1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Download 150.44 Kb.
bet35/37
Sana20.11.2023
Hajmi150.44 Kb.
#1789081
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushun-fayllar.org

Tayanch tushunchalar

Falsafa - yunoncha phileo - sevaman, Sophia - donolik degan ma’noni anglatadi. Insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardan biri. Olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo‘qlik kabi ko‘plab muammolar xaqida baxs yuritadigan fan.

Dunyoqarash - Inson o‘zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, unga baho berishi, xulosa chiqarishi bo‘lib, dunyoni inson ongidagi o‘ziga xos in’ikosidir. Insonning o‘ziga va uni qurshab turgan borliqqa bo‘lgan munosabatlarini ifodalaydigan ko‘nikmalari, malakalari, bilimlari hamda dunyoni amaliy va nazariy o‘zlashtirish hamdir.

Mif - yunoncha mifos so‘zidan olingan bo‘lib, afsona, rivoyat, xikoyat kabi ma’nolarini anglatadi. Ibtidoiy davr kishilari ongi va tushunchasida inson, tabiat, jamiyat va koinotning paydo bo‘lishi bilan bogliq voqealar, shuningdek, tabiat va jamiyat hodisalarining aks etishidir.

Mifologik dunyoqarash - Ijtimoiy taraqqiyotning boshlangich bosqichlariga xos bo‘lib, dunyoni tushunishning oddiy usuli, xayoliy in’ikosidir.

Din - arabcha - ishonch, ishonmoq demakdir. Borliqni yaratuvchi va boshqaruvchi, adolatning yuksak namunasi, moddiy olamga xos bo‘lmagan va ayni vaqtda barkamollikning oliy ko‘rinishi sifatida tushuniluvchi oliy mavjudotga, ya’ni Xudoga nisbatan munosabat, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmuidir.

Diniy dunyoqarash - Olamdagi voqea va hodisalar sabablarini iloxiy kuchlar, oldindan belgilangan maqsadlar bilan bog‘lab tushunishdir.

Vedalar - diniy mazmunga ega adabiyotlar. Ba’zi taxminlarga ko‘ra, deyarli to‘qqiz asr davomida Xindiston yarim orolida yashab kelgan qadimiy xalq va elatlar tomonidan yaratilgan.

Upanishadalar - sirli bilimlar deb atalib, vedalarning falsafiy qismidir. U ma’lum bir kitob yoki falsafiy risolalar shaklida bo‘lmay, balki turli mavzularda, turli davrlarda asosan noma’lum mualliflar tomonidan yaratilgan matnlar to‘plami. Xar bir matn u yoki bu muallifning falsafiy mushoxadalarining qisqacha bayonidan iborat.


Download 150.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling