Boshlangich ta’lim fakulteti Boshlang`ich ta’lim yo'nalishi 202-guruh talabasi Mamatumarova Nozimaxon Ona tili fanidan tayyorlangan kurs ishi taqdimoti


Download 11.52 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi11.52 Kb.
#1594537
  1   2   3   4
Bog'liq
Mamatumarova Nozimaxon

Boshlangich ta’lim fakulteti Boshlang`ich ta’lim yo'nalishi 202-guruh talabasi Mamatumarova Nozimaxon Ona tili fanidan tayyorlangan kurs ishi taqdimoti.

Mavzu: Ravish holi va uning ifodalanishi


MUNDARIJA
Kirish
1.Bob .Hol
1.1.Ganing ikkinchi darajali bo`laklari
1.2. Hol va uning turlari
2. Bob. Ravish holi va uni ifodalanishi
2.1. Ravish holi
2.2.Ravish holining ifodalanish turlar
Xulosa
4. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Til kishilarning o‘zaro muloqotga kirishuvi va fikr almashuviga bo‘lgan ehtiyoj natijasida paydo bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Til paydo bo‘lgandan keyin (bu, olimlarning taxminicha, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yuz bergan) jamiyat tez rivojlana boshlagan. Til jamiyat uchun, uning a’zolari bo‘lmish insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo‘lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi. Shu tufayli ham tilning taqdiri jamiyatning taqdiri bilan chambarchas bog‘liq. Til bo‘lmasa, jamiyatning bo‘lishi mumkin emas, ya’ni til odamlarni jamiyat sifatida jipslashtirib turuvchi buyuk ne’matdir. Jamiyatsiz tilning mavjud bo‘lshi mumkin emas. Jamiyat a’zolari ham tilning yashashi, rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shadi. Shu munosabat bilan o‘tgan asrning 80-90-yillaridagi o‘zbek tilining ahvolini eslash o‘rinlidir. Bu davrda o‘zbek tilining faoliyat ko‘rsatish doirasi juda torayib, uning yo‘q bo‘lib ketish xavfi paydo bo‘ldi.
1.Bob .Hol
1.1 Gapning ikkinchi darajali bo`laklari
Gapning ikkinchi darajali bo’laklari ( to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol) bosh bo’laklarga tobe bo’lib, ularni to’ldirib, aniqlab, izohlab keladi. Gapdagi biror bo’lakni to’ldirib, unga boshqaruv yo’li bilan bog’langan bo’lak to’ldiruvchi deyiladi.To’ldiruvchi asosan kesimga bog’lanadi. To’ldiruvchi ikki xil bo’ladi:1. Vositasiz to’ldiruvchi. 2. Vositali to’ldiruvchi. Vositasiz to’ldiruvchi tushum kelishigidagi so’z bilan ifodalanib, kimni?, nimani?, qaerni? so’roqlariga javob bo’ladi. Vositasiz to’ldiruvchi ish-harakatga aloqador bo’lgan narsa-buyum, kimsani bildiradi (ish-harakatni to’g’ridan to’g’ri o’tgan narsabuyum yoki kimsani bildiradi). Kechagi yig’inda Abdullani ko’rdim. To’ldiruvchi turdosh ot bilan ifodalanganda kelishik qo’shimchasi ba’zan tushib qoladi. Talabalar paxta terishdi.[1] Vositali to’ldiruvchi jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigi qo’shimchalarini olib, kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?, kimda?, nimada?; ko’makchilar bilan kelib, kim bilan?, nima bilan?, kim haqda?, nima haqda? so’roqlariga javob bo’ladi. Farzandidan umidi katta edi. Yaxshiga yondash, yomondan qoch.Do’stlik haqida insho yozdik

Download 11.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling