V. Gyugo Yomon o’qituvchi haqiqatni aytib berib qo’yaqoladi, yaxshi o’qituvchi esa, haqiqatni topishga o’rgatadi. A. Disterveg


Download 49.85 Kb.
bet1/5
Sana06.10.2023
Hajmi49.85 Kb.
#1694125
  1   2   3   4   5
Bog'liq
KITOB HAQIDA HIKMATLI SO\'ZLAR


Odamning ulug’vorligi uning bo’yi bilan o’lchanmaganidek, xalqning ulug’ligi ham, uning soni bilan o’lchanmaydi, yagona o’lchovi-uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir.
V.Gyugo
Yomon o’qituvchi haqiqatni aytib berib qo’yaqoladi, yaxshi o’qituvchi esa, haqiqatni topishga o’rgatadi.
A.Disterveg
Tafakkur va xotira o’zaro bog’liq, chunki tafakkur o’tmishdagi hayotiy tajribaga asoslanadi.
Norman
Biz oldin miyani to’ydiraylik, so’ngra u qorinni to’yg’azadi.
Yapon maqoli.
Mushohada yuritmay turib, qancha ko’p o’qisangiz, shuncha ko’p bilayotganga o’xshayverasiz, agar o’qiyotganda qanchalik ko’p mushohada yuritsangiz, shu qadar oz narsa bilishingizni aniqroq his etasiz.
F. Volter
Kitob odamni - bilag’on, suhbat – topqir qiladi, yozib olish odati esa uni aniqlikka o’rgatadi.
F. Bekon
Ilmu ustod kitob hurmati – hammasidan zarur bu bob hurmati.
Kim esdan chiqarsa bu uch hurmatin,
Chekar hayotida kamlik zillatin.
Kamoliddin Binoiy
Agar yolg’iz esang, hamdam kitobdur,
Bilim subhidagi nur ham kitobdir.
Abduraxmon Jomiy
Kitobni e’zozlash kerak, tafakkurning bu qasriga ehtirom bilan kirmoq lozim.
A. Gertsen
Kitobning mohiyati mangudir… Bu mohiyat – tafakkurni abadiylashtiradi.
L.N Tolstoy
O’zimdagi barcha yaxshi fazilatlar uchun kitobdan minnatdorman.
Maksim Gorkiy
Qanday kitob o’qiyotganingni aytsang, sening kimligingni aytib beraman.
A.V. Lunacharskiy.
 
Kitob o’qishni odat qilmagan oila – ma’naviy qashshoq oiladir.
P.A. Pavlenko
Kitoblar insoniyat fikri durdonalarini to’plab avlodlarga etkazadi.
Oybek 
Kitob bu inson orqali ko’riladigan dunyodir.
I.E. Bobel
Kitob insonga qanot bag’ishlaydi.
F. V. Gladkov
Kitob seni hali sen ko’rmagan dunyoga olib boradi, sen eshitmagan so’zlar aytadi.

Download 49.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling