1-mavzu: elektr zanjirlari va ularni elementlari
Yarim o`tkazgichli xotira elementlari
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika va elektronika [uzsmart.uz]
Yarim o`tkazgichli xotira elementlari. Aytib o`tilgandek “YOKI-YO`Q”, “VA-YO`Q”
mantiqiy sxemalarida kombinasiyalash yo`li bilan “XOTIRA” qurilmalarini hosil qilish mumkin. Bunday qurilmalarga triggerlar deb ataladi. Trigger ikkita turg`un muallak holatga ega bo`la oladigan va kirish (boshqarish) signali ma`lum darajadan oshganda bir holatdan ikkinchi holatga sakrab o`tadigan qurilmaga aytiladi. Triggerlar ikki sinfga bo`linadi: Simmetrik va Nosimmetrik. Xotira qurilmalarida asosan simmetrik triggerlar qo`llaniladi. Simmetrik triggerlarda birinchi mantiqiy sxemani chiqishi ikkinchisini kirishi bilan ikkinchisini chiqishi esa birinchisini kirishi bilan bog`langan bo`ladi. 5-rasmda ikkita bir hil tranzistorli sxemalar asosida qurilgan ikkita kirishli “YOKI-YO`Q” operasiyasini bajaradigan simmetrik triggerni strukturaviy (a) va prinspial (b) sxemalari ko`rsatilgan. 5-rasm. Triggerni mantiqiy strukturasi (a) va prinspial elektr sxemasi (b). 55 5 a-rasmda chiqish 1 С kirish 2 A bilan kirish 1 A chiqish 2 C bilan tutashtirilgan. Qolgan 1 B va 2 B kirishlar triggerni boshqarish uchun lashlatiladi. Trigger ikkisistabil yacheyka (b-rasm) sifatida 1 Т va 3 Т tranzistorlardan tuzilgan: 1 Т tranzistorga chiqish (kollektor) 3 Т tranzistorni kirish (baza) bilan, 3 Т tranzistorni chiqish esa 1 Т tranzistorni kirish (baza) bilan tutashgan. Trigger ikki turg`un holatda hohlagancha vaqt turishi mumkin. Bunday holatlar uchun 1) T1- yopiq, T3-ochiq; 2) T1-ochiq, T3-yopiq. Shunday qilib simmetrik triggerga elektrik asimetriya (rejim ma`nosida) mos keladi. Triggerda chiqsh potensiali ikki hil holatda bo`ladi, birinchisi mantiqiy 1ga, ikkinchisi mantiqiy 0ga to`g`ri keladi. Triggerda o`rnatilgan holat uni kirishdagi signal o`zgarmaguncha saqlab qoladi. Trigger boshqa holatga yordamchi boshqaruvchi kirishlar hisoblanadi. Bunday boshqarish trigger ishini ajrim boshqarish deb ataladi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling