1-мавзу Электр энергияси истеъмолини назорат қилиш ва бошқариш
Download 1.44 Mb.
|
1.лекция ЭЭНҚБ
- Bu sahifa navigatsiya:
- ENHAT funksiyasi
- ENHAT quyidagilarga imkon beradi
- ENHAT tarkibiga quyidagilar kiradi
Электр таъминоти ва қайта тикланувчан энергия манбалари кафедраси катта ўқитувчиси ИЗЗАТИЛЛАЕВ ЖЎРАБЕК ОЛИМЖОНОВИЧ ЭНҲАТ тушунчаси ва поғоналари 1-мавзу Электр энергияси истеъмолини назорат қилиш ва бошқариш Фан номи: Режа:
ENHAT bu – nazorat-o‘lchov qurilmalari, aloqa kommunikatsiyalari (ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i), EHM va dasturiy ta’minot (DT) dan tashkil topgan energiya iste’moli jarayonini avtomatik boshqarish va avtomatik hisobga olishni tashkil etish uchun mo‘ljallangan texnik va dasturiy vositalar majmuidir. ENHAT quyidagilarga imkon beradi: Elektr energiyasi bozori subyektlari bilan ma’lumotlar almashinuvini avtomatlashtirish; Elektr energiyasi bozori subyektlari va iste’molchilari bilan hisob-kitoblarni avtomatlashtirish; Elektr energiyasini hisobga olishning ishonchliligini va tezkorligini oshirishga erishish; Elektr energetik tizimlarning texnik holatlarining avtomatik nazorat qilinishini ta’minlash; iste’molchilar o‘rtasida energiya va quvvat taqsimlanishining turli boshqarish sxemalarini ishlatish; korxonaning ish samaradorligini oshirish. ENHAT tarkibiga quyidagilar kiradi: - elektr energiya va quvvat hisoblagichlari (raqamli, interfeysli yoki impuls chiqishli); - ma’lumotlarni yig‘ish va uzatish qurilmasi (multipleksorlar, telesummatorlar va boshqalar); - kommunikatsiyalar (kommutatsiyalanadigan telefon kanallari, ajratilgan telefon kanallari, GSM, GPRS, radiokanallar va boshqalar); - aloqa apparaturalari (modemlar, radiomodemlar, multipleksorlar va boshqalar); - maxsus DT o‘rnatilgan EHM (iste’molchilar hisoblagichlaridan ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish hamda boshqa korxonalar yoki elektr energiyasini yetkazib beruvchi bilan o‘lchov ma’lumotlarini almashtirish uchun). Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling