Tilning jamiyatdagi vazifasi nimadan iborat?


Tilning paydo bo‘lishi qanday faktorlar bilan chambarchas bog’liq?


Download 26.26 Kb.
bet3/5
Sana30.03.2023
Hajmi26.26 Kb.
#1310000
1   2   3   4   5
Bog'liq
tilshunoslik

5 Tilning paydo bo‘lishi qanday faktorlar bilan chambarchas bog’liq?

Til qanday paydo bo`lgan, degan savolning javobi qadim zamonlardan beri insoniyatni qiziqtirib keladi. Bu jumboqning yechimi juda murakkab bo`lib, uni inson nutqining paydo bo`lishi masalasi bilan tenglashtirib bo`lmaydi. Yuqoridagi savol faqat tilshunoslik fanigagina tegishli bo`lib qolmay, bu muammo antropologiya, psixologiya, etnografiya kabi o`nlab fanlarning ham o`rganish obyektidir. Hozirgacha yer yuzida umuman bashariyatga xos bo`lgan tilning qachon, qanday paydo bo`lganligi, dastlabki tillardagi so`zlar, uning leksik, sintaktik, morfologik, semasiologik xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi hal qilingan emas va hal etilishi mumkin ham emas. Tilning paydo bo`lishi bilan ayrim aniq tillarning yoki til oilalarining paydo bo`lishi masalalarini aralashtirmaslik lozim. Hozir yer yuzida mavjud bo`lgan millat, elatlarga tegishli jonli tillarning, ba’zi bir o`lik tillarning ham kelib chiqish tarixi o`rganilgan, o`rganilmoqda. Bu u qadar qiyin masala emas. Chunki ba’zi bir muayyan tillar va shi tillarga qardosh bo`lgan tillar turli davrlarda , har xil shart – sharoitlarda, bilvosita va bevosita sabablarga ko`ra paydo bo`lgan.




6 Morfemalarning qanday turlari mavjud?


Morfemalar asosiy vazifasiga koʻra, 2 turga boʻlinadi; soʻz yasovchilar; soʻzning shaklini yasovchilar. Suz yasovchi Morfemalar yangi-yangi leksemalar hosil qilish uchun qoʻllanadi va oʻzbek tili lugʻat (leksik) qatlamining boyishida muhim rol oʻynaydi. Soʻz shakli hosil qiluvchi Morfemalar soʻzning qoʻshimcha maʼno ifodalovchi shaklini yasaydi. Mas: daraxtlar (daraxt soʻzining koʻplik shakli), balandroq (baland soʻzining daraja shakli), sargʻish (sariq soʻzining ozaytirma shakli) keldim (kel feʼlining oʻtgan zamon birinchi shaxs birlik shakli) va boshqa Morfemalar mustaqil qoʻllanmaydi, lugʻaviy maʼno ifodalay olmaydi, faqat soʻzning lugʻaviy va grammatik maʼnolari shakllanishiga xizmat qiladi. Soʻz tarkibida Morfema ishtirok etmasligi ham mumkin. „Morfema“ termini va tushunchasini tilshunoslikka polyakrus tilshunosi I.A.Boduen de Kurtene kiritgan. Lekin Morfemaning I.A.Boduen de Kurtene talqini bilan ushbu, hozirgi talqini oʻrtasida bir qadar farq bor.



Download 26.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling