1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo’LG’usi pedagoglarda o’qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati


Download 1.91 Mb.
bet6/155
Sana21.01.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1106211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
Bog'liq
Falsafa maruzalar majmuasi

Ma’ruza mavzusining maqsadi: borliq hamda uning asosiy turlari, materiya, hozirgi zamon fani moddiylikning turlari, ko’rinishlari, ularning o’zaro bog’liqligi haqida, harakat va uning asosiy shakllari, fazo va vaqt haqidagi bilimlarni shakllantirish va kengaytirish. “Odam”, “inson” tushunchalari, inson tabiati va mohiyati, insonni yashashi,o’limi ongning tuzilishi, insonning paydo bo’lishidagi muhim omillar roli, inson – biologik va ijtimoiy vujud ekanligi, insonning hayoti, o’limi va manguligi, ,bilish, bilish o’bekti va sub’ekti, bilish darajalari, shaklkari,haqiqat, ong, ruhiyat va in’ikos, ijtimoiy va individual ong uning darajalari va shakllari, o’z o’zini anglash bo’yicha ilmiy-nazariy bilimlarni berish.
Borliq, olam va odam muammolari eng kadimiy falsafiy muammolardan bo’lib, insonning o’zligini tanishi va dunyo voqea, hodisalarini o’rgana boshlashi bilan bog’liqdir. Bu muammolar har bir davrdagi talab, ehtiyoj, dunyokarash va bilim darajasi doirasida hal kilingan. Lekin hech bir zamonda o’zining to’laroq echimini, ya’ni ko’pchilikni qanoatlantira oladigan holatdagi javobini topmagan. Olam va odam muammosi, ularning mavjudligi va yashashi, ular o’rtasidagi munosabatlar, yani falsafaning asosiy masalasi bilan bog’lik muammolar hozirda ham jahon donishmandligining diqkat markazida, uzoq kelajaqda ham shunday bo’lib qolishi aniq. YAna shunisi tayinki, insoniyatning ilk davrlarida bu muammolar lo’nda, sodda tarzda qo’yilgan bo’lsa, davrlar o’tib tobora murakkablasha bordi va hal kilinishi qiyinlashmoqda.
Olam-insonni o’rab turgan dunyo haqidagi keng qamrovli tushuncha, malum manoda voqelikning ifodasi.
Odamzod umrguzaronlik qilayotgan bu dunyo o’zining barcha borlig’i, jozibadorligi, yaxshiyu yomoni bilan, murakkabligiyu muammolari bilan yagona olamni tashqil qiladi.
Olam tushunchasi, eng avvalo, odam va uning faoliyati kechadigan makonni aks ettiradi. Olam odam bilan, odam uchun —olam. Aks holda u mavhumlikdir.
Olam – borliqning odam nazarda tutgan unsurlardan tashqil topgan, odam tomonidan bilingan, anglangan qismi. Borliqning namoyon bo’lish holatidir.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling