1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Download 1.91 Mb.
bet145/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

DINIY-BADIIY QONUN - me’morchilikda ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Masalan, yirik masjid-jomening tashqi va ichki ko’rinishiga e’tibor qilaylik: kiraverishdagi peshtoqda Kalomullodan oyatlar, bir yonda mezona-minora, tomda gumbaz, hovlida tahorat uchun hovuz, ichkarida diniy va dunyoviy rahbarlarga atalgan maxsus joy-maqsura, fatvolar o’qiladigan, va’z aytiladigan minbar, qibla tomonda mehrob va hokazo. Bularsiz jome masjidni tasavvur qilish qiyin. Yoki nasroniylar cherkovida mehrob (altar), devor va shiftlarda Bibi Maryam, Iso alayhissalomning tasvirlari, gumbazlar, qo’ng’iroqxona singari unsurlar albatta bo’lishi kerak.
NISBIY GO’ZALLIK - G’azzoliy unga alohida to’htaladi. Faqat o’z kamolotining barcha qirralariga to’liq ega bo’lgan narsanigina u oliy darajadagi go’zallik deb ataydi. Bunday komillikni faylasuf faqat Allohda ko’radi va payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning «Allox go’zal va u go’zallikni sevadi» degan so’zlarini keltiradi. SHunday qilib, faylasuf mutlaq go’zallik faqat Allohga taalluqli bo’lishini, boshqa go’zalliklarning hammasi nisbiy ekanini aniq-ravshan bayon etadi.
RUHIY TAXLIL ESTETIKASI -Froyd inson ruhiy hayotida uch bosqichni ajratib ko’rsatadi; ong, ongoldi va ongtubiyoxud onglanmagan, ya’ni ongga aylanmagan holat. Onglanmaganlik va ongoldi ongdan nazorat (Senzura) degan o’rta bosqich orqali ajralib turadi. Nazorat ikki vazifani bajaradi; birinchisi, shaxs o’ziga maqbul ko’rmagan va qoralagan his-tuyg’ular, fikrlar, tushunchalarni onglanmaganlik hududiga siqib chiqaradi; ikkinchisi, ongda o’zini namoyon etishga intilgan faol onglanmaganlikka qarshi kurashadi
NAFOSAT -bir tomonlama, real voqelikni, ikkinchi tomondan ilmiy tushunchani anglatadi. U real voqelik sifatida inson hayotining barcha sohalarini nurlantirib turuvchi qamrovli ma’naviy hodisa, tushuncha sifatida esa estetika faniga oid yuzlab, ehtimol, minglab atamalarni o’z ichiga olgan eng yirik istiloh, ovro’pacha ta’rifda-metakategoriya. Boshqacha qilib aytganidan bo’lsak, nafosatning «hududi» nihoyatda keng, u obyektiv voqelik sifatida narsa-hodisalarning estetik xususiyatlarini anglaSa, sub’ektiv voqelik tarzida insonning ana shu estetik xususiyatlarini anglash va idrok etish borasidagi botiniy faoliyatidir

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling