1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglarda o‘qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati
Download 227 Kb. Pdf ko'rish
|
falsafa No1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy masalalar (Reja)
- Arxeolog olimlarning fikriga ko‘ra odamzotning “homo sapiens” turi taxminan qancha yillar oldin vujudga kelgan
- Dunyoqarashning tuzilishi qanday
- . Tarixan dunyoqarashning shakllari bu
- . Kishilarning tabiiy va ijtimoiy hodisalarni ilohiy kuchlar asosida aks ettiruvchi
- Mif atamasi qanday ma’nolarni anglatadi
- Materializm qanday falsafiy ta’limot
- Idealizm qanday falsafiy oqim
1-mavzu. Falsafa fanining asosiy maqsadi va bo‘lg‘usi pedagoglarda o‘qitilishining nazariy-amaliy ahamiyati Mavzuni o‘rganishdan maqsad: Talabalarga falsafa fanining predmeti, bahs mavzulari va falsafaning jamiyat hayotidagi roli va uning asosiy funksiyalari haqida ma’lumot beriladi. Talabalar seminar mashg'ulotini chuqur o'rganish orqali falsafa fanining predmeti, bahs mavzulari va falsafaning jamiyat hayotidagi roli va uning asosiy funksiyalari haqida bilim va ko'nikmaga ega bo'ladi, mustaqil tafakkur va o'z- o'ziga ishonch shakllanadi. Mavzuga oid tayanch tushuncha va atamalar: Dunyoni anglash, falsafa, dunyoqarash, olam-odam, mif, din, fan, umuminsoniy ma’naviy qadriyat, falsafa – fan, tadqiqot ob’ekti, predmeti, bahs mavzusi, muammolari, umumnazariy falsafiy fanlar, ontologiya, gnoseologiya, metodologiya, ijtimoiy falsafa, maxsus falsafiy fanlar, falsafaning umumbashariy mohiyati, falsafa fani funksiyalari, falsafa va fan, fanlar tasnifi. Asosiy masalalar (Reja): 1. Falsafa fani predmeti. Falsafa fani predmetining jamiyat, fan va texnika taraqqiyoti natijasida doimo o‘zgarib turishi. 2. Falsafaning bahs mavzulari: borliq, dunyoni falsafiy anglash, inson, jamiyat va uning istiqboli 3. Dunyoqarash tushunchasi. Dunyoqarashning tarixiy shakllari: mifologik, diniy, falsafiy dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyatlari. 4. Falsafaning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Falsafaning jamiyat hayotidagi roli va uning asosiy funksiyalari
1. Talabalarga seminar mavzusi bo`yicha tushunchaga ega bo`lishi uchun konspekt yozishi tavsiya etiladi. 2. Seminarni o`zlashtirish uchun mavzuga oid test topshiriqlarini to‘liq bajarishi lozim. 3. Tavsiya etilgan qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanish talabalarning mavzuni to‘la o‘zlashtirishida muhim hisoblanadi. 4. Bugungi kunda mamlakatimizda kechayotgan islohotlarning mazmun- mohiyatini tushinishda “Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash” shiorining metodologik vazifasini anglay olishi lozim.
1. Falsafa atamasining lug‘aviy ma’nosi va mohiyatini qanday tushunasiz? 2. Falsafa fanmi yoki ma’naviy faoliyat turimi? 3. Falsafa fanining tadqiqot obyekti va predmeti nima? 4. Falsafaning bahs mavzulari va ularning tarixan o‘zgarib kelishini qanday izohlaysiz?
5. Falsafaning asosiy masalasini tushuntiring. 6. Falsafa fani to‘g‘risida o‘tmish mutafakkirlarining qanday fikrlarini bilasiz? 7. Falsafaning umuminsoniyligi deganda nimani tushunasiz? 8. Falsafiy bilimlar tizimini qanday tushunasiz? 9. Olamni falsafiy tushunishda qanday falsafiy g‘oyalar, ta’limotlar, nazariyalar shakllangan? 10. Falsafaning jamiyat hayotidagi roli va asosiy funksiyalari qanday? 11. Falsafa va fanning o‘zaro mutanosibligi va aloqadorligini tushuntiring? 12. Fan taraqqiyotining asosiy bosqichlarini qanday izohlaysiz? Bilim va ko‘nikmalarni baholash materiallari (test):
1. «Falsafa» so‘zining lug‘aviy ma’nosi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang? A. Yunoncha, phileo – sevaman va sophia – donolik B. Yunoncha, phileo – sevaman va sophia – bilish V. Lotincha, phileo – sevaman va sophi – donishmandlik G. Lotincha, phileo – sevaman va sophia – donolik 2. «Falsafa» atamasini birinchi bo‘lib qaysi faylasuf o‘z asarida qo‘llagan? A. Aristotel B. Pifagor V. Suqrot G. Platon
3. Falsafa fanining tadqiqot ob’ekti va predmeti nima? A. Inson ongi va ma’naviyati, ularning rivojlanish qonunlari. B. Inson va jamiyat, jamiyat rivojlanishining eng umumiy qonunlari. V. Tabiat va jamiyat, ularning rivojlanish qonunlari. G. Borliq, bir butun borliq ravojlanishining eng umumiy qonunlari..
4.
Arxeolog olimlarning fikriga ko‘ra odamzotning “homo sapiens” turi taxminan qancha yillar oldin vujudga kelgan? A. 5 mln yil avval B. 3,5 mln yil avval V. 1,5 mln yil avval G. 40-60 ming yil avval
5. Dunyoqarash nima? A. olam va inson, uning o‘zgarishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi qarash va tasavvurlar majmui. B. jamiyat va inson, uning o‘zgarishi haqidagi fikrlar va qarashlar majmui. V. hayot to‘g‘risidagi qarashlar va tasavvurlar majmui. G. borliq va materiya to‘g‘risidagi qarash va tasavvurlar.
6. Q uyidagi javoblardan qaysi birida dunyoqarashning nisbatan muhim funksiyasi ko‘rsatilgan? A. Bilish funksiyasi B. Qadriyatlarga munosabati V. Tartibga solish funksiyasi G. Xulq atvorni belgilash
7. Dunyoqarashning tuzilishi qanday? A. Dunyoni sezish, idrok etish, tushunish B. Dunyoni tasavvur qilish V. Axloqni yuksaltirish G. Dunyoni anglash.
8. Dunyoni sezish bu? A. Bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etish B. Faqat obektlarni anglash V. Inson o‘zini tushunishi G. His-tuyg‘u yordamida tushunish
9. Tarixan dunyoqarashning shakllari bu - A. afsonaviy, diniy, falsafiy. B. afsonaviy, diniy, axloqiy, badiiy. V. axloqiy, afsonaviy, ilmiy, falsafiy. G. afsonaviy, diniy, badiiy, falsafiy. 10. Tabiat kuchlari va hodisalarini hissiy qiyofalar, alohida vujudlar shaklida jonlantirib tasvirlovchi, kishilarning xayolotiga asoslanuvchi qarashlar va tasavvurlar dunyoqarashning qanday turi? A. axloqiy. B. badiiy. V. afsonaviy. G. falsafiy.
11. Kishilarning tabiiy va ijtimoiy hodisalarni ilohiy kuchlar asosida aks ettiruvchi qarash va tasavvurlari hamda ilohiy kuchlarga bo‘lgan ishonch va e’tiqodlarini ularning qanday dunyoqarashi deb bilasiz? A. afsonaviy. B. falsafiy. V. badiiy-estetik. G. diniy.
12. Mif atamasi qanday ma’nolarni anglatadi? A. Rivoyat, afsona B. San’at, voqea V. O‘yin, san’at G. Afsona, urush
13. Miflar nimalar orqali ifodalanadi? A. Rivoyat, ertaklar B. Ertaklar, qo‘shiqlar V. Mehnat, ov G. Qo‘shiq, kuy.
14. Materializm qanday falsafiy ta’limot? A. Materializm – inson hayoti uchun moddiy nebmatlarni ustun qo‘yuvchi hayotiy prinsip. B. Materializm – materiya, tabiat, moddiylikni birlamchi deb ta’kidlovchi falsafiy oqim. V. Materializm – narsa va hodisalarga sog‘lom to‘g‘ri qarash, hayotdan yiroq, hayoliy fikrlardan voz kechish. G. Materializm – butun olam atomlar va bo‘shliqdan iborat deb biluvchi ta’limot.
15. Idealizm qanday falsafiy oqim? A. Idealizm – hayotdan yiroq, hayoliy fikr yig‘indisi. B. Idealizm – mavjudlikni g‘oyalar dunyosidan iborat deb biluvchi ta’limot. V. Idealizm – inson ongini birlamchi, moddiy olamni ikkilamchi deb tan oluvchi falsafiy oqim. G. Idealizm – hayotda g‘oyalar ahamiyatini asoslashga intiluvchi falsafiy oqim. Adabiyotlar 1. Shermuxamedova N.A. Falsafa: o‘quv-uslubiy majmua. Muharrir S.Safaeva; rassom Sh.Odilov. – Toshkent: “Noshir” nashriyoti, 2012. 60-100, 836- 864- betlar. 2. Falsafa asoslari. Mas’ul muharir Q.Nazarov. - Toshkent, “O‘zbekiston” nashriyot matbaa ijodiyot uyi, 2005 yil, 6-45- betlar. 3. Falsafa. Darslik. M.Axmedova tahriri ostida. - Toshkent, 2006 yil, 6-35- betlar.
4. Hotamov A. Dunyoqarash, bilish va faollik. Monografiya. –Toshkent, “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2014 yil, 6-45- betlar. 5. Falsafa. O‘quv qo‘llanma. (Barcha bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlari uchun). Professor Sh.O.Madaeva va boshqalar. - Toshkent, “Mumtoz so‘z” nashriyot matbaa ijodiyot uyi, 2019 yil, 5-60- betlar. 6. “Falsafa” entsiklopedik lug‘at. -Toshkent, “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat milliy nashriyoti, 2010 yil. Download 227 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling