1-mavzu. Ekonometrik modellashtirish asoslari
Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o‘zgaruvchilar
Download 165.6 Kb.
|
1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy model
- Iqtisodiy matematik model
1.3. Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o‘zgaruvchilar
Amaliyotda ob’ektlar va jarayonlar to‘g‘risida tassavurga ega bo‘lishi modellar yaratiladi. Buning uchun ob’ektlar va jarayonlar hamda ularni o‘ziga xos xusussiyatlari o‘rganib chiqiladi ular to‘g‘risida tassavurga ega bo‘lishadi. Bu tushunchalar oddiy so‘zlashuv tilida, turli rasmlar, sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu tushunchalar model deb aytiladi. Model so‘zi lotincha modulus so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi. Keng ma’noda model biror ob’ektni yoki ob’ektlar sistemasini namunasidir. Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’ektlarni belgi, turli rasmlar, sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalash jarayoni modellashtirish deyiladi. Iqtisodiy model - iqtisodiy jarayon yoki hodislarning soddalashtirilgan nusxasidir. Bunda modelning asosiy xusussiyatlari, uning modellashtiriladigan jarayon yoki hodisa aynan mos kelishi zarurdir. Lekin yagona iqtisodiy modelda o‘rganilayotgan jarayon yoki hodisa hamma tomonini aks ettirish mumkin emas. SHunda jarayonning eng xarakterli va eng muhim belgilari hamda o‘zaro bog‘liq xusussiyatlari aks ettiriladi. Iqtisodiy matematik model- iqtisodiy jarayon yoki hodisani matematik belgilar asosida ifodalanishidir. 1.3.-rasm. Modellar turlari Ekonometrik model – bu ehtimollik-stoxastik model. Bu model yordamida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zgarish qonuniyatlarini matematik ko‘rinishida tenglamalar, tengsizliklar va tenglamalar tizimi ko‘rinishda ifodalash mumkin. Umumiy ko‘rinishida ekonometrik model quyidagicha yoziladi: Ekonometrik modelda – asosiy endogen ko‘rsatkich, modelda o‘zgarish qonuniyatlarini yordamida o‘rganish mumkin. – ta’sir etuvchi, ekzogen ko‘rsatkichlar.2 Ekonometrik modelda fiktiv ko‘rsatkichlar qatnashishi mumkin. Fiktiv ko‘rsatkichlar – bu sifatli ko‘rsatkichlar miqdoriy ko‘rsatkichlarga o‘tkazilgan ko‘rsatkichlar. Ekonometrik model chiziqli va chiziqsiz ko‘rinishda tuzilishi mumkin. CHiziqsiz modellar parabola, giperbola, darajali funksiya, ko‘rsatkichli funksiya, trigonometrik funksiya va boshqalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Tuzilgan ekonometrik modelning haqiqiyligi to‘plangan ma’lumotlar hajmiga; ma’lumotlarning aniqlik darajasiga; tadqiqotchining malakasiga; modellashtirish jarayoniga; echiladigan masalaning xarakteriga bog‘liq. Bunda tuzilayotgan modelning turi jarayonning xusussiyatlaridan kelib chiqgan holda tanlanadi. Download 165.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling