Dars sanasi: 23.09.2022
Sinf:2
Fan nomi: Matematika
Dars mavzusi: : 100 soni saltanatiga tashrif
Darsning maqsad va vazifalari
Darsning maqsadi:
|
a) ta’limiy maqsad: mavzu yuzasidan ma’lumot berish, BKMlarini shakllantirish. Matematik bilimlarini boyitish
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni o’zaro hurmat, faollik, ishchanlikka o’rgatib, ma’naviy , ekologik , mehnat va iqtisodiy tarbiya berish. Tabiatni sevishga,u bilan faxrlanishga va asrashga o’rgatish
d) rivojlantiruvchi maqsad: Matematik nutqini, tafakkur,mustaqil fikrlash doirasini,tasavvur ko’lamini boyitish ,masala yechish ko’nikmalarini, malakalarini oshirish. Matematika faniga bo’lgan qiziqishini, bilim saviyasini oshirishga erishish. Savol-javob va turli o’yinlar, sahna ko’rinishi orqali olingan bilimlarni mustahkamlash
|
Kutilayotgan natija:dars yakunida o‘quvchilar matematika fanidan 100 ichida xonadan o’tib qo’shish usullari haqidagi bilimlarga ega bo‘ladilar.
|
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Dars turi:yangi bilim, ko‘nikma va malakani shakllantiruvchi dars.
Dars metodi:Noan’anaviy, “Kim chaqqon”, ”Pashsha”,Zanjir”, ”Sahna ko’rinishi”
Dars jihozi: darslik, rag‘batlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar,
tarqatmalar, slayd, ko’rgazmalar
nazorat:og‘zaki nazorat, o‘zini o‘zi nazorat qilish.
Baholash:o‘quvchilar dars yakunida baholanadilar, rag’batlantiriladi
|
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi
|
Bajariladigan ishning mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat, she’riy
|
3 minut
|
2-bosqich O’tilgan mavzuni mustahkamlash
|
Kim chaqqon “Pashsha” o’yini. Mavzuga oid misollar beriladi.
|
Savol-javob
|
1 minut
|
3-bosqich. Yangi mavzu bayoni
|
100 soni ichida xonadan o’tib qo’shish haqida turli o’yinlar, sahna ko’rinishi orqali tushuncha berish va misollar yechish. 1-4-topshiriqlar
|
Tushuntirish, izlanish
musobaqa
|
22 minut
|
4-bosqich Dam olish daqiqasi
|
Dam olish daqiqasi
|
harakatli
|
1 minut
|
5-bosqich Mustahkamlash
|
O’quvchilarning kreativ fikrlashini rivojlantirish, boshqotirma yechish
|
Muammoli izlanish
|
1 minut
|
6-bosqich. Darsni yakunlash. Uyga vazifa
|
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi 5- misol.
|
izlanish
|
2 minut
|
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: o‘quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish;
O’qituvchi: Assalomu alaykum O’quvchilar: Assalomu alaykum xush kelibsiz O’qituvchi: Bugun hamma sog’lommi darsga to’liq tayyormi? O’quvchilar: Ustoz bizlar sog’lommiz darsga to’liq tayyormiz MATEMATIKA so’zi M : Masala , mashq yechish A: Aslida eng qiziq ish T: Tenglamani ey o’rtoq E: Erinmasdan bajar, bo’lsin ishtiyoq M: Matematika fani A: Ajoyibot gulshani T: Tafakkurni charxlaydi I: Istiqbolga chorlaydi K: Ko’paytir, qo’sh baxtingni A: Ayirmagin aqlingni O’quvchi: Biz o’quvchilarga ajoyib qulayliklarga ega 2-sinf matematika darsligini yaratuvchi ustozlarimiz Lolaxon O’rinboyeva, Xolmirza Yusupov, Nigora Ro’ziqulova, Qo’ysintosh Abdiyevalarga Barcha: O’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ustoz! dili bahorim , Aqlingizga nur ziyo , Buloqday beg’uborim , Mehribon padar go’yo , Ishongan suyanch tog’im, Berib ta’lim-tarbiya, Omon bo’ling ustozim . Omon bo’ling ustozim .
Komil avlod bog’boni
Yuksaltuvchi vatanni
Millatning sharaf shoni
Omon bo’ling ustozim O’quvchi:Yaqinlashib kelayotgan 1-oktyabr ustoz va murabbiylar kuni Barcha: Muborak bo’lsin!
Do'stlaringiz bilan baham: |