Bilet№1 Hozirgi o‘zbek yozuvi
Download 150.76 Kb.
|
OTM imtixon javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilet№ 2 So‘zning lug‘aviy va grammatik ma’nosi.
- So‘zning biror so‘z turkumiga xos belgisi, so‘z birikmasi va gapdagi vazifasini ko‘rsatuvchi xususiyati grammatik ma’no deyiladi.
Sinonimiya.
Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‘yoq va ottenka bilan ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi. Sinonim leksema orasidagi munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi. Sinonim leksema sememalaridagi atash va vazifa semasi aynan bir xil bo‘lib, ifoda semasi farqlanadi. Misol sifatida [yuz]-[bet]-[aft]-[bashara]-[turq] qatorini keltirish maqsadga muvofiq. Ma’nodoshlik qatoridagi mazkur leksemalarning barchasida atash semalari bir xil: «odam boshi old tomoni», «peshonadan iyakkacha». Ammo ifoda semalari har bir leksemada o‘ziga xos. Aniqrog‘i, «shaxsiy munosabat» har bir leksemada boshqa-boshqa namoyon bo‘lgan. U [yuz] leksemasida «shaxsiy betaraf munosabat» ko‘rinishida bo‘lsa, [turq] leksemasida «o‘ta kuchli shaxsiy salbiy munosabat» tarzida. Ma’nodoshlik qatoridagi leksemalarning ifoda semasi turli-tuman. Ulardan ayrimlari quyidagilar: 1) ijobiy yoki salbiy baho yoxud munosabat sema; 2) leksemaning qo‘llanish davrini ko‘rsatuvchi sema: «eskirgan», «yangi», «o‘ta yangi», «arxaik», «tarixiy». 3) leksemaning qo‘llanilish doirasini ko‘rsatuvchi sema: «shevaga xos», «so‘zlashuvga xos», «kitobiy», «ko‘tarinkilik» va h. Ma’nodoshlik qatoridagi leksemaning bittasi dominanta (bosh) leksema bo‘lib, boshqalari shu leksema atrofida birlashadi, ma’nodoshlik qurshovi hosil qiladi. Dominanta leksemaning yuqorida sanalgan barcha ifoda semasi neytral, betaraf. Masalan, [katta]-[ulkan]-[bahaybat] sinonimik qatori «kitobiylik», «ko‘tarinkilik» ifoda semalari asosida tashkil topgan. Qatordagi katta leksemasida bu sema belgilanmagan (neytral), [ulkan] va [katta] leksemalarida ifodalangan, oydinlashtirilgan. Bilet№ 2 So‘zning lug‘aviy va grammatik ma’nosi. So‘zning muhim belgisi ma’noga egaligidir. So‘z ma’nosida borliqdagi biror narsa-hodisa haqidagi tushuncha aks etadi. Tushuncha tafakkur birligi bo‘lib, narsa va hodisalarning mantiqan ajratilgan muhim belgilarini umumlashtirib, birlashtirib aks ettiruvchi fikr shaklidir. Tushunchaning sezgi, idrok va tasavvurdan farqi shundaki, u konkret belgi va jihatlarni emas, eng umumiy belgilarnigina saqlab qoladi. Tushuncha uchun umumiylik xos. Kishining fikrlashi tushuncha asosida vujudga keladi. Shu ma’noda, so‘z – tushunchaning tildagi ifodasi. So‘z tushunchaning moddiy qobig‘ini shakllantiruvchi va ichida saqlab turuvchi “idish”ni tashkil etsa, tushuncha so‘zning mazmun tomonini – ma’nosini tashkil etadi. So‘zning biror so‘z turkumiga xos belgisi, so‘z birikmasi va gapdagi vazifasini ko‘rsatuvchi xususiyati grammatik ma’no deyiladi. Chunonchi, "Bolalar qiziqarli kitobni o‘qiydi" gapini olsak, "Bolalar" so‘zida 2 xil ma'no ajralib turadi:1) lug‘aviy ma'no - ya'ni bu so‘zning borliqdagi odam jinsiga mansub bo‘lgan, yosh jihatdan voyaga yetmagan shaxsni yoki voyaga yetgan kimsaning farzandi, avlodini atab kelish; 2) ko‘plik sonda, bosh kelishikda, gapda ega vazifasida kelgan turdosh ot. Bu ma’nolardan birinchisi lug‘aviy, leksik ma’no bo‘lsa, ikkinchisi grammatik umumlashgan ma’nodir. Grammatik ma’no juda ko‘p so‘z uchun bir xil, ya’ni umumiy bo‘ladi. Lug‘aviy ma’no esa har bir so‘zda alohida. Lug‘aviy ma’noning bir necha turi mavjud. Bu turlar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir necha juftlikni hosil qiladi. Download 150.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling