Model so‘zi lotincha modulus so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi. Ekonometrik model
Download 16.23 Kb.
|
ta\'riflar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hodisaning nisbiy sanog’i deb
- Ikkita o’zaro erkli tasodifiy miqdorlar ko’paytmasining (yig’indisining) matematik kutishi shu tasodifiy miqdorlar matematik kutishlari ko’paytmasiga (yig’indisiga) teng
Model so‘zi lotincha modulus so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi. Ekonometrik model – bu ehtimollik-stoxastik model. Bu model yordamida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zgarish qonuniyatlarini matematik ko‘rinishida tenglamalar, tengsizliklar va tenglamalar tizimi ko‘rinishda ifodalash mumkin Tajribaning har bir natijasiga hodisa deyiladi. Tajribani amalga oshirishdagi zarur bo’lgan shartlarga kompleks shartlar deyiladi. 3-ta’rif. Ishonchli hodisalar deb, ma’lum S kompleks shartlar bajarilganda ro’y berishi oldindan aniq bo’lgan hodisalarga aytiladi. Yuqoridagi 1-3 misollardagi hodisalar ishonchlidir. 4-ta’rif. Ishonchsiz hodisalar deb, ma’lum S kompleks shartlar bajarilganda, ro’y bermasligi oldindan aniq bo’lgan hodisalarga aytiladi. 4,5-misollardagi hodisalar ishonchsizdir. 5-ta’rif Tasodifiy hodisalar deb, ma’lum S kompleks shartlar bajarilganda ro’y berishi yoki ro’y bermasligi oldindan aniq bo’lmagan hodisalarga aytiladi. 6-10 misollardagi hodisalar tasodifiy. Har bir sinashda hodisani ro’y berishi boshqalarining ro’y berishini inkor etsa, bunday hodisalarga birga ro’y bermas hodisalar deyiladi Ikkita A va V hodisalardan birining ro’y berishi boshqasining ro’y berishini inkor etmasa, bunday hodisalarga birga ro’y beruvchi hodisalar deyiladi. Sinashlarda qatnashayotgan hodisalar bir nechta bo’lib, har bir sinashda ulardan faqat bittasi ro’y bersa, bunday xodisalarga birdan-bir imkoniyatli hodisalar deyiladi. Agar hodisalardan birining ro’y berish darajasi boshqasining ro’y berish darajasidan ortmasa, bunday hodisalarga teng imkoniyatli hodisalar deyiladi. A hodisaning ehtimoli deb, shu hodisaning ro’y berishiga sharoit yaratuvchi hodisalar sonini hamma mumkin bo’lgan elementar hodisalar soniga nisbatiga aytiladi va qo’yidagicha belgilanadi: Tasodifiy hodisaning ehtimoli nol va bir oralig’idagi songa teng: Hodisaning nisbiy sanog’i deb, uning ro’y berishlar sonini hamma sinashlar soniga nisbatiga aytiladi va quyidagicha belgilanadi Tasodifiy miqdor deb, tajriba natijasida qabul qilinishi mumkin bo’lgan qiymatlardan bitta va faqat bittasini qabul qiladigan va bu qiymatlarni qabul qilishi juda ko’p hisobga olib bo’lmaydigan darajadagi tasodifiy sabablarga bog’liq bo’lgan miqdorlarga aytiladi Ma’lum ehtimol bilan ayrim aniq qiymatlarni qabul qiluvchi miqdorlarga diskret tasodifiy miqdorlar deyiladi Chekli yoki cheksiz oraliqdagi qiymatlarni qabul qiluvchi tasodifiy miqdorlarga uzluksiz tasodifiy miqdorlar deyiladi. Diskret taqsimlangan tasodifiy miqdor ning taqsimot qonuni deb, uning qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlari bilan ularga mos ehtimollar orasidagi moslikka aytiladi. Bu moslik quyidagi jadvalda ifodalanadi. Diskret taqsimlangan tasodifiy miqdorning matematik kutishi deb, uning qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlari bilan ularga mos ehtimollari ko’paytmalarining yig’indisiga aytiladi O’zgarmas sonni matematik kutishi o’ziga teng: O’zgarmas sonni matematik kutishi ishorasidan tashqariga chiqarish mumkin: Ikkita o’zaro erkli tasodifiy miqdorlar ko’paytmasining (yig’indisining) matematik kutishi shu tasodifiy miqdorlar matematik kutishlari ko’paytmasiga (yig’indisiga) teng: tasodifiy miqdor bilan uning matematik kutishi orasidagi farqqa chetlanish deyiladi. Chetlanishning kvadratidan olingan matematik kutishga dispersiya deyiladi. Dispersiyadan olingan kvadratik ildizga o’rtacha kvadratik chetlanish deyiladi. Tasodifiy miqdorni dispersiyasi tasodifiy miqdorni kvadratini matematik kutishi bilan matematik kutish kvadrati ayirmasiga teng. Tanlanma to’plam elementlari belgisining chetlanishlari kvadratidan olingan o’rta arifmetik qiymatga tanlanma dispersiya deyiladi. Tanlanma to’plam belgisining o’rta arifmetik qiymatiga tanlanma o’rta deyiladi. Regressiya tenglamasining grafik ko‘rinishi regressiya chizig‘i deb ataladi. X va Y (yoki Y va X) o‘rtasidagi bog‘lanishni miqdoriy o‘rnatilishi regression tahlil deb ataladi Fanga “korrelyatsiya” termini ingliz olimi F. Galton tomonidan kiritilgan Download 16.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling