1-Mavzu. Elektr mashinalari va transformatorlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Reja
Elektroenergetika soxasida ishlatiladigan elektr mashinalari to’g’risida umumiy
Download 198.31 Kb. Pdf ko'rish
|
1-мавзу
Elektroenergetika soxasida ishlatiladigan elektr mashinalari to’g’risida umumiy ma`lumotlar Elektr mashinalari elektr energetika tizimining asosiy elementlari hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining deyarli hammasi generatorlarda ishlab chiqariladi. Elektr energiyasining asosiy istemolchisi elektr yuritmalar (motorlar) bo’lib ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyib to’rtdan uch qismini istemol qiladi. Uzatiladigan elektr energiyasining hammasi transformatorlardan o’tkazilib kuchlanishi o’zgartiriladi. SHunday qilib ushbu fanda elektr energiyasini ishlab chiqarishda, uzatishda va istemol qilishda qo’llaniladigan elektr mashinalari o’rganiladi. SHuning uchun Elektomexanika fani elektr energetikasida ta’lim oluvchi talabalar uchun kelgusi maxsus fanlarni o’zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Elektomexanika fanida bundan tashqari transformatorlar ham o’rganiladi. CHunki, elektr mashinalari bilan transformatorlar o’rtasida juda ko’p umumiylik bor. Har qanday elektr mashina transformator rejimida ishlay oladi. Elektomexanika fani texnologiya talablariga to’laroq javob beradigan elektr mashinalarini yaratish, ularni konstruktsiyalarini soddalashtirish, ishonchligini, samaradorligini oshirish va ekspluatatsiya jarayonida xavfsiz ishlashini ta’minlab, ishlash muddatini uzaytirish o’rganadigan muammolari hisoblanadi. Elektomexanika fani barcha ixtisoslik fanlar uchun tayanch fan bo’lib hisoblanadi. «Elektr yuritma asoslari» va «Avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar» faniga bevosita tayanch fan bo’lib hisoblanadi. Elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun transformatorlar qo’llaniladi. Sobiq Ittifoq elektromexaniklari uzoq masofalarga o’ta katta elektr energetik quvvatlarni uzatish uchun mo’ljallangan, kuchlanishi 1150 kV va 1500 kV bo’lgan transformatorlar yaratdilar. Elektr stantsiyalardagi turbogeneratorlar kuchlanishini oshiruvchi 1000-1200 MVA quvvatli transformatorlar ham nodir qurilmalar qatoriga kiradi. Transformator zavodlari, shu jumladan, CHirchiq transformator zavodi (CHTZ) iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlovchi maxsus transformatorlar, reaktorlar va transformatorli nimstantsiyalar komplektlarini ko’plab ishlab chiqarmoqdalar. Elektr stantsiyalari, nimstantsiyalari hamda halq xo’jaligining har bir korxonasida ishlatiluvchi transformator uskunalari elektr energiyasi bilan sifatli va ishonchli ta’minlashning garovidir. Download 198.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling