1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati
Download 1.91 Mb.
|
Falsafa maruzalar majmuasi
I."Metod" (yunon. metods — usul) keng ma’noda yo’l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli, tartibga solingan faoliyat. Falsafiy ma’noda- bilish vositasi sifatida o’rganilayotgan buyumni tafakkurda qayta hosil qilish yo’lidir. Metod amaldagi nazariyadir.
Metodologiya (uslubiyat) tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega —1. faoliyatda qo’llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san’atda va h.k.); 2. tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi. Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo’llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o’rganadi. SHuningdek, metodologiya metodlar yigindisi va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir. Metod u yoki bu shaklda ma’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig’indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo’lib, subyektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga erishish sari yo’naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo’l bilan etishishga yordam beradi. Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini boshqaruvdan iborat. Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija (bilimlar majmui) va predmetning mohiyatini anglash, balki unga eltuvchi yo’l, ya’ni metod ham haqiqiy bo’lmog’i lozim. SHunga ko’ra, predmet va metodni bir-biridan ayri holda tushunish mumkin emas. Demak, metodning haqiqiyligi, eng avvalo, tadqiqot (obyekt) predmetining mazmuni bilan bog’liq. Bilish jarayonida uning roli va o’rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy tadqiqot, izohlash, shuningdek, boshqa metodlarga ajratish mumkin. O’z navbatida, bilishning sifat va son, bilvosita va bevosita original hamda faoliyatli metodlari ham mavjud. Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig’ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. U metodologik tamoyillardan farq qilsada, ularga asoslanadi. Usullarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo’llash o’rganilayotgan hodisa tabiati va qo’yilgan vazifalar bilan harakterlanadi. Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat bilan bog’liq. Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko’ra bir necha guruhga bo’linadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling