Tilning jamiyatdagi vazifasi nimadan iborat?


Download 26.26 Kb.
bet1/5
Sana30.03.2023
Hajmi26.26 Kb.
#1310000
  1   2   3   4   5
Bog'liq
tilshunoslik


  1. Tilning jamiyatdagi vazifasi nimadan iborat?

Til kishilarning eng muhim aloqa vositasiTil odamlarning bir-birlari bilan muomalada bo’lishi uchun yordam beradigan eng muhim vositadir.Odamlar til vositasida o’z fikrlarini his-tuyg’ularini ifodalaydilar.Insoniyat jamiyatning shakllanishida tilning roli beqiyosdir.Til paydo bo’lgandan keyin (bu, olimlarning taxminicha ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yuz bergan) jamiyat tez rivojlana boshlagan.Tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til bo’lishi mumkin emas, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo’lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi.
Til kishilarning o`zaro muloqotga kirishuvi va fikr almashuviga bo`lgan ehtiyoj natijasida paydo bo`lgan ijtimoiy hodisadir. Til paydo bo`lgandan keyin (bu, olimlarning taxminicha, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yuz bergan) jamiyat tez rivojlana boshlagan. Til jamiyat uchun, uning a’zolari bo`lmish insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo`lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi.
Shu tufayli ham tilning taqdiri jamiyatning taqdiri bilan chambarchas bog`liq. Til bo`lmasa, jamiyatning bo`lishi mumkin emas, ya’ni til odamlarni jamiyat sifatida jipslashtirib turuvchi buyuk ne’matdir. Jamiyatsiz tilning mavjud bo`lshi mumkin emas. Jamiyat a’zolari ham tilning yashashi, rivojlanishiga o`z hissalarini qo`shadi. Shu munosabat bilan o`tgan asrning 80-90-yillaridagi o`zbek tilining ahvolini eslash o`rinlidir. Bu davrda o`zbek tilining faoliyat ko`rsatish doirasi juda torayib, uning yo`q bo`lib ketish xavfi paydo bo`ldi.


2 Til - belgilar sistemasi sifatida
Til kishilar o`rtasidagi eng muhim aloqa vositasidir. U obyektiv borliqdagi ma`lum voqea-hodisa haqida axborot beruvchi asosiy vositadir. Bundan axborot berishning boshqa yo`llari ham borligi ma`lum bo`ladi. Masalan, yo`l harakatidan ma’lumot beruvchi vositalar va boshqalar. Bu jihatdan til ham axborot berish uchun xizmat qiladigan yuqoridagi vositalar sirasiga kiradi. Ularning hammasi uchun umumiy narsa, avvalo, o`zi haqida va shu bilan birga, borliqdagi boshqa ma`lum narsa-hodisalar haqida ma`lumot berishdir. Bunday vositalar belgilar deb nomlanadi.



Download 26.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling