1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati
Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari
Download 1.91 Mb.
|
Falsafa maruzalar majmuasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Progress
Ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda kuzatish natijalari ko’p jihatdan kuzatuvchining shaxsiga, uning hayotiy qarashlariga va boshqa subyektiv omillarga bog’liq bo’ladi. Mazkur fanlarda oddiy (odatdagi) kuzatish (faktlar va hodisalar chetdan turib qayd etiladi) va ishtirokchilikka asoslangan (ichdan turib) kuzatish (bunda tadqiqotchi ma’lum ijtimoiy muhitga qo’shiladi, unga moslashadi va hodisalarni «ichdan» tahlil qiladi) farqlanadi.
Har qanday o’zgarish ma’lum ma’noda jarayondir. Harakat, bir tomondan, moddiy jismlar o’rtasidagi va ularni tashqil etuvchi unsurlar o’rtasidagi aloqadorlikning natijasi, ikkinchi tomondan, ulardagi o’zgarishlar sifatida namoyon bo’ladi. Taraqqiyot - tizimni yangilashga olib keluvchi ilgarilama o’zgarish. Taraqqiyot (rivojlanish) moddiy obyekt va ma’naviy omillarning 1) yangi sifatlarini yuzaga keltiradigan; 2) takrorlanmaydigan, aniq yo’nalishda yuz beradigan; 3) qonuniyatli asosda ro’y beradigan tub o’zgarishlardir. Mazkur uch xususiyat mavjud bo’lgandagina o’zgarish taraqqiyot darajasiga ko’tariladi. Progress - murakkab tizimlarning yuqori va mukammal bosqichga o’tishini ta’minlaydigan rivojlanish turidir. Regress - narsa, voqea, jarayonning inqirozi, orqaga kaytishidir. O’zaro aloqadorlik taraqqiyot kabi dialektikaning asosiy tamoyillaridandir. O’zaro aloqadorlik ikki va undan ortiq buyum, voqea- hodisaning bevosita yoki bilvosita bog’lanishi, munosabatda, ta’sirda bo’lishi holatidir. Borliqda biron bir narsa, hodisa, jarayonlar yo’qki o’zaro aloqada, munosabatda, bog’lanishda bo’lmasin. Borliqdagi barcha aloqalarni tizimlashtirib eng umumiy, umumiy va xususiy aloqadorlikka ajratish mumkin. O’zaro aloqadorlik va bog’lanishlarning ko’lami, mohiyati, ta’sir kuchi va doirasiga qarab ichki va tashqi, zaruriy va tasodifiy, bevosita va bilvosita, muhim va muhim bo’lmagan turlariga bo’lish mumkin... Tabiat va jamiyatdagi jarayonlarda o’zgarish, harakat, taraqqiyot va o’zaro aloqadorlik doimo birgalikda faoliyat ko’rsatadi, ularni birini ikkinchisidan faqat nazariy jihatdan ajratish mumkin. Bunga o’nlab misollarni, siz talabalar, o’zlaringiz keltira olasizlar... Borliq va uning konkret turlari, shakl, ko’rinishlari o’z mavjudligida, faoliyatida umumiy aloqadorlik, bog’liqlik va rivojlanish tamoyillariga amal qiladi. Printsip (tamoyil) - biron bir ta’limotning asos qilib olingan negiz qoidasi (nizomi) bo’lib, bilishlik va amaliy faoliyatimizda unga ongli va izchil rioya qilinadi. Mas, dialektikaning asosiy printsiplari umumiy aloqadorlik va bog’liqlik tamoyili va taraqqiyot tamoyilini olaylik... 2. Qonun - muayyan shart-sharoitda voqealar rivojining xususiyati va yo’nalishlarini belgilaydigan, ma’lum bir qat’iy natijani taqozo etadigan, obyektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, ichki, barqaror munosabatlaridir. Qonuniyat tushunchasi qonun tushunchasiga nisbatan kengroq, umumiyroq ma’noda qo’llaniladi. Agar qonun konkret, zaruriy bog’lanish bo’lsa, qonuniyat tabiat yoki ijtimoiy hayotning muayyan sohasi izchil taraqqiyotini belgilovchi qonunlarning butun tizimining jamlangan faoliyatidir. Munosabat barcha hodisalar o’zaro aloqadorligi, o’zaro bog’liqligining momentidir. Qonunlarning obyektivligi... Xususiy, umumiy va eng umumiy qonunlar... Tabiat va jamiyat qonunlari, ularning umumiy jihatlari va o’ziga xos xususiyatlari... Dinamik va statik qonunlar... Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling