O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
|
|
“TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlar bo’yicha prorektor
______________D.Xolmatov
|
|
|
2022 yil “___”_____________
|
Axborot texnologiyalariDA MUSIQANI MATEMATIK MODELLASHTIRISH
FANINING
O‘QUV DASTURI
2-kurs kunduzgi ta’lim shakli uchun
Bilim sohasi: 200000 – San`at va gumanitar fanlar
Ta’lim sohasi: 210000 - San`at
Ta’lim yo‘nalishi: 60211500-Cholg‘u ijrochiligi
NAMANGAN -2022
Fan/Modul kodi
ATMMM245
|
O‘quv yili
2022/2023
|
Semestr
3
|
ECTS-Kreditlar
4
|
Fan/Modul turi
Majburiy
|
Ta’lim turi
O‘zbek/rus
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari
(soat)
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Axborot texnologiyalarida musiqani matematik modellashtirish
|
60
|
60
|
120
|
2.
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga axborot texnologiyalari, matematik modellashtirish, musiqiy informatika, musiqa muharrirlari, kompyuter grafikasi to‘g‘risida nazariy bilim va tushunchalarni berish hamda talabalarda maxsus informatsion texnologiyalardan foydalanish borasida zaruriy amaliy malaka va ko
5nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning asosiy vazifasi: -talabalarning axborot texnologiyalari, musiqiy informatsion texnologiyalar, kompyuter grafikasi va musiqadagi jarayonlarni modellashtirish borasida zaruriy bilim, malaka, va ko`nikmalarga ega bo‘lishlariga ko‘maklashishdan iborat. Ushbu fan bo`yicha talaba – musiqa matnlari bilan ishlash, kompyuter grafikasining ommaviylashgan dastur vositalaridan unumli foydalanish ko‘nikmalarini olishi va orttirishi, musiqani matematik modellashtirish masalalari bilan amaliy tanishishi nazarda tutiladi.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Axborot texnologiyalari fani va uning predmeti
Axborot texnologiyalari, uning maqsadi va vazifalari. Axborot tushunchasi, uning klasifikatsiyasi. Axborotning turlari: matn, tasvir, animatsiya, audio va video. Axborot birliklari, axborotning o‘lchov va hajm tushunchalari. Axborotlarni yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va to‘plash jarayonlari. Axborotni, nota matnini, ijro manerasining xususiyatlarini aks ettirish.
Axborot resurslari va axborot tizimlari. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tushunchasi. Shaxsiy kompyuterlar. Kommunikatsiya vositalari.
2-mavzu. Musiqiy informatika va uning predmeti.
Musiqiy informatika, uning maqsadi va vazifalari. Axborotni, jumladan musiqiy xabarlar: tovushning akustik va intonatsion parametrlarini, nota matnini, ijro manerasining xususiyatlarini aks ettirish, modellash, raqamli yozuvining universal prinsiplari va usullari. Musiqiy tasavvur va bilimlarni formallashtirishda zamonaviy elektron qurilmalarning texnik imkoniyatlari.
Musiqiy tovushni boshqarish, tovushni sintez qilish va shakl o‘zgartirish, nota partituralarini yaratish, nota matnini skaner qilish va uni parametrik ma`lumotlarga o‘zgartirishga mo‘ljallangan elektron vositalar. Kompyuterning musiqani aranjirovka qilish va musiqa bastalashda qo‘llanilishi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining musiqa ilmida, musiqa pedagogikasida (elektron darsliklar, distansion ta`lim), musiqa ijrochiligida (ijro versiyasini avtomatik rejimi) qo‘llanilishi.
3-mavzu. Subeliusda ishlash asoslari.
Nota muharririning versiyalari, interfeyslari.
Instrumentlar paneli, instrumentlarning tavsifi. Instrumentlarning siljitiladigan panellari: Navigator, KeyPad, Player, Miksher va boshqalar. Ulardan foydalanish usullari. Nota belgilari paneli bo`limlari. Player paneli tavsifi. Miksher paneli oynasi va ekvalayzerdan foydalanish. Xususiyatlar paneli bo‘limlari orqali bajariladigan belgilashlar.
Yangi nota hujjati yaratish. Turli cho‘zimlardagi notalarni kiritish, o‘zgartirish, takrorlash. Navigator, raqamli klaviatura bilan ishlash. Notalarga turli shtrixlar o‘rnatish.
Takt o‘lchamlari, raqamlanishi, metri, ritmi, kalit belgilarini o‘rnatish. Hujjatga yangi taktlar qo‘shish, hujjat taktlarini olib tashlash. Takt chiziqlari, ularni o‘zgartirish variantlari. Ovozlar bilan ishlash.
Musiqiy belgi va simvollar bilan ishlash. Dinamika belgilari, artikulyatsiya belgilarini qo‘yish. Grafik belgilarni kiritish. Simvollar, ularni qo‘yish xususiyatlari. Notalarni triol, kvintol, kvartol va boshqa o‘zgartirishlar bilan ijrosi xuxusiyatlari, ularni aks ettirish variantlari.
Forshlag, qo‘shimcha qarorlar, vokal so
‘zlarini kiritish. Turli cho‘zimdagi forshlaglar, ularni hosil qilish. Nota kallachalarini o‘zgartirish. Nota hujjati taktlari raqamlanishi. Ularni o`zgartirish imkoniyati. Nota tizimiga yangi musiqa asboblarini kiritish. Kalitlar tanlash, musiqa asbobi uchun kalitni o‘zgartirish. Musiqa asbobi nota tizimi taktlari sonini o`zgartirish, sahifadagi nota tizimlari sonini va oraliq intervallarini o`zgartirish. Nota tizimlarini yashirib qo`yish va aks ettirish. Musiqa asbobi nota tizimi tipini o`zgartirish, nota tizimi uchun qo`shimcha nota tizimi hosil qilish.
Turli matn obyektlari bilan ishlash. Turli matn obyektlarini kiritish. Matnlar formatini o’zgartirish. Turli matn stillari bilan ishlash. U vokal partiyalarining so‘zlarini kiritish. Akkord matnlari va diagrammalarini kiritish. Nota bo‘limlari uchun raqamlar, xarfiy ifodalarni o‘rnatish, o‘zgartirish va olib tashlash. Taktlar raqamlanishini o‘zgartirish. Matn plaginlari bilan ishlash. Izox (zametka) kiritish va olib tashlash.
Kichik asarlar ustida ishlash. Murakkab bo‘lmagan konsert partituralari. Ovoz va fortepiano uchun yozilgan asarlarning nota matnini yaratishning xususiyatlari. Fortepiano partiyasida qo‘ldan-qo‘lga o‘tish. Akkoladalar, ularning xillari. Turli xil akkoladalarni o‘rnatish, olib tashlash. Orkestrlar uchun konsert partituralari bilan ishlash. Nota tizimiga yangi musiqa asboblarini kiritish va olib tashlash. Nota fatorlarini yashirish, aks ettirish. Tizim tugallanishi, saxifa tugallanishini kiritish, olib tashlash. Tizimlar formatlanishi, tizimga joylashtirish, formatlanishni qulflash, ochish.
Yirik shakldagi asarlar bilan ishlash. Ko‘p ovozli nota matnlari bilan ishlash. Xor asarlari, ularni yaratish va taxrirlashning xususiyatlari. Xor asarlari matni bilan ishlash. Xor va akkompanement uchun partitura matnlari bilan ishlash. Partituralar nota matni. Turli tarkib orkestrlari uchun partituralar bilan ishlash. Murakab tuzilishiga ega partitura yaratish, cholg‘ulashtirish, Gravirovka qoidalari bilan ishlash. Gravirovka qoidalari yordamida sozlashlarni bfjarish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Orkestrlar uchun partitura va partiyalar. Partituralar nota matni. Turli tarkib orkestlari uchun partituralar bilan ishlash. Murakkab tuzilishga ega partituralar yaratish, cholg‘ulashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish. Partiyalarni ajratib chiqazish, chop etish uchun tayyorlash.
Nota xujjatini chop etish imkoniyatlari. Nota xujjatini chop etishda “Page Range”, “Copies” parametrlaridan foydalanish. “Format” parametridan foydalanib nota xujjati saxifalarini masshtablangan tarzda chop etish, juft yoki toq saxifalarni sop etish, ichki, tashqi sifatida belgilash. “Substiture”, “Annotations” parametrlari belgilashlaridan foydalanib chop etish imkoniyatlari.
Nota xujjatlarini boshqa formatlarga eksporti masalalari. Nota xujjatlarini boshqa formatlarga eksporti imkoniyatlari. Sibelius versiyalariga bog‘liqlik. Grafik fayllarni import va eksport qilish: Mikrosoft Vord xujjatiga nota misollarini qo‘yish amallari. Nota xujjatini audiofayllarga eksport qilish. Tasvir fayllari sifatida eksport, eksport parametrlarini sozlash. Sibeliuzning oldingi versiyalariga eksport. ASCII tab, MIDI –fayllar formatiga eksport masalalari.
4-mavzu. Matematik modellashtirish asoslari.
Obe’kt va matematik modellashtirish tushunchalari. Matematik model qurish jarayoni. Statik, dinamik va tarqoq modellar. Matematik modellashtirishning asosiy bosqichlari. Algoritm tushunchasi. Dasturlash algoritmik tillari. Modellashtirishda analitik va tajriba (eksperiment) usullar. Analitik usulga xos xususiyatlar va qo‘llanilishi. Eksperiment usulida quriladigan modellar. Modelning adekvatligini tekshirishda inobatga olinadigan jixatlar. Matematik modellashtirishda xatoliklar. Taqribiy xisoblash xatoliklari va ularning turlari. Absolyut va nisbiy xatolik tushunchalari. Matematik model xatoliklari. Matematik modelni echish usullari. Analitik, sonli va sonli-analitik usullar.
Tovush va uning xususiyatlari. Mexanik tebranishlar. Tovush to‘lqinlari. Garmonik tebranishlar. Oddiy garmonik tebranishlarni qo‘shish: bir xil chastotali tebranishlarni qo‘shish, karrali chastotali (garmonik) tebranishlarni qo‘shish, titramalar (biueniya) ni xosil qilish jarayonlarini matematik modellashtirish.
Murakkab tizimlarning erkin tebranishlari. Tovush to‘lqinlari tezligi va bosimi. Erkinlik darajasi bitta bo‘lgan tizimlar. Erkinlik darajasi ko‘p bo‘lgan tizimlardagi tebranishlarga xos xususiyatlar. Bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqinlar. Tovush to‘lqinlarning tezligini xisoblash, uning to‘lqin tarqalish muxitiga bog‘liqligi. Qattiq sterjenda, katta xajmli qattiq muxitlarda, gazli muxitda, suyuqliklarda tovushning tarqalish tezligini xisoblash. Tovush bosimi, impedans, foydali ish koeffiyenti (KPD), tovush bosimi va intensivligi darajalarini hisoblash jarayonlarini matematik modellashtirish.
Tovushning spectral tahlili. Tovush intensivligi, qattiqligi. Tovush maydonlari. Tovush intensivligini hisoblash. Tovush intensivligi darajasi, detsibel. Tovushning qattiqligi. Fletcher-Menson egri chiziqlari (tovush intensivligini darajasi va tovushning qattiqligi orasidagi bog`liqlik). Tovush maydonlari, ularning xillari. Tovush to`lqini fronti, tovushning nuri. Tovush tarqatish manbalari, ularning xillari. Sferik, yassi, silindrik to`lqinlarning tovush maydonlari va ularning xarakteristikalarini hisoblash.
Musiqiy tovushlar, musiqa asboblarining sadolanishi, spektri.
Tovush tarqalishi hodisalari. Almashinadigan to`lqinlar. Tovush to`lqinlarining sochilishi (rasseyaniye) quvvatini hisoblash, difraksiya hodisasida parametrlarni hisoblash, turli sharoitlarda tovushning qaytishi, singib ketishi va o`tishi xarakteristikalarini, turli haroratlarda tovush singishi xarakteristikalarini, hisoblash, turli tezliklarbilan harakatlanganda Dopler effektiga muvofiq tovush chastotasi o`zgarishlarini hisoblash jarayonlarini matematik modellashtirish.
Akustik signallar. Dinamik va chastotaviy diapason. Sihnallarni modulyatsiyasi. Amplitudaviy va chastotaviy modulyatsiya. Korrelyatsion tahlil. Korrellyatsiya va avtokorrellyatsiya funksiyalari. Korrellyatsiya intervali. Tovushni uzatish tizimlarining amplitude-chastotaviy xarakteristikalari.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |