katta ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va qonun hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish jarayonida aholining keng qatlamlari manfaatlarining har tomonlama hisobga olinishiga, bu esa o‘z navbatida mustaqil davlatimizning bundan keyingi rivojlanishiga faol xizmat qilishi shubhasizdir.




  1. Download 483.05 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling