Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi
Download 150.76 Kb.
|
OTM imtixon javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Badiiy vazifa.
- Fonetik birliklar.
1. Kommunikativ vazifa – axborotni uzatish va qabul qilish vazifasi. Bu tilning eng muhim vazifasidir.
2. Ma’rifiy vazifa – insonga bilim berish vositasi bo‘lib xizmat qilish. Mavjudotning mohiyatini, haqiqatini bilish “ma’rifat” deyiladi. Tilningta’limiy ahamiyati oddiy bilim bilan cheklanmay, ma’rifatni, ya’ni bilishning eng oliy martabasini ham o‘z ichiga oladi. 3. Badiiy vazifa. Badiiylik go‘zallikning nutqiy ko‘rinishidir. Borliqda go‘zallikning ko‘rinishlari juda ko‘p. Butun mavjudotning, xususan insonning tuzilishi, yurish-turishida qanchadan qancha yetuklik, jumladan go‘zallik bor. 4. Inson hayotini dasturlash va boshqarish vazifasi. Til olamni tartibga soluvchi va boshqaruvchi kibernetik2 tizimdir. Til olamni tartibga soladi va uni to‘la boshqaradi. U faqat insonni emas, hatto hayotni ham boshqaradi. Inson hayotida yuz beradigan voqealar uning ongidagi fikr va obrazlarga hamda odam ularni qaysi so‘zlar bilan ifodalashiga to‘la muvofiq keladi. Fonetik birliklar. Fonetikaning predmeti tilning tovush tomoni, fonetik qurilishidir. Tilning tovush tomoni nutq tovushlari bo‘g‘in, urg‘u, ohang (intonatsiya, melodika) kabi birliklarni o‘z ichiga oladi. Fonetikaning maqsadi fonetik birliklarning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va lingvistik-funksional asoslarini o‘rganish, ularning til mexanizmidagi rolini aniqlashdan iborat. Bunday maqsad uning quyidagi vazifalarini belgilaydi: a) tovush, urg‘u, melodika kabi birliklarning yuzaga kelish qonuniyatlarini o‘rganish; b) talabalarni yuqoridagi qonuniyatlar va shu qonuniyatlarga oid ilmiy-nazariy fikrlar bilan tanishtirish; v) adabiy tilning fonetik-fonologik tizimiga oid munozarali masalalarni aniqlash, ularga munosabat bildirish; g) talabalarda fonetik tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish; d) talabalarga shu sohada ishlagan fonetist-fonologlar haqida qisqacha ma’lumot berish. Bilet№ 3 Download 150.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling