O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
|
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
_______________ D.Xolmatov
“___” ___________ 2022-yil
|
|
|
|
MATEMATIK MODELLASHTIRISH ASOSLARI
FANINING
ISHCHI DASTURI
2022/20232 o’quv yili kechki tа’lm shаkli, 3-kurslаr uchun
Bilim sohasi: 100000- gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 130000- matematika
Ta'lim yo‘nalishi 5130200-Amaliy matematika (sohalalar bo’yicha)
Namangan-2022
Fan/modul kodi
MMLB405
|
O‘quv yili
2022/2023
|
Semestr
6
|
ECTS-Kreditlar
5
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek
|
Haftadagi dars soatlari
6-semestr - 4 soat
|
1
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama (soat)
|
Matematik modellashtirish
|
60
|
90
|
150
|
I. Fanning mazmuni
Fanning o`qitishdan maqsad – talabalarga turli jarayonlarning matematik modelini qurish, ularni tahlil qilish, modellashtirish bosqichlari va qonuniyatlarini o’rgatish, bu nazariy bilimlar yordamida muayyan amaliy matematika masalalarini yechishga o’rgatish va ixtisoslik fanlarini o’rganishga tayyorlashdan iborat.
Fanning vazifasi – tekshirilishi lozim bo’lgan muammoga jarayonlar tadqiqotini qo’llash davomida quyidagi asosiy bosqichlar ketma-ketligini bajarishni nazarda tutadi: ma’lumotlar to’plash, tekshirish maqsadini aniqlash, loyihani bajarish rejasini tuzish, muammoni tavsiflash, modelni qurish, masala yechimining algoritmini yaratish, xisoblash usulini ishlab chiqish, dasturlarning texnik jihatini ishlab chiqish, dastur tuzish va ularni sozlash, modelning adekvatligini tekshirish, olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
Fanni o`zlashtirish uchun zarur bo`lgan tayanch bilimlar
Differensial tenglamalar bo`yicha bakalavrda olingan bilimlar, Sonli usullar bo’yicha bakalavrda olingan bilimlar, Matematikaning algebraik sistemalari bo`yicha bakalavrda olingan bilimlar, Matematik analiz bo`yicha bakalavrda olingan bilimlar, Matematik-fizika tenglamalari bo`yicha bakalavrda olingan bilimlarga tayanadi.
Ta’lim natijalari
Bilimlar:
- model va uning turlari, matematik modellashtirish texnologiyalari, matematik modellarga qo’yiladigan talablar, matematik modellarni qurish bosqichlari, matematik modellarni tahlil qilish, modelni real obyektga muvofiqlashtirish, matematik model ustida o’tkaziladigan nazariy va amaliy tadqiqotlarni o’tkazish, matematik modellarga mos keluvchi diskret modellar qurish haqida tasavvurga ega bo’lish;
- modellashtirishda tabiat qonunlarini va boshqa prinsiplarni qo’llashni, diskret modellar qurishda tejamkor va turg’un hisoblash algoritmlarni tanlashni, matematik model va uning real obyekti o’rtasida muvofiqlik o’rnatishni, tadbiqiy masalalarni modellashtirishning matematik apparatini va ularni kompyuterda amalga oshirishni, matematik model universalligini, matematik modellashtirish natijalarini tahlil qilishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- obyekt haqida axborot yig’ish, obyektida to’plangan ma’lumotlarni sistemalashtirish, matematik model qurishda ishchi gipotezalarni qabul qilish, obyektga ta’sir qiluvchi asosiy faktorlarni ajratish, tadbiqiy programmalsh paketini ishlata bilish, qo’yilgan masalani yechishning samarali usullarini tanlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
II. Asosiy nazariy qism(ma’ruza mashg`ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi
1-mavzu. Jamiyat fikrining abstraktlanish jarayoini.
Model va modellashtirish tushunchalari. Bilish jarayonida va insonning amaliy faoliyatida modellashtirishning roli. Matematik model tushunchasi. Matematik modelga misollar. Matematik modelni ifodalash shakllari.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |