1-Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li


Download 0.61 Mb.
bet1/18
Sana09.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1469154
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Маъруза матни


1-Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li.

1. Falsafiy fikr paydo bo’lishining zaminlari.


2. Dunyoqarash. Falsafiy dunyoqarash.
3. Falsafa fan sifatida. Falsafaning baxs mavzui. Falsafiy muammolar.
4. Falsafaning jamiyatda tutgan o’rni va vazifalari.


Tayanch tushunchalari:
Falsafa, dunyoqarash, gnoseologiya, mif, tafakkur, diniy aqidalar, diniy ekstremizm, fanatizim.

Biz yashab turgan dunyo nixoyatda murakkab.Bu dunyo chuqur o’zgarishlarni kechirayotgan dunyo. O’zgarishlar esa inson va jamiyat xayotining barcha tamonlarini qamrab olmoqda. Bu o’zgarishlar inson va koinot, davlatlararo, millatlararo munosabatlarni,siniflar,turli ijtimoiy guruxlar orasidagi munosabatlarni o’z ichiga qamrab oladi. Xozirda biz shunday davrga yetib keldikki, unda jamiyat taqdiri, insoniyat taqdiri birichi o’ringa chiqmoqda.


Ijtimoiy xayot o’zgarishlari, ilmiy-texniq taraqqiyotining jadal odimlari
kishilar oldiga yangidan-yangi talablar qo’ymoqda. Bunday o’zgarishlar shu qadar jadal sur’atlar bilan amalga oshmoqdaki, ularni o’z vaqtida tushunib yetish nixoyatda mushkul. Insonda bu o’zgarishlarni tushunishgina emas, balki ularni bevosita ishtiroq etish, o’z faoliyati orqali amalga oshirish talab etiladi. Xozirgi davrda yetuk mutaxassis O’z ishining ustasi bo’lishi yetmaydi. Xozirgi davr kishisi oldiga qo’yiladigan eng muhim talablardan biri olamni, atrofda kechayotgan voqea-xodisalarni to’gri tushunish, olamga ongli munosabatda bo’lish.
Biz xayotning o’ziga xos yangi tamonlariga, yangicha turmush tarziga, yangicha iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarga ilgarigi andozalardan voz kechishga, yangicha fikrlashga o’rganmoqdamiz. Biz asta-seqin olam haqidagi qarashlar turli-tumanligini, fikrlar xilma-xilligini qidirmoqdamiz, yangicha tafakkur usullarini egallamoqdamiz. Bularning xammasi birgalikda ko’p jixatdan xolisona, oqilona dunyoqarashining shakillanish jarayonidir.
Insonning dunyoqarashining shakillanishi murakkab jarayon bo’lib, unga juda ko’p omillar: ijtimoiy hayot sharoitlari, amaliy faoliyati, jamiyatning ma’naviy xayoti, shu jumladan, fan madaniyati, turli-tuman qarashlar, ijtimoiy munosabatlar ta’sir ko’rsatadi.
Falsafa umuminsoniy madaniyatning tarqibiy qismi, ijtimoy ong, inson dunyoqarashining shakllaridan biri bo’lib xisoblanadi. Falsafa, falsafiy dunyoqarash ustida so’z yuritmoq uchun dastavval, dunyoqarash nima? U qanday shakillanadi? Qanday ko’rinishlarga ega? Kabi savollarga javob to’pish lozim.
Inson o’z xayoti davomida o’zini o’rab turgan dunyoni o’rgana boradi, tabiat, jamiat, murakkab olamni tushunishga xarakat qiladi. Bularni xammasi oqibatda muayyan fikrlarni, qarashlarni yuzaga keltiradi.
Kishilarning olam haqidagi fikrlari dunyoqarash tushunchasida ifoda etiladi.
Dunyoqarash umumiy tarzda olib qaralganda kishilarning olam haqida yaxlitlashgan, umumlashgan bilimlarini ifodalaydi. Dunyoqarash dunyoni anglash, inson tafakkurining eng muhim tomoni xisoblanadi. Dunyoqarash deganda, birinchi navbatda kishilarning olam haqidagi umumlashgan bilimlari nazarda tutiladi. Bu bilimlar kundaliq xayot tajribalaridan kelib chiqqan bo’lishi yoki kasbga, faoliyatga doir bo’lishi, amaliy qiymatga ega yoki nazariy qiymatga ega bo’lishi mumqin. Shu bilan bir qatorda dunyoqarashda qishilarning olamga, tabiatga, jamiyatga, boshqa kishilarga munosabatida o’z ifodasini to’adi. Kishilarning munosabati mohiyatida ularning o’z oldilariga qo’ygan maqsadlari, orzu-umidlari, xayot, yashash, undagi , yashash, undagi zlarini o’rni xaqidagi tushunchalar yotadi.
Shundan kelib chiqqan xolda dunyoqarash kishilarini yaxshlik, yomonlik, adolat, odamiylik xaqidagi tasavvurlarini, qadriyatlarini o’z ichiga oladi. Shunday qilib dunyoqarash ayrim kishilar, ijtimoy guruxlar va xokazolarning olamga munosabatlarini ifodalovchi tushuchadir. Falsafadan lugatdan “Dunyoqarash dunyoga (ya’ni tabiat, jamiyat, tafakkurga) qarashlarning yaxlit sistemasi bo’lib, bu qarashlar inson faoliyatiga muhim ta’sir ko’rsatadi” deb ta’riflanadi.
Dunyoqarash kishilarda amaliy hayot jarayonida, insoniyat orttirgan tajribani o’zlashtirish jarayonida shaqllanadi. Dunyoqarashning xarakteri pirovard natijada ijtimoiy taraqqiyot darajasi bilan; fan, madaniyat, maorifning taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi.
Shu o’rinda dunyoqarashning tarixiy tiplari ustida fikr yuritiladi. Dunyoqarash kishilarning olam xaqidagi umumlashma xarakteriga ega bo’lgan bilimlari sifatida muntazam o’zgarib, yangilanib boradi. Jamiyat taraqqiyotining o’ziga xos tomonlari, xususiyatlari unda aks etadi. Kishilik jamiyati taraqqiyoti jarayoni dunyoqarashning muayyan tarixiy tiplarida o’z ifodasini topadi. Bular:
1.Mifologik (afsonaviy)
2.Diniy
3.Ilmiy-falsafiy dunyoqarash
a) ijtimoiy taraqqiyotning eng quyi bosqichlariga to’gri qeladi. Bu davrlarga xos bo’lgan xususiyat ilmiy fanning xali taraqqiy etmaganligi oqibatida kishilarda olam xaqida sodda tasavvurlarning paydo bo’lishi;
b) bu tasavvurlarda xayot bilan xayolning o’zaro ajratilmaganligi;
v) bu dunyoqarashda olamning umumlashgan xolda sinkretik qarashlar tarzida ifoda etilishi.
Mifologiya yunoncha naql, rivoyat mahnolarini ifodalaydi. Mifologiya qadimgi jamiyatlarga xos bo’lgan xalq ogzaqi ijodida, naqllar, afsonalar, rivoyatlarda voqelikning afsonaviy, xayoliy ifoda etilishidir. Mifologiya tabiat kuchlari va ijtimoiy xodisalarni jonlashtirishga, xissiy afsonaviy obrazlar orqali tasvirlashga asoslanadi.
M: qadimiy grek afsonalarida Zevs momaqaldiroq va yashin xudosi sifatida tasvirlangan, Apollon Zevsning o’gli, quch-qudrat xudosi bo’lgan.
Mifologik dunyoqarash inson dunyoqarashining eng qadimiy shakli bo’lib, unda inson va dunyo, fiqr va xis-tuygu, bilim va xayol, moddiylik va ma’naviylik umumlashgan xolda ifoda etilgan, unda xayol va xayot, tabiiylik va iloxiylik, bilim va e’tiqod yaxlit ifoda etilgan.
Mifologiya olamni anglashning dastlabki usuli edi va o’z davrida kishilar xayotida muxim o’rin tutgan. Mifologiya doirasida kishilar o’tmish, xozir, kelajakni tasavvur etganlar, dastlabki qadriyatlar tizimini yaratganlar. Keyinchalik mifologiya xalq ogzaki ijodi, yozma yodgorliklar, adabiyot, san`atda o’z ifodasini to’di. Garchi mifologik dunyoqarash o’z axamiyatini ma’lum darajada yoqotgan bo’lsada, madaniyat, fan, san’at taraqqiyoti uchun o’ziga xos asos bo’lib xizmat qildi va xizmat qilmoqda: chunki miflar(afsonalar)da xalqlarning qo’p mingyillik tajribalari, umuminsoniy qadriyatlar o’z aksini to’gan va xalqlar ma’naviyatining o’ziga xos ildizlari bo’lib xisoblanadi.
Ijtimoiy rivojlanishning nisbatan keyingi bosqichlariga kishilarning olamga munosabatlari diniy dunyoqarashda o’z ifodasini to’di. Diniy dunyoqarash olamni iloxiy quchlarga bog’lab tushuntirishdir: diniy dunyoqarash e’tiqod asosiga qurilgan dunyoqarashdir.
Diniy dunyoqarash iloxiylashtirish, diniy xulq va diniy urf-odatlar bilan chambarchas bog’liq. Diniy dunyoqarash, uning asosiy tomonlari, tarkibiy qismlari «Falsafa» darsligida berilgan, uni mutaolaa qilishingizni tafsiya etaman.
Men diqqat-e’tiboringizni diniy dunyoqarashni falsafiy tahlil etish lozimligiga qaratmoqchiman. Gap shundaki, diniy dunyoqarashni cheklangan, xato dunyoqarash tarzida emas, balki insoniyat ma’naviy madaniyatining muhim tarkibiy qismi sifatida qaralmog’i lozim. Shu ma’noda diniy dunyoqarash:
a) kishilarning olamga o’ziga xos munosabatini ifodalaydi;
b) diniy dunyoqarash doirasida ajdodlarimiz bizga meros qilib qoldirgan umuminsoniy, axloqiy qariyatlar mujassamlashgan;
v) din, diniy dunyoqarash ijtimoiy xayotda, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda muhim o’rin tutib kelgan;
g) asrlar mobaynida diniy dunyoqarash kishilarni bahamjixatlikka, xamkorlikka, yaxshilikka xizmat qilishga undagan.
Yuqoridan kelib chiqqan xolda, din, diniy dunyoqarash umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida xam milliy, xam umuminsoniy qadriyat sifatida baxolanmog’i lozim.
Din, diniy dunyoqarash xozirgi davrda aloxida ahamiyatga molik muammo hisoblanadi. Zotan mustaqillik milliy o’zlikni anglash, milliy qadriyatlarni tiklanishi demakdir.
Xozirgi davrning o’ziga xos xususiyati xaqida I.Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida «XX asr ajoyib ilmiy kashfiyotlar asri, inson Koinot sirlari qo’yniga kirib borayotgan asr… ulkan texnikaviy imkoniyatlar asri. Shu bilan birga bu asrning oxiri diniy qadriyatlarning uygonishi…, diniy ma’naviyatga o’ziga xos tarzda qaytish davri» (33-bet) deb ko’rsatildi va unda dinninng, e’tiqodning g’oyat nozik muammo ekanligi, diniy ekstremizm, fanatizm, fundamentalizm mustaqillik, barqarorlik, taraqqiyot uchun jiddiy xavf ekanligiga e’tibor qaratildi. Biz bu xaqda, bu xavfning oldini olish va unga yo’l qo’ymaslik haqida, din, diniy dunyoqarash bilan dindan xokimiyat uchun kurashish maqsadlarida, siyosiy maqsadlarda foydalanishi o’zaro farklash lozimligi xaqida xulosa xosil qilgan edik.
Mifologik dunyoqarash xam, diniy dunyoqarash xam falsafiy dunyoqarashning asosi bo’lib xizmat qildi.
Kishilar qadimdan olam, borliqning mohiyatini tushunishga urunganlar.
Falsafiy dunyoqarash kishilarga odamning mohiyatini, ularning olamga va o’z-o’ziga munosabatlarini tushunishga yordam beradi.
Falsafiy dunyoqarash kishilarni oqilona fikrlashga o’rgatadi.
Falsafiy dunyoqarash kishiga olamni tushunish, narsa va xodisalar o’rtasidagi munosabatni aniqlash, muhim tomonlarini nomuhim tomonlaridan ajratib olib, o’rganish, borliqning o’ziga xos tomonlari, ziddiyatlarini payqay bilish va tahlil etish imkoniyatini beradi.
Oqilona fikrlash, falsafiy fikr yuritish. Avvalo, asosli fikr yuritish, o’z qarashlarini himoya qila olish, erkin fikrlay olishdir. Falsafiy fikrlashni kishiga majburlab singdirish mumkin emas. Falsafiy fikrlash dialektika qonunlarini yoddan bilish emas. Falsafiy fikrlash asosida voqelikni to’gri, xech qanday qo’shimchalarsiz, qanday bo’lsa shundayligicha tushunish, tahlil qila bilish yotadi.
Falsafa bir qarashda murakkab tushunchalar bilan ish ko’rsada, murakkab bo’lib ko’rinsa-da, aslida u real xayot bilan bevosita chambarchas bog’liq.
Xar bir davrning o’z falsafasi bo’ladi. Xar bir davr falsafada o’ziga xos tarzda ifodalanadi. Masalan, biz 1917 yildan 90 yillargacha bo’lgan davrni turgunlik davri deb baholadik. Bu davrning ijtimoiy hayoti, muammolari dogmatic falsafada o’z ifodasini topdi. Garchi bu davrda falsafa marksizm falsafasi tomonidan jamiyatni revolyutsion-tanqidiy qayta qurish davri deb, ta’riflagan bo’lsa-da, aslida real xayotni o’rganishga emas, balki real ziddiyatlarni xaspushlashga, voqelikni bo’yab ko’rsatishga xizmat qiladi. Oqibatda marksizm falsafasi qurug o’zgarmas qoidalar, dogmalar yigindisi bo’lib qoldi.
Falsafiy dunyoqarash o’ziga xos masalalarga o’z diqqatini qaratadi. Bu masalalarning ko’pchiligi inson va insoniyatni uzoq davrlardan beri qiziqtirib kelgan. Xar bir avlod ularga qayta-qayta murojaat qilishga majbur. Olamni bilish, o’rganish, falsafiy fikr yuritishga, dunyoqarashni shaqllantirishga yordam beradigan vositalardan biridir. Falsafiy dunyoqarash o’zining bir qator xususiyatlari bilan dunyoqarashning boshqa shakllaridan farqlanadi.
1. Falsafiy dunyoqarash olam xaqidagi yaxlit, muayyan tizimga tushgan bilimlar yigindisidir.
2. Falsafiy dunyoqarashda olam qanday bo’lsa shundayligicha aks etadi. Olam bir butun yaxlit tizim. Olamdagi barcha narsa va xodisalar xarakatda, o’zgarishda, taraqqiyotda. Olam qanday bo’lsa shundayligicha tushunish birinchi navbatda, xarakat o’zgarish taraqqiyotini tushunishdir,.
3. olamdagi barcha narsalar, xodisalar o’zaro aloqadorlikda, xarakatda taraqqiyotda. Olamni falsafiy tushunish – premet va xodisalar, aloqa va munosabatlarni tushunishdir.
4. falsafiy dunyoqarash kishilarda muayyan tayyorgarlikni, madaniyatni talab qiladi. Falsafiy tushunchalar, terminlar, tamoyillarni o’zgartirish, falsafa va fanlar taraqqiyotiga suyanish muxim ahamiyatga ega.
5. Falsafiy dunyoqarash ilmiy dunyoqarashdir. Unda olam xaqidagi
obg’ektiv mazmunga ega bo’lgan bilimlar aks etadi.
6. Falsafiy dunyoqarash kishilar ma’naviy madaniyatini
shakllantirishni vositasi xisoblanadi.
7.Falsafiy dunyoqarash olamni aql farosat yordamida anglashni
ifodalaydi. Shuning uchun xam falsafiy dunyoqarash olamni kuzatishni, o’rganishni, taxlil qilishni, mantiqiy xulosalar chiqarishga insonni jalb qiladi.
8.Falsafiy dunyoqarashning mohiyatida insonning odam va olam
xaqidagi dunyoning inson manfaatlariga mos tushushining,
xayotning mazmuni, insonning xayotdagi o’rni xaqidagi fikirlari
yotadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda falsafiy dunyoqarash olam va
odamning mohiyatini anglashdir.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling