1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Download 1.91 Mb.
bet22/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

Mohiyat va hodisa. Bu kategoriyalar bilishning turli bosqichlarini belgilaydi va ularning har biri obyektni anglab etishning chuqurlik darajasini aks ettiradi. Mohiyat obyektiv borliqning ichki, nisbatan yashirin va barqaror tomonini ifodalash uchun mo’ljallangan bo’lib, u narsaning, jarayonning tabiatini va ularga xos bo’lgan qonuniyatlarini belgilaydi. Hodisa – bu narsada, jarayonda qarshimizda bevosita namoyon bo’luvchi xossalar, tomonlar yig’indisini ifodalash uchun mo’ljallangan kategoriya. Mohiyat har qanday sistemaning asosiy jihatlari va tendentsiyalarini belgilovchi teran aloqalar, munosabatlar, xossalar va ichki qonunlar majmuidir. Muayyan mohiyatsiz jism, jarayon bo’lmaganidek, muayyan hodisada o’z ifodasini topmagan mohiyat ham bo’lishi mumkin emas. Falsafada hodisaning ikki ma’nosi shakllangan. Birinchidan, hodisa deganda voqea, tabiat va jamiyatdagi jarayonlar tushuniladi. U mazkur jarayonlar bizning ongimiz, idrokimizda aks etishini anglatadi.
Ikkinchidan hodisa – mohiyatni aniqlash usuli. U, odatda, narsalar o’zaro ta’sirga kirishganida, mohiyat o’zini namoyon etishi natijasida yuz beradi. Narsa qanday bo’lsa, ko’rsatilgan aloqalar va o’zaro ta’sirlar xususiyati ham shunday bo’ladi. Mohiyat tushunchasi bilishni to’liq, mukammal bilimga erishishga yo’naltiruvchi tartibga solish tamoyili ahamiyatiga egadir. Hodisa tushunchasi mohiyatni bilish usulini ko’rsatadi va shu boisdan metodologik ahamiyat kasb etadi.
Mohiyat va hodisa o’rtasidagi dialektik aloqa quyidagilarda namoyon bo’ladi:
a) mohiyat va hodisa bir-biri bilan uzviy bog’liq. Hodisa o’zida mujassamlashgan narsa, ya’ni mohiyatsiz mavjud bo’la olmaydi. Mohiyatda u yoki bu tarzda namoyon bo’lmaydigan narsaning o’zi yo’q; b) mohiyat va hodisaning birligi ularning o’zaro mosligi, ayniyligini anglatmaydi. Mohiyat doimo hodisa ortida yashirinib yotadi. Agar narsalarning namoyon bo’lish shakli va mohiyati bevosita mos kelganida, fanga hojat qolmas edi;
v) hodisa mohiyatga qaraganda faolroq va jo’shqinroq, mohiyat esa barqarorroq va turg’unroq - u barcha o’zgarishlarda saqlanib qoladi. Ammo, hodisaga nisbatan barqarorroq bo’lgan mohiyat mutlaqo o’zgarishsiz qolmaydi;
g) hodisa mohiyatga qaraganda boyroq. U obyekt muhim aloqalarining ichki mazmuninigina emas, balki bu obyektning har qanday tasodifiy munosabatlari, alohida jihatlarini o’zida mujassamlashtiradi.
Mohiyat va hodisa o’zaro munosabatlarining ularning bir-biri bilan ziddiyatli aloqasini qayd etuvchi o’ziga xos shakli zohiriylikdir. U bizning sezgilarimiz narsalarning mohiyatini, aniqroq aytganda mohiyatning biron-bir jihatini bir yoqlama noaniq aks ettirishini anglatadi. Ilmiy bilishning maqsadi narsalar va hodisalarning zohiriylik ortida yashirinib yotgan mohiyatini yoritishdan iborat.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling