1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va ilm-fan, madaniyat taraqqiyotidagi o‘rni reja


Download 379.48 Kb.
bet7/123
Sana03.02.2023
Hajmi379.48 Kb.
#1156870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123
Bog'liq
8 tа mavzu. Falsafa fanidan

Dinning asosiy ildizlari. Din qonuniy hodisa sifatida vujudga kelgan bo’lib, u insonning g’ayrioddiy narsalar va hodisalarga bo’lgan e’tiqodini to’yintiruvchi chuqur ildizlarga egadir.
Dinning psixologik ildizi avvalo inson tabiatida mavjud bo’lib, u inson intellektining rivojlanish darajasi va tanqidiy fikrlash qobiliyatidan qat’iy nazar, nafaqat tushunish, anglash, balki e’tiqod qilish istagi va hattoki ehtiyojining hamisha namoyon bo’lishidir.
Dinning gnoseologik ildizlari oqilona bilim nuqtayi nazaridan dunyo o’z rang-barangligida insonga cheksiz murakkab bo’lib tuyulishida namoyon bo’ladi. Forobiy fikricha “Din nazariy va amaliy qonunlar tuzilgan paytdagina odamlar e’tiqodi, ta’limi tarbiyasi yo’llari ishlab chiqilgandagina paydo bo’ladi va mustahkamlanadi. Ana shunday din tufayli omma baxt saodat uchun yetarli bilim olishi mumkin”1. Odamzod o’zini qurshagan borliqni faqat qisman anglab yetadi. Ayni shu sababli olam inson uchun sirlar va mo’jizalarga to’ladir. Odamzod o’zi e’tiqod qiladigan ko’p narsalarni faqat aqlga tayanib isbotlashga ham, rad etishga ham qodir bo’lmaganidek, yuqorida zikr etilgan sirlar va mo’jizalarga javob to’ishga ham (balki hozircha) qodir emas. psixologlar qayd etganidek, «o’ta mushkul vazifa aqlni o’tmaslashtiradi», inson yechimsiz muammolar qarshisida o’zini ojiz his qiladi va aql dalillarini uydirma, g’ayrioddiy narsalar bilan osongina to’ldiradi.
Dinning ijtimoiy ildizlari jamiyatda doimo mavjud bo’lgan tengsizlik, qashshoqlik va adolatsizlikni, odamlar qancha urinmasin o’zgartira yoki yenga olmaganligi bilan bog’liq. Adolatsizlik va foniy dunyoning nomukammalligi tuyg’usi chorasizlik va umidsizlikni yuzaga keltiradi, so’nggi zikr etilgan tuyg’ular osongina u dunyoda hayotning mavjudligiga bo’lgan ishonchga aylanadi. Vaholanki, har qanday din haqiqiy hayot u dunyodadir, deb o’rgatadi. Muammolar, qiyinchiliklarga duch kelgan va real hayotda o’ziga tayanch to’a olmagan inson g’ayrioddiy kuchlarga umid bog’lab, narigi dunyoga murojaat etadi. Ularga e’tiqod qilib, odamzod taskin va tasalli to’adi va oxir-oqibatda taqdirga tan beradi.

Download 379.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling