1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniyat taraqqiyotidagi o‘rni reja


Mifologik va diniy dunqarashning o‘zaro aloqasi va farqi


Download 0.62 Mb.
bet5/122
Sana19.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1709505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Bog'liq
1-mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniya-fayllar.org

Mifologik va diniy dunqarashning o‘zaro aloqasi va farqi. Mifologik dunyoqarashning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu oddiy rivoyat, biron-bir voqea haqidagi hikoya emas, balki og’zaki «muqaddas» matnning arxaik ongdagi voqea-hodisalarga, insonga va u yashayotgan dunyoga ta’sir ko’rsatuvchi muayyan borliq sifatidagi in’ikosidir. Mif, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida, odamlar xulq-atvori va o’zaro munosabatlarini tartibga solish funksiyasini bajargan, chunki unda axloqiy qarashlar, insonning borliqqa estetik munosabati o’z ifodasini to’gan. Mifologiyaga shu narsa xoski, unda hamma narsa bir, yaxlit, ajralmasdir; tabiat narsalari va hodisalari inson bilan ayni bir qonunlarga muvofiq yashaydi, inson bilan bir xil sezgilar, istaklar, mayllarga ega bo’ladi.
SHunday qilib, mif kimningdir uydirmasi yoki «o’tmish sarqiti» emas, balki shunday bir o’ziga xos tilki, inson uning yordamida qadim vaqtlardanoq dunyoni tavsiflagan, o’zining o’sib borayotgan tarqoq bilimlarini umumlashtirgan, talqin qilgan, tasniflagan va muayyan tizimga solgan.
Mifda ota, oqsoqol hukmi va qaror to’gan an’analar ayniqsa muhim rol o’ynaydi. Rivoyat va uning mazmuniga nisbatan bunday munosabat zamirida e’tiqod, borliqni bevosita, emotsional idrok etish yotadi. Mifologik dunyoqarash dunyoni yaxlit tushunish bo’lib, unda shubhaga o’rin yo’qdir.
Mifologiya (miflar majmui sifatida) qadimgi odamlar dunyoqarashi bilangina uzviy bog’liq emas. Oddiy ongda yashaydigan din, falsafa, siyosat, san’atda aniq-ravshan yoki ‘ardalangan ko’rinishda mavjud bo’lgan miflar bugungi kunda ham (kim uchundir ko’proq, kim uchundir kamroq darajada) odamlar hayoti va ijodida faol rol o’ynab, har qanday inson dunyoqarashining tarkibiy qismi bo’lib qolmoqda. Jamiyatning axborotlashuvi jadal sur’atlarda o’sib borayotgan sharoitda mif televidenie, radio, vaqtli matbuot, hozirgi saylov texnologiyalari vositasida ba’zan ijtimoiy ong bilan manipulyatsiya qilish, oldindan belgilangan jamoatchilik fikrini shakllantirish vositasi sifatida qo’llanilmoqda.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling