Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi


Download 150.76 Kb.
bet1/83
Sana16.06.2023
Hajmi150.76 Kb.
#1512202
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
OTM imtixon javoblari


Bilet№ 1

  1. Hozirgi o‘zbek yozuvi.

1996-yildan boshlab lotin alifbosi asosidagi o‘zbek yozuvi joriy etildi. Bu alifboda 29 ta shakl bo‘lib, ular 30 ta tovushni ifodalash uchun xizmat qiladi. Hozirgi o‘zbek yozuvidagi undosh harflar bir tovushni ifoda etadi. (Jj harfi bundan mustasno). Ikkita tovushni ifodalash uchun Jj ishlatiladi: 1) qorishiq, portlovchi j (d+j) tovushini (jo‘ja, jayron, avj kabi) va 2) sirg‘aluvchi j tovushini (jurnal, jirafa) bildiradi.
Mazkur yozuvda uchta harf birikmasi mavjud: ng, sh, ch. Ular so‘z tarkibida ajratilmaydi va bo‘linmas bir tovushni ifoda etadi: ng sayoz til orqa, portlovchi-sirg‘aluvchi, sonor undosh tovushini (tong, ohang, chang. manglay), ch til oldi, qorishiq portlovchi, jarangsiz undosh tovushni (charos, tinch, sinch, choynak), sh til oldi, sirg‘aluvchi, jarangsiz undoshni (shabada, shar, shahar,toshqin, bosh) ifodalaydi.
Tovushlar ikki turga bo‘linadi: 1) unli tovushlar, 2) undosh tovushlar. Ular unli va undosh harflar bilan belgilanadi. Hozirgi o‘zbek alifbosida 6 unli tovush va 6 ta unli harf bor (a, o, u, i, o‘, e). 24 ta undosh tovush 23 ta undosh harf bilan belgilab ko‘rsatiladi (b, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, r, s, t, v, x, y, z, sh, ch, ng). Har bir harfning bosh va kichik, bosma va yozma shakllari bor.
Harflarning alfavit taritibini bilish muhim amaliy ahamiyatga ega. Chunki turli lug‘atlar, davlat idora organlarida, arxivlarda saqlanadigan hujjatlar, ro‘yxatlar alfavit tartibida tuziladi.

  1. Tilning tabiati va vazifalari

Til kishilarning o‘zaro muloqotga kirishuvi va fikr almashuviga bo‘lgan ehtiyoj natijasida paydo bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Til paydo bo‘lgandan keyin (bu, olimlarning taxminicha, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yuz bergan) jamiyat tez rivojlana boshlagan. Til jamiyat uchun, uning a’zolari bo‘lmish insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo‘lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi. Til jamiyatda quyidagi vazifalarni bajaradi:

Download 150.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling