Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi
So‘zning lug‘aviy va grammatik ma’nosi
Download 150.76 Kb.
|
OTM imtixon javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘zning biror so‘z turkumiga xos belgisi, so‘z birikmasi va gapdagi vazifasini ko‘rsatuvchi xususiyati grammatik ma’no deyiladi.
- A”, “O’”, “I” tovushlarini unli tovushlar tasniflariga ko’ra tavsiflang. I
- Lablarning ishtirokiga ko‘ra
So‘zning lug‘aviy va grammatik ma’nosi.
So‘zning muhim belgisi ma’noga egaligidir. So‘z ma’nosida borliqdagi biror narsa-hodisa haqidagi tushuncha aks etadi. Tushuncha tafakkur birligi bo‘lib, narsa va hodisalarning mantiqan ajratilgan muhim belgilarini umumlashtirib, birlashtirib aks ettiruvchi fikr shaklidir. Tushunchaning sezgi, idrok va tasavvurdan farqi shundaki, u konkret belgi va jihatlarni emas, eng umumiy belgilarnigina saqlab qoladi. Tushuncha uchun umumiylik xos. Kishining fikrlashi tushuncha asosida vujudga keladi. Shu ma’noda, so‘z – tushunchaning tildagi ifodasi. So‘z tushunchaning moddiy qobig‘ini shakllantiruvchi va ichida saqlab turuvchi “idish”ni tashkil etsa, tushuncha so‘zning mazmun tomonini – ma’nosini tashkil etadi. So‘zning biror so‘z turkumiga xos belgisi, so‘z birikmasi va gapdagi vazifasini ko‘rsatuvchi xususiyati grammatik ma’no deyiladi. Chunonchi, "Bolalar qiziqarli kitobni o‘qiydi" gapini olsak, "Bolalar" so‘zida 2 xil ma'no ajralib turadi:1) lug‘aviy ma'no - ya'ni bu so‘zning borliqdagi odam jinsiga mansub bo‘lgan, yosh jihatdan voyaga yetmagan shaxsni yoki voyaga yetgan kimsaning farzandi, avlodini atab kelish; 2) ko‘plik sonda, bosh kelishikda, gapda ega vazifasida kelgan turdosh ot. Bu ma’nolardan birinchisi lug‘aviy, leksik ma’no bo‘lsa, ikkinchisi grammatik umumlashgan ma’nodir. Grammatik ma’no juda ko‘p so‘z uchun bir xil, ya’ni umumiy bo‘ladi. Lug‘aviy ma’no esa har bir so‘zda alohida. Lug‘aviy ma’noning bir necha turi mavjud. Bu turlar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir necha juftlikni hosil qiladi. Antonimiya. Antonimiya leksemalar orasidagi zidlik munosabatidir: [katta]-[kichik], [yosh]-[qari], [mitti]-[ulkan], [oq]-[qora] va hokazo. Antonim leksemalarning umumiy, birlashtiruvchi semasi bilan bir qatorda, qarama-qarshi semasi ham bo‘lishi lozim. Antonim leksemalar asosida borliqdagi qarama-qarshi hodisaning in`ikosi bo‘lgan qarama-qarshi tushuncha yotadi. Antonim leksemalar bir turga kiruvchi giponim leksemalar: [issiq]-[sovuq] (harakat), [katta]-[kichik] (hajm), [erkak]-[ayol] (jins) va hokazolar. Antonimlarning mantiqiy asosini ikki tur qarama-qarshilik tashkil etadi: a) kontrar qarama-qarshilik; b) komplementar qarama-qarshilik. Kontrar qarama-qarshilik – darajalanuvchi leksema qatoridagi tafovutning farqlarga, farqning ziddiyat, ya’ni qarama-qarshilikka o‘sib borishi natijasida birinchi a’zo bilan oxirgi a’zoning antonimlashuvi. Komplementar antonimiyada qarama-qarshilik uchinchi, oraliq bo‘g‘insiz bo‘ladi: [rost]-[yolg‘on], [arzon]-[qimmat], [oson]-[qiyin]. Bu leksemalar orasida oraliq uchinchi leksema yo‘q. Antonimlar strukturasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: har xil o‘zakli antonim: [katta]-[kichik], [kirmoq]-[chiqmoq], [muhabbat]-[nafrat]; bir xil o‘zakli antonim: [madaniyatli]-[madaniyatsiz], [aqlli]- [aqlsiz], [ongli]-[ongsiz]. Fanda antonimlar asosan sifat va ravish turkumiga xos degan hamda har xil o‘zaklilarini tan olishdek tor tushunish ham mavjud. “A”, “O’”, “I” tovushlarini unli tovushlar tasniflariga ko’ra tavsiflang. I unlisi quyidagicha tavsiflanadi: (Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra ,old qator unli; Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra, yuqori tor unli; Lablarning ishtirokiga ko‘ra, lablanmagan unli) 1) so‘z boshida (ipak), so‘z o‘rtasida (tilak) va so‘z oxirida (tulki) keladi. 2) so‘z ichida ikki jarangsiz undosh orasida nihoyatda qisqa aytiladi: bilan, sira. 3) k, g, x undoshlaridan keyin kelganda orqa qator unli kabi aytiladi: qir, G‘irot, oxir. 4) cho‘ziq varianti bor: muhim, musiqa. 5) e tovushiga moyil varianti bor: mix-mex. A unlisi quyidagicha tavsiflanadi: (Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra ,old qator unli; Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra, quyi keng unli; Lablarning ishtirokiga ko‘ra, lablanmagan unli) 1) so‘z boshida (ari), o‘rtasida (daftar) va so‘z oxirida (qora) keladi. 2) q, x, g‘ tovushlaridan keyin kelganda til orqaroq - orqa qator unlisi kabi talaffuz qilinadi: g‘azab, xabar. 3) ba’zi so‘zlarda sheva ta’sirida o tovush kabi aytiladi: baho – boho, shavla – shovla. Adabiy tilda a tarzida talaffuz etiladi. O unlisi quyidagicha tavsiflanadi: (Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra , orqa qator unli; Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra, quyi keng unli; Lablarning ishtirokiga ko‘ra, lablangan unli) 1) so‘z boshida (olim), o‘rtasida (toza) va so‘z oxirida (bobo) keladi. Download 150.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling