Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi


Download 150.76 Kb.
bet2/83
Sana16.06.2023
Hajmi150.76 Kb.
#1512202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Bog'liq
OTM imtixon javoblari

1. Kommunikativ vazifa – axborotni uzatish va qabul qilish vazifasi. Bu tilning eng muhim vazifasidir.
2. Ma’rifiy vazifa – insonga bilim berish vositasi bo‘lib xizmat qilish. Mavjudotning mohiyatini, haqiqatini bilish “ma’rifat” deyiladi. Tilningta’limiy ahamiyati oddiy bilim bilan cheklanmay, ma’rifatni, ya’ni bilishning eng oliy martabasini ham o‘z ichiga oladi.
3. Badiiy vazifa. Badiiylik go‘zallikning nutqiy ko‘rinishidir. Borliqda go‘zal­likning ko‘rinishlari juda ko‘p. Butun mavjudotning, xususan insonning tuzi­lishi, yurish-turishida qanchadan qancha yetuklik, jumladan go‘zallik bor.
4. Inson hayotini dasturlash va boshqarish vazifasi. Til olamni tartibga soluvchi va boshqaruvchi kibernetik1 tizimdir. Til olamni tartibga soladi va uni to‘la boshqaradi. U faqat insonni emas, hatto hayotni ham boshqaradi. Inson hayotida yuz beradigan voqealar uning ongidagi fikr va obrazlarga hamda odam ularni qaysi so‘zlar bilan ifodalashiga to‘la muvofiq keladi.

  1. Fonetik birliklar.

Fonetikaning predmeti tilning tovush tomoni, fonetik qurilishidir. Tilning tovush tomoni nutq tovushlari bo‘g‘in, urg‘u, ohang (intonatsiya, melodika) kabi birliklarni o‘z ichiga oladi.
Fonetikaning maqsadi fonetik birliklarning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va lingvistik-funksional asoslarini o‘rganish, ularning til mexanizmidagi rolini aniqlashdan iborat. Bunday maqsad uning quyidagi vazifalarini belgilaydi: a) tovush, urg‘u, melodika kabi birliklarning yuzaga kelish qonuniyatlarini o‘rganish; b) talabalarni yuqoridagi qonuniyatlar va shu qonuniyatlarga oid ilmiy-nazariy fikrlar bilan tanishtirish; v) adabiy tilning fonetik-fonologik tizimiga oid munozarali masalalarni aniqlash, ularga munosabat bildirish; g) talabalarda fonetik tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish; d) talabalarga shu sohada ishlagan fonetist-fonologlar haqida qisqacha ma’lumot berish.

  1. So‘zning lug‘aviy va grammatik ma’nosi.

So‘zning muhim belgisi ma’noga egaligidir. So‘z ma’nosida borliqdagi biror narsa-hodisa haqidagi tushuncha aks etadi. Tushuncha tafakkur birligi bo‘lib, narsa va hodisalarning mantiqan ajratilgan muhim belgilarini umumlashtirib, birlashtirib aks ettiruvchi fikr shaklidir. Tushunchaning sezgi, idrok va tasavvurdan farqi shundaki, u konkret belgi va jihatlarni emas, eng umumiy belgilarnigina saqlab qoladi. Tushuncha uchun umumiylik xos. Kishining fikrlashi tushuncha asosida vujudga keladi. Shu ma’noda, so‘z – tushunchaning tildagi ifodasi. So‘z tushunchaning moddiy qobig‘ini shakllantiruvchi va ichida saqlab turuvchi “idish”ni tashkil etsa, tushuncha so‘zning mazmun tomonini – ma’nosini tashkil etadi. So‘zning biror so‘z turkumiga xos belgisi, so‘z birikmasi va gapdagi vazifasini ko‘rsatuvchi xususiyati grammatik ma’no deyiladi. Chunonchi, "Bolalar qiziqarli kitobni o‘qiydi" gapini olsak, "Bolalar" so‘zida 2 xil ma'no ajralib turadi:1) lug‘aviy ma'no - ya'ni bu so‘zning borliqdagi odam jinsiga mansub bo‘lgan, yosh jihatdan voyaga yetmagan shaxsni yoki voyaga yetgan kimsaning farzandi, avlodini atab kelish; 2) ko‘plik sonda, bosh kelishikda, gapda ega vazifasida kelgan turdosh ot. Bu ma’nolardan birinchisi lug‘aviy, leksik ma’no bo‘lsa, ikkinchisi grammatik umumlashgan ma’nodir. Grammatik ma’no juda ko‘p so‘z uchun bir xil, ya’ni umumiy bo‘ladi. Lug‘aviy ma’no esa har bir so‘zda alohida.
Lug‘aviy ma’noning bir necha turi mavjud. Bu turlar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir necha juftlikni hosil qiladi.


  1. Download 150.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling