1-mavzu: Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari Reja


Download 34.75 Kb.
Sana03.05.2020
Hajmi34.75 Kb.
#103055
Bog'liq
Pedagogika 1- mavzu amaliy mashg'ulot


1-mavzu: Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari

Reja:

  1. Xalq pedagogikasi mazmuni va tarbiya metodlari tizimi.

  2. O‘rxun-Enasoy obidalarining tarbiyaviy ahamiyati.

  3. “Avesto”da ta’limiy-axloqiy masalalar.

1-Topshiriq. “Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari” mavzusiga doir blis-so‘rov savollariga javoblar

        1. Xalq pedagogikasi bu bollarni o’qitish, ularga ta’lim tarbiya jarayonlarini singdirish, vaqti keganda jazolash rag’batlantirish kabi tushunchlarni o’z ichiga oladi.

        2. Xalq og’zaki ijodiga dostonlar, maqollar, hikoyalar, ertaklar, laparlar kabilar kirib ular xalq tomonidan to’qiladi va og’izdan og’izga o’tib kelinadi.

        3. Tarbiya metodlari quyidagicha tasniflanadi: o’git berish, nasihat qilish, o’qitish, jazolash, rag,batlantirish.

        4. O’rxun Enasoy yozma yodgorliklari bitiktoshlarga yozilgan bo’lib 3 qismga bo’linadi, quyidagilar kiradi: Kutegin, Tunyuquq, Bilgi-Xoqon.

        5. Ushbu bitiktoshlarda poklik, halollik, vatanparvarliik, o’z yurtiga sodiq bo’lish, vatanga xiyonat qilmaslik kabu pok fazilatlar ulug’langan.

        6. Avesto so’zi parfiyoncha “apastak”-matn, ko’pincha “Zend-Avesto” ya’ni, ta’sir qilingan matn degan ma’noni anglatadi.

        7. “Avesto”da inson hayotining uch asosiy g‘oyasi “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” g’oyalari ulug’langan.

        8. 4 ta davrga bo’lingan

        9. Avestoda axloqiy tarbiya turiga alohida e’tibor qaratilgan. Ya’ni ushbu asrda yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kurash va baribir bir kun kelib yaxshilik g’alaba qilishi kabi tushunchalar ta’kidlangan.

2-Topshiriq.Xalq pedagogikasi tarbiya metodlari tizimiga doir chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi topshirig‘i

Quyida keltirilgan metodlar bilan tanishing va ularni mohiyatiga ko‘ra pastda ko‘rsatilgan ustunlarga joylashtiring.

O’git Nasihat Ibrat-namuna Rag’batlantirish

Mashq Nasihat uyaltirish duo qilish

Hikoya koyish uzr so’rash tilak-istak bildirish

Odatlantirish uzr so’rash koyish



Mashq maslahat



3-Topshiriq. O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklariga doir ikki qismli kundalik tuzish topshirig‘i

Quyida keltirilgan jadvalning birinchi qismida O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklari turkumiga kiruvchi bitig nomi keltirilgan. Jadvalning ikkinchi qismida bitigda ifoda etilgan fazilat bilan bog‘liq bitta jumlani misol tariqasida yozib qo‘yish lozim.



Bitig nomi

Bitigda ifoda etilgan fikrdan namuna

Qultegin bitigi

Bitiktoshdagi barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Bi-tikni esa Kulteginning jiyani Yoʻllugʻ tegin yozgan. Ushbu bitikda Bilga xo-qon ogʻa-inilariga, qarindosh-urugʻlariga, xalqqa murojaat qilgan. Xoqonning murojaatidan maqsadi — hokimiyatni mustahkamlash, oʻzaro urush-janjallarga chek qoʻyish, ittifoq boʻlib yashashga chaqirish boʻlgan. 


Tunyuquq bitigi

Toʻnyuquq, Tunyuquq (taxminan 645726) — Turk xoqonligiaa davlat arbobi va sarkarda. Ashida kabilasiga mansub. Turk zodagonlarining Xitoy imperatori saroyida garov sifatida ushlab turilgan oʻgʻillaridan biri. Uning ismi xitoy yilnomalarida Tunyuygu va Yuanchjen shakllarida uchraydi. Ushbu ismning ikkinchi shakli xitoychada "birinchi gavhar" degan maʼnoni bildirib, u T. ismi (qad. turkchada "toʻngʻich gavhar")ga moye keladi. U Tabgʻach (Xitoy)da tugʻilib, voyaga yetgan. Imperator saroyida ishonch qozonib, maʼmuriy xizmatga yuborilgan. T. 680-yillarda Turk xoqonligini Xitoy asoratidan qutqarib, uni yangitdan barpo qilishda Eltarish xoqonning eng yaqin maslahatchisi boʻlgan. U 3 xoqon: Qutlut Eltarish (680—691), Qapogʻon (691—716) va Bilga xoqon (716—734) hukmronliklari davrida bosh vazir va lashkarboshi boʻlgan. Umrining katta qismini xoqonlikni mustahkamlash, turli qabilalar ahilligini saklash, tashqi dushmanlarga qarshi kurash bn oʻtkazgan. Xitoy yilnomalarida xoqonlikning eng dono amaldori sifatida tilga olinadi. Ularda bayon qilinishicha, Bilga xoqonning Xitoy ichkarisiga yurish qilib, turkiy qavmlarni shaharlarda joylashishi, budda diniga oʻtishi ularning jangovarligini yoʻqotishini, oʻtroq yashash tarzi turkiylarga toʻgʻri kelmasligini aytib, xoqonni bu yoʻldan qaytaradi. Bu esa T.ning nihoyatda aklli, tadbirkor va kelajakni koʻra oladigan shaxs boʻlganligini koʻrsatadi. T. lashkarboshi sifatida Xitoyning shimsharqidagi Shandun viloyatiga, Uzoq Sharqda qoraxitoylart&, Yenisey daryosi havzalaridagi qirgʻizlarga, Oʻrxun va Selenga daryosi boʻylaridagi oʻgʻuzlarga Yettisuvdagi turkashlarga qarshi yurishlar uyushtiradi va ularni tobe etadi. U 719 y. uygʻurlar, chinliklar va basmillarning Ikkinchi Turk xoqonligiga qarshi yurishini toʻxtatishga va Xitoy bn 10 yillik sulh tuzishga muvaffaq boʻladi. U oʻlimidan oldin oʻzining hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi kitoba (yana q. Toʻnyuquq bitiktoshi) barpo qildiradi. Ushbu yodgorlik qad. turk yozuvining ajoyib majmuasi hisoblanadi.


Bilga hoqon bitigi

Bilga xoqon bitiktoshi — marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi. Bilga xoqon sharafiga qoʻyilgan (735 yil). Ulan Batordan 400 km jan.dagi Qorabalgʻasun shahrining harobalaridan taxminan 40 km shim.da joylashgan. Boʻyi 3 m 45 sm, eni 1 m 74 sm, kalinligi 72 sm. Bilga xoqon bitiktoshi b. 80 satrdan iborat: 41 satri toshning yuz tomoniga, 15 satrdan 30 satr ikki yon tomoniga, 7 satr orqa tomoniga, 2 satr toshning tarashlangan 2 qirrasiga yozilgan.


Download 34.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling