1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Download 1.91 Mb.
bet25/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

Sabab va oqibat. Qanday voqea yuz bermasin, barchasining o’z sababi bor, degan edi Ibn Sino.
Sabab (lot. causa – sabab) shunday bir hodisaki, u boshqa bir hodisa – oqibatni bevosita belgilaydi, yuzaga keltiradi. Sababiyat mohiyatini bir hodisaning boshqa hodisani yuzaga keltirishi, sababning oqibatni yaratishi tashqil etadi. Sabab ta’sirida vujudga keluvchi hodisa esa oqibat deb ataladi.
Dunyoda barcha hodisalar, o’zgarishlar, jarayonlar muqarrar tarzda muayyan sabablar tufayli yuz beradi. Dunyoda sababsiz hodisalar yo’q va bo’lishi mumkin ham emas. Bu qonunni tan oluvchi va uni borliqning barcha hodisalariga tatbiq etuvchi faylasuflar deterministlar deb, sababiyat qonunini inkor etuvchi faylasuflar esa indeterministlar deb ataladi
Ichki va tashqi sabablar farqlanadi. Obyektning mohiyatini tashqil etuvchi qarama-qarshi kuchlar, tendentsiyalarning o’zaro aloqasi sababning ichki manbai hisoblanadi... Tashqi sabablar turli obyektlar o’zaro aloqasining mahsulidir.
Sabablar va oqibatlarning munosabatlari murakkab va rang-barangdir. Bir sabab ko’plab oqibatlarga sabab bo’lishi va, aksincha, bir oqibat zamirida ko’p sonli sabablar yotishi mumkin. Sabablar ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, obyektiv va subyektiv bo’lishi mumkin. Subyektiv sabablar ko’pincha faoliyat, xulq-atvor, qilmishlarni izohlash sohasida namoyon bo’ladi.
Sabab va bahonani farqlash lozim. Bahonani subyektiv sabablar qatoriga kiritish mumkin. Bunda voqea yoki sherikning harakati o’zining, odatda, noto’g’ri javob harakatlarini oqlash maqsadida talqin qilinadi va baholanadi.
Sinergetika sabab-oqibat aloqalari nomutanosib sistemalarda namoyon bo’lishining o’ziga xos xususiyatlarini ochib beradi.
Sabab va oqibat o’rtasida murakkab dialektik aloqa quyidagilarda namoyon bo’ladi:
1) sabab vaqtda oqibatdan oldin keladi;
2) sabab muayyan sharoitda albatta oqibatni vujudga keltiradi;
3) sabab va oqibat bir-biri bilan o’zaro ta’sirga kirishadi. Bu o’zaro ta’sirlanish jarayonida sababgina emas, balki oqibat ham faol bo’ladi;
4) ayni bir hodisa bir munosabatda sabab sifatida, boshqa bir munosabatda – oqibat sifatida amal qiladi;
5) sabab va oqibatning o’zaro ta’siriga tegishli sharoitlar ta’sir ko’rsatadi;
6) sababni vaj bilan ayniylashtirmaslik kerak. Vaj – bu boshqa voqeadan bevosita oldin keladigan, uning yuz berishiga imkoniyat yaratadigan, lekin u uni vujudga keltirmaydigan va oldindan belgilamaydigan voqea. Vaj harakatni yaratmaydi, balki unga turtki beradi.
Sababiy bog’lanish tushunchasi muhim metodologik funktsiyani bajaradi. Muayyan oqibatning yuz berish sabablari va sharoitlarini bilgan holda, inson nafaqat uning yuz berishini bashorat qiladi, balki zarur oqibatni yaratadi. Bu insonga o’tmishni bilish va kelajakka nazar tashlash imkonini beradi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling