1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 150.44 Kb.
bet16/37
Sana20.11.2023
Hajmi150.44 Kb.
#1789081
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Bog'liq
Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushun-fayllar.org

Moniy ta’limoti yurtimizda buddaviylikdan keyin keng tarqalgan edi. u zardushtiylik va xristianlikning sintezlashuvi natijasida vujudga kelgan. Moniy fors va arab tillarida bir necha risolalar yozgan. Lekin ular bizgacha yetib kelmagan. Moniy hatto «Moniylik yozuvi» nomli alifbo ham tuzgan. uning ta’limoticha, hayotda dastavval nur dunyosi - yaxshilik va zulmat dunyosi- yovuzlik bo‘lgan. Ular o‘rtasida abadiy kurash boradi, inson ikki unsurdan (ruh — nur farzandi, jism — zulmat mahsuli) iborat. Moniylik xalq ommasi manfaatlarini himoya qiluvchi ta’limot bo‘lgani sababli hukmron mafkura qarshiligiga duch kelgan.
Moniylik ta’limoti asosida Mazdak ta’limoti yuzaga kelgan. U eramizning V-VI asrlarida keng tarqalgan edi. Uning asoschisi Mazdak (470-529 yillar) bo‘lgan. Mazdak va uning maslakdoshlari o‘z qarashlarida halq ommasiga suyangan. Xalqning ozodlik, erkinlik, hurlik yo‘lida olib borgan harakatlariga rahnamolik qilgani uchun tez fursatda ularning maslakdoshlari, izdoshlari ko‘payib ketgan. Mazdakiylik ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish yo‘lida kurashga da’vat etuvchi mafkura sifatida xizmat qilgan. Unda asosiy yovuzlik-boylikka hirs qo‘yish va o‘ta kambag‘allik qoralanadi. Bu insonparvar harakatdan cho‘chigan shoh Mazdakni turli hiylalar bilan o‘limga mahkum etadi. Mazdakiylar harakati, eramizning VI asrida bostirilganiga qaramay, turli mamlakatlarda muayyan darajada davom etgan. O‘rta Osiyoda Muqanna, Ozarbayjonda Bobak boshliq dehqonlar va shahar kambag‘allarining zulmga qarshi kurashlari bunga misol bo‘ladi.
Markaziy Osiyoda vujudga kelgan qadimgi falsafiy ta’limotlar, ular ilgari surgan g‘oyalar bugungi kunda ham muhim ahamiyatiga ega. Sanab o‘tilgan qadimgi diniy-falsafiy ta’limotlar, ya’ni zardushtiylik, uning bosh kitobi — «Avesto», Moniy ta’limoti, «Moniy yozuvi», mazdakiylik harakati jamiyatda adolat, erkinlik, teng huquqlilik tamoyillarini qaror toptirishiga da’vat etgan. Vatan ozodligi yo‘lida jon fido etgan Muqanna boshchiligidagi harakat nafaqat O‘rta Osiyoda, balki jahonning boshqa o‘lkalarida ham aks-sado bergan. Vatanimizning o‘sha davrda shakllangan va rivojlangan boy madaniyati, milliy ma’naviyatimiz, falsafamiz jahon sivilizatsiyasiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Download 150.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling