1-Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li


-mavzu Falsafaiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari


Download 0.61 Mb.
bet5/18
Sana09.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1469154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Маъруза матни

2-mavzu Falsafaiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.


Reja:

  1. Falsafiy fikrni vujudga kelishi, uning madaniy tarixiy zaminlari.

  2. Qadimgi Sharq mintaqamizdagi va antik dunyodagi ilk falsafiy fikrlar.

  3. O’rta Osiyoda falsafiy fikrlarning rivojlanishi.

  4. G’arbiy Yevropa xalqlari falsafasi

Tayanch tushunchalari: Daosizm, Qadimgi Yunoniston, Pifagor,Platon, Geraklit


Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. Toshkent «SHark» - 1998 y (10 bet).
2. Karimova I.A. O’zbekiston milliy istiklol, iktisod, siyosat, mafkura. T., «O’zbekiston» - 1993 y (84-85 bet).
3. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi xalq ehtikodi va buyuk kelajakka ishonchdir. Toshkent «O’zbekiston» - 2000y (34-36 bet)
4. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shaxri (186 bet).
5. Abu Rayxon Beruniy. Tanlangan asarlar. T. 1 (Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar). Toshkent «Fan» - 1968 y.
6.Abu Ali Ibn Sino Tib qonunlari. T.1.Toshkent «Meros», -1992y (11-26 bet)
7. Temur tuzuklari. Toshkent «Meros» - 1991y
8. Axmad Yassaviy. Xikmatlar. Toshkent – 1991y
9. Alisher Navoiy. Majolis un – Nafois. Toshkent – 1996y
10. Bobur Zaxriddin Muxammad. Boburnoma. Toshkent-1996y.
11. Buyuk siymolar, allomalar. T 1,2. Toshkent – 1995-96 yillar.
12. Xayrullaev M. Uygonish davri va SHark mutafakkirlari. Toshkent «O’zbekiston» - 1991y.
13. J.Tulenov, Z.Gofurov, Falsafa (darslik). T., «O’kituvchi» 1997 yil (6-14 betlar).
14. Falsafa (ukuv kullanma) E.Yu.Yusupov umumiy taxriri ostida. Toshkent «Shark» nashriyoti – 1999y (8-160 betlar)
15. Yuldashev S.A. Antik falsafa. Toshkent-1999 y
16. J.Tulenov Qadriyatlar falsafasi. Toshkent – 1998y (85-190 betlar).
17. O’rta Osiyo xalqlari xurfikrligi tarixidan. Toshkent-1992y.
18. O’zbekistonda ijtimoiy falsafiy fikrlar tarixidan. Toshkent-1995y
19. Gunnar Skirbekk, Nils Gilg’e «Falsafa tarixi» - Toshkent «SHark» nashriyoti 2002y.

Falsafiy g’oyalar muayyan ijtimoiy sharoitlar tahsirida, mahlum tarixiy-madaniy manbalar asosida shakllanadi.


Ibtidoiy xayotning murakkablashishi va kishilarning ijtimoiy amaliyotining kengayishi ularni abstrakt fikrlashini rivojlantiradi, shu bilan birga ilmiy bilimni shakllantiradi.
Falsafa predmetlarga kundalik amaliy va olamga tabiiy-ilmiy yondoshishdan fark kilgan, uziga xos yondoshishga ega. Kadimdan faylasuflar borlik nima? Bor bulishning uzi nima? degan muammoni xal qilib kelganlar. Falsafaning bu o’ziga xos xususiyati qachon va nima uchun falsafa kelib chiqqan degan savolga bir muncha javob berishga yordam beradi.
Ijtimoiy xayot va ijtimoiy ongda odatda, mifologiya yordamida xal kilib bulmaydigan ishontirish mumkin bulmagan jiddiy ziddiyat va konfiliktlar vujudga keladi. Bu urinda shakllangan fikr bilan xaqiqatan qanday ekanligi xaqidagi bilimni farqlash extiyoji tug’iladi. Bu fikrlash falsafa bilan vujudga keladi.
Falsafa avval boshdan kundalik ongni, urf-odatni, an’anaviy kadriyatlarni va axloq normalarini tanqid qiladi. Faylasuf xamma narsaga shubxa bilan qaraydi, buni u shu an’analarni kelib chiqish ildizini topish uchun qiladi. SHundan uning bor bulishning o’zi nima?, borliq nima? degan savolining mazmuni kelib chikadi.
Falsafaning vujudga kelishida qanday ijtimoiy vaziyat, madaniyatdagi qanday siljinishlar ta’sir qiladi? degan savollar tug’ilishi tabiiydir. Qadimgi Gretsiyada falsafa inson xayotining ma’nosi, uning odatdagi tuzim i va tartibi xavf ostida qolgan vaqtda shakllanadi. Falsafaning u yoki bu davrda shakllanishigina emas balki taraqqiyoti xam chuqur ijtimoiy krizislar inqirozlar bilan boglik bo’lib, inson qiynalganda, eskicha yashay olmay qolganda, eski qadriyatlar uz axamiyatini yuqotib endi nima qilish kerak? degan savol tug’iladi . Dastlabki quldorlik davrining odatdagi mifologik-afsonaviy tasavvurlari yangi dunyoqarashning talablariga javob bera olmaydi. Shunday qilib falsafa odatdagi xayot tarzi va odatdagi qadriyatlarning krizis momentida vujudga keladi. Bir tomondan u urf-odatlarni tanqid qilsa boshqa tomondan yangi binoni qurish uchun poydevor, yangi madaniyat tipini topishga xarakat qiladi. Shuning uchun falsafada nazariy va dunyoqarash muammolari uzviy bog’liqdir.
Qadimgi Shark tsivilizatsiyasining beshiklaridan bulgan Misr Bobilda eramizdan avvalgi turt ming yillikning oxiri va uch ming yillikning boshlarida dastlabki diniy – falsafiy fikrlar olam xaqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar bir muncha rivoj topgan.
Bu yerda shakllangan falsafaning eng asosiy xususiyati shundan iboratki, ularda, bir tomondan xudolarga ishonch, iloxiy kuchlarning tabiat va jamiyatga kursatadigan tahsirini mutloqlashtirish xususiyati ustivor bulgan bulsa, ikkinchi tomondan afsona va rivoyatlar tarzida bulsada, dunyoviy bilimlar, ilmiy karashlar xam asta-sekin shakllana boshlagan. Bu – usha davrlardan qolgan yozma manbalarda, xususan, «Xujayinning uz quli bilan xayotning mazmuni xaqida suxbati», «Arfisit qushigi», «O’z xayotidan xafsalasi pir bulgan kishining o’z joni bilan suxbati» kabi bitiklarda yakkol namoyon bo’lgan.
Bizning eramizgacha bo’lgan 1 ming yillikning o’rtalarida insoniyat tarixining taraqqiyotida qadimgi madaniyatning uch uchog’ida Xindiston, Xitoy, Gretsiyada deyarli bir vaqtning o’zida falsafa vujudga keldi. Uning tugilishi olamni mifologik tushunishdan bilimga tayanadigan dunyoqarashga utishdek uzoq jarayonni boshidan kechirdi.
Xindiston bashariyat tarixida qariyb birinchi tsivilizatsiya beshigi xisoblanib, uning falsafasi o’zining qadimiy va boy tarixiga ega. Qadimgi Xind falsafasini o’rganishda «Ramayana», «Maxobxarot», «Kalila va Dimna» kabi mashxur asarlar ilk manbalar bo’lib xizmat qiladi. Xind madaniyati va falsafasining ana shu bebaxo yodgorliklarining xar birida aql-idrok, adolat, insof-diyonat, xalollik, poklik, mexnatsevarlik, milliy totuvlik, tug’ri suzlilik tug’risida va yomon illatlarga qarshi kurashish zarurligi xaqida juda muxim falsafiy g’oyalar xikmatlar, rivoyatlar, maqollar bayon etilgan.
Falsafiy qarashlarning kurtaklari xind madaniyati eng qadimgi yozma yodgorliklari «Vedalar» da («Ved» lar – xudolar, tabiatning iloxiy kuchlariga qaratilib aytiladigan gimnlar, duolar tuplami) uchraydi. «Veda» kitobi Rigveda, Samaveda, Yashurveda va Atxarda deb ataladigan 4 katta bulimdan iborat.
Ularda borliqning bosh manbai moddiy ibtidosi deb xisoblangan suv, olov, xavo, yoruglik, tuproq xamda oziq-ovqat, fazo va vaqt xaqidagi, shuningdek olamning tuzilishi va uni boshqaruvchi qonunlar, inson bilimining manbalari va turlari insonning ijtimoiy majburiyatlari kabi qator falsafiy masalalar yoritilgan. Unda takidlanishicha, tana jonning qobigi bulib, jon esa dunyoviy ruxning bir bulagidir.
Xind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashxur bulgan manbalarda xam o’z aksini topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degan mahnoni anglatib «Veda» larning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo’lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan nomahlum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi xar xil va turlicha falsafiy qarashlar maxq, uning xayotdagi o’rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning xayoti va ruxiyatining moxiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me’yorlari xaqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy, mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan.
Eramizgacha bulgan 8-7 asrlarda Xindistonda Lokayati (bu dunyo (loka) ni tan oluvchi) falsafiy ta’limot shakllana boshladi. Bu tahlimotning asosi Brixaspati va uning izdoshlari vedalarda bayon etilgan diniy qarashlarning tanqid qilib, yerdan boshqa tarzdagi xayotning bulishi mumkin emas, degan fikrni ilgari fikrni ilgari surdilar.
Lokayataning eng rivojlangan oqimi Chorvaklar (er.av. 6-asr) ta’limotidir. Ularning fikricha dunyo 4 elementdan tuproq, xavo, suv va olovdan tashkil topgan bo’lib, barcha narsa va xodisalar shu 4 elementning turli birikmasidan iboratdir. Ular dunyoni bilish mumkin va bu bilishning manbai idrokdir, deb, bilimda xissiyotning rolini bo’rtirib yuborganlar, xulosalar yolg’on bo’lishi mumkin deb xisoblaganlar.
Xitoydagi dastlabki falsafiy tahlimotlarda dunyo abadiy va 5 unsur – olov, suv, yer, daraxt va metallardan tashkil topgan, deb uqtiriladi.
Eramizdan oldingi 7-6 Xitoy mutaffakirlarining fikricha tabiat xodisalar degan moddiy zarralardan tarkib topgan dao- degan ob’ektiv tabiiy qonuniyatga buy sunadi. Xitoyliklarning tabiat xodisalari qonuniyatli asosda taraqqiy qiladi, degan tasavvurlari, Dunyo moddiydir, degan ta’limotga bog’liqdir. Dao xaqidagi ta’limot falsafadagi qonun tushunchasini xosil qilishdagi dastlabki urinishdir.
«Daosizm» suzini uzi «Dao» suzidan kelib chiqqan bo’lib, «yul», «taraqqiyot», «dunyo negizi» degan ma’noni bildiradi. Daosizmning asoschisi Lao – tszi bo’lib, u dunyoda abadiy xarakat va qarama-qarshiliklarning bir-biriga bog’likligi amal qiladi, tabiat xodisalari o’z-o’ziga zid xolatga aylanib rivojlanadi, degan fikr yuritiladi. Tahkidlanishicha, guzallik va yomonlik, borliq va yukliq, uzun bilan kisqalik bir-birini tuldiradi., birin-ketin keladi, bir-biriga bogliq bo’ladi, tabiatdagi barcha mavjudot, barcha xodisalar qarama-qarshiliklarni o’z ichiga oladi.
Daosizmning vakillari bilishdagi xissiy va mantiqiy jixatlarning mavjudligi masalasini o’rtaga quyib, bilishda xissiyot va amaliyotning ahamiyatini kamsitib, aqlni bo’rttirib yuborganlar.
Eramizdan oldingi 5-3 asrlarda Xitoyda Konfutsiychilik kabi falsafiy oqim xam bo’lgan. Bu oqimning asoschisi Xitoy mutafakkiri Konfutsiy bo’lgan. (er.oldingi 551-479 yillarda yashagan). Konfutsiy insonparvarlik g’oyalarini qadimgi Xitoyda birinchi bo’lib olg’a surdi. Konfutsiy o’zining falsafiy qarashlarida tarbiya masalalariga katta e’tibor qaratgan. Odamlar uz tabiatiga ko’ra bir-birlariga o’hshaydilar, faqat tarbiyaga ko’ra ular bir-birlaridan farqlanadilar, deydi u. Konfutsiy fikricha insonlar o’rtasida o’zaro muhabbat, xurmat tamoillari xukmron bo’lishi kerak.
Qadimgi grek – yunon falsafasi eramizdan oldingi 6 asrda Gretsiyada ibtidoiy – jamoa tuzumi quldorlik jamiyati bilan almashgan davrda vujudga keldi. Quldorlik vujudga kelishi bilan antogonistik sinflar, davlat paydo bo’ldi, xuquq, san’at va adabiyot shakllandi, savdo-sotiq kuchaydi, shuningdek fizika, matematika, astronomiya, geografiya rivojlandi, bular falsafa fanining rivojlanishicha zamin yaratdi.
Qadimgi Yunoniston dastlabki faylasuflari Yer, Kuyosh, yulduzlar, xayvonlar va odamning kelib chiqishini bir butun yaxlit tasavvur etishga xarakat qilgan mutafakkir edilar. Shuning uchun xam ularni fiziklar – tabiatshunoslar (yunoncha ‘hysie – tabiat) deb ataganlar.
Ular mifologik va diniy dunyoqarashga qarshi kurash olib bordilar. Ma’lumki yunon mifologiyasida asosiy ehtibor, dunyoning kelib chikishini izohlab berishga qaratilgan bo’lib, unda asosiy o’rinni dunyoni kim yaratgan degan savol egallab kelgan yunon faylasuflari esa asosiy e’tiborni dunyo nimadan yaratilgan degan savolga javob berishga qaratilgan.
Qadimgi Yunonistonda yirik savdo va madaniyat markazi bo’lib kelgan Milet shaxrining vakillari taniqli mutafakkir Fales (er.avv. 624-567) xamma narsa suvdan kelib chikkan va suvga aylanadi deb xisoblangan bo’lsa Anaksimandr (er.avv. 610-546) dunyo noaniq materiya-apeyrondan tashkil topgan deydi. Narsalar uning fikriga ko’ra apeyron harakati hamda sovuqlik va issiqlik, namlik va quruqlik kabi qarama- qarshiliklarning natijasida paydo buladi. Anaksimenning (er.avv 588-525 y) fikricha xamma narsa xavodan xosil bulgan va xavoga aylanadi. Efeslik Geroklit (er.avv 530-470y) olamdagi barcha narsa va xodisalarning asosi olovdan iborat deb xisoblangan.
Geraklit ta’limotining ahamiyati shundaki, u uzining dunyoning moddiyligi xaqidagi fikrini narsa va xodisalarning o’zgarishi va rivojlanishi kabi qonuniy jarayon, deb e’tirof etishadilar. Mazkur abadiy va eng umumiy qonuniyatni Geraklit logos deb tasvirlaydi.
Geraklit falsafasining yana bir muhim tomoni voqelikdagi narsa va xodisalarga dialektika nuqtai nazardan yondashuvidadir. Uning fikricha, narsa va xodisalar doimiy o’zgarishda, o’zaro aloqadorlikda, bog’liklikda, bir-biriga o’tib turadi. Bu uzgarib rivojlanib turishning manbai qarama-qarshiliklarning birligi va ularning o’zaro kurashidadir.
Qadimgi Yunon faylasuflaridan Pifagor (er.avv.580-500) nuqtai nazaricha, dunyoning asosini sonlar tashkil qiladi, sonlar koinotdagi tartibning ifodasidir. Dunyoni bilish – uni boshqaruvchi sonlarni bilishdir.
Pifagorchilar soni materiyadan ajratib, uni iloxiylashtirgan bulsalarda matematika fanini rivojlantirish mashxur Pifagor teoremasini yaratishi bilan fan taraqqiyotiga katta xissa qo’shdilar.
Qadimgi Yunonistonning eng mashxur faylasuflaridan biri Demokritdir. (er.avv. 460-370 y). Uning nuqtai nazaricha, dunyo moddiy bo’lib, rux, ong materiyaning maxsulidir. U dunyoning asosi atomlar va bushliqlardan iborat, narsa va xodisalarning rang-barangligi atomlar birikish usullarining turli-tumanligidan kelib chikadi deb xisoblaydi. Demokrit materiya va xarakatning ajralmasligini, xarakat fazoning xam xudi materiya singari ob’ektiv mavjud ekanligini tan olish lozim deydi. Lekin u xarakatni atomlarning bo’shliqdagi oddiy o’rni almashishi deb qaraydi. Xarakatning o’zini esa atomlarning fazoda o’zaro to’qnashuvi natijasida xosil bo’ladi deydi.
Demokrit tabiatdagi xamma voqea xodisalarning doimo o’zgarib turishini zaruriyat hisoblab, tabiatdagi tasodifni tan olmas edi. Uning fikricha, narsa va xodisalar o’rtasidagi sababiyatni bilmaslik tasodifni tan olishga olib keladi. Sababiy bog’lanishlarni tekshirishni u fanlarning asosiy vazifasi deb xisoblar edi.
Demokrit ong va rux ham atomdan iborat deb xisoblagan. Demokrit olamni bilish mumkinligini ta’kidlab, uni qorong’i va hakikiy bilimlardan iboratdir. U bilish jarayonida xissiyot va tafakkurning rolini ham ko’rsatib o’tadi.
Demokrit qadimgi Yunonistonning qomusiy olimi edi. U fanning turli soxalari: falsafa, fizika, matematika, biologiya, tibbiyot, pedagogika, ruxshunoslik, filologiya, etika, san’at, siyosat, mantik, ijtimoiy xayot masalalariga doir fikrlarni bayon etgan edi.Demokritning merosida insonni har tomonlama kamol toptirish, unda insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish, odob-axloq, e’tiqod, vijdon va boshqa olijanob insoniy fazilatlarni shakllantirishga oid qimmatbaxo fikrlar mavjuddir.Levkin (500-440) Demokrit bilan birgalikda atomistik pe’ berdi.
Demokritning atomistik falsafasi keyinchalik Epikur (341-270) tomonidan rivojlantirildi. Demokrit atomlarining asosan shakl va miqdor jixatdan farkini ta’kidlagan bo’lsa, Epikur esa ularning xajmi, og’irligi jixatdan farkini ta’kidlaydi.
Qadimgi Yunon madaniyatida sofistlar falsafasi katta o’rin tutadi. Sofistlar antropologiya (inson xakidagi fan) va gnoseologiya (bilish tugrisidagi Fan) muammolari bilan shug’ullangan. Sofistlar usha davrdagi yangi kasblarning moxir ustalari, yahni uqituvchilar, diplomatlar, notiklar, sud maxkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat bo’lib, xaqiqat osoyishtalik, adolat o’rnatishga xizmat qilgan. Ularning ta’limoti Suqrot falsafasiga xam ma’lum darajada tahsir ko’rsatgan. Sukrot (asli Sokrat) (er.avv. 469-399 yillar) qadimgi Yunon faylasufi Afinaning ijtimoiy xayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shugullangan, xurfikrli inson. Sukrot fikricha, falsafaning markazida axlok masalalari turmogi lozim. Jamiyatning ravnaki, tinchlik va osoyishtaligi, farovon xayoti axloq-odobning axvoliga bog’lik. Bu masalalar Shark falsafasida xam katta o’rin tutganligi bois xalkimiz, buyuk allomalarimiz Sukrot rolini benixoya xurmat bilan tilga olgan, uning axlok-odob xakidagi pnd-nasixatlariga amal kilgan.
Sukrotning shogirdi Aflotun (asli Platon) (mil.avv.427-347) jaxon falsafasi tarixida uchmas iz koldirgan. U nafakat faylasuf olim, balki sanhatkor, shoir va dramaturg bulgan, uz goyalarini dialoglar tarzida namoyon kilgan.
Platon Demokrit fikrlarini kattik tankid kiladi. Aflotunning falsafiy karashlari, asosan uning «Bazm», «Teetet», «Fedon» nomli dialoglarida, siyosiy karashlar esa «Davlat», «Siyosat» va «Konunlar» nomli asarlarida ifoda etilgan.
Aflotun tahlimoticha olamda «goyalar dunyosi» birlamchi bulib, moddiy dunyo esa ikkilamchi goya dunyosining maxsuli, soyasidir, deb xisoblaydi. Uningcha, «goyalar dunyosi» fazo va vaktga boglik bulmay, abadiy xarakatsiz va uzgarmasdir: u «xakikiy dunedir».
Aflotunning bilish nazariyasiga kura, bilish obhekti «goyalar dunyosi», moddiy Dune va undagi narsa va xodisalar xissiy bilishning manbaidir. Xissiy bilish xakikat emas, chunki u orkali kishilar goyani emas, balki moddiy predmetlarni sezadilar, ular tugrisida tasavvurga ega buladilar. Moddiy buyumlarning asosi va moxiyati bulgan «goyalar dunyosi» ni fakat sof tafakkur yordamida bilish mumkin.
Platon Yunonistondagi kuldorlar aristokratiyasi davlatini eng adolatli va ideal davlat deb xisobladi. U jamiyatni 3 tabakaga buladi. 1. Davlat arboblari – faylasuflar. 2. Xarbiylar (sokchilar). 3. Dexkon va xunarmandlar. Bunda davlat faylasuf – aristokratlar kulida bulishi lozim, xarbiylar esa davlatning zurlik va zulm apparatidan iborat bulib, kuldor uchun zarur bulgan sharoitni yaratishdan iborat.
Aflotunning goyalar xakidagi tahlimoti kadimgi dunyoning eng buyuk mutaffakiri, kuldorlarning urta tabaka vakili Aristotelg’ – Arastu (er.avv. 584-322) tomonidan kathiy tankid kilingan. U yirik asarlari «Metafizika» yoki «birinchi falsafa», «fizika», «jon tugrisida», «Analitika», «Kategoriyalar», «Etika», «Siyosat» va boshkalar.
Arastu Aflotunning «goyalar» nazariyasini asossiz, deb xisoblaydi. Arastu goyalar bilan predmetlar urtasida ayirma yuk deb ta’kidlaydi. Uningcha moddiy olam abadiy va obyektiv xarakterga ega bulib, u xech kanday Platon «goyalari» ga muxtoj emas. Tabiat moddiy asosga ega bulgan narsa va xodisalar yigindisidan iborat, u xar doim xarakat va uzgarishdadir.
Arastu uz asarlarida xamma narsaning asosida materiya yotadi, deb moddiy dunyoning obhektiv mavjudligini ehtirof etadi. Narsalar materiya va shakldan paydo buladi. Xar bir narsa shakllangan materiyadir va shakl borlikning moxiyatidir. Materiyaning uzida rivojlanishning fakat imkoniyati bor xolos, u shakllantirishga muxtojdir. SHakl tufayligina materiya imkoniyatdan vokelikka aylanadi. Xakikiy borlik uning fikricha, materiya va shakllanish birligidir. Bular bir-biriga utib turadi. SHaklsiz materiya yuk. Arastu materiya passiv shaklsiz narsa. SHakl esa aktiv bulib, narsani narsa kiluvchidir. Arastu shaklning aktivligi xakidagi karashni davom ettirib xamma shakllarning shakli – xudoning, dunyoviy ruxning «dastlabki turtkini» ijodiy rolini tahkidlaydi. Bu masalada u Platonga yakin edi.
Bilishning nazariyasida Arastu Demokritning tarafdori edi. Uningcha moddiy dunyo bilishning, sezgilarning, tajribaning asosidir. Sezgilar bizga ayrim anik narsalar xakida mahlumot bersa, aklimiz esa umumlashtirilgan mahlumotlar berishga kodir degan edi.
Arastu mantik fanining barcha muxim masalalarini ishlab chikdi, u mantik bilish uchun zarur bulgan tafakkur shakllari va isbotlash tugrisidagi fandir, deb yozadi. Fikrlar borlikligi Arastuning nuktai-nazaricha, mavjud obhektiv olam xodisalari boglanishlarning inhikosidir.
Arastu kategoriyalar, tushunchalar, muloxazalar va xulosalar tugrisidagi tahlimotlarni kashf etdi. Falsafa tarixida 1-bulib kategoriyalar tizimini ishlab berdi. SHuning bilan birga u kategoriyalarning bir-biri bilan alokadorligini, bir-biriga utishini isbotlab berdi.
Markaziy Osiyo jaxonning ilm fan, falsafa, din, adabiyot va sanhat kadimdan rivojlangan, tarixi nixoyatda boy mintakalardan iborat.
Miloddan ilgari 10-8 asrlarda Urta Osiyoda kuldorlik munosabatlari ravnak topdi. SHu davrda Urta Osiyoda yashagan xalklar Yunon tarixchilari tomonidan skiflar deb atalsa Eron manbalarida saklar deb nomlaganlar.
Kadimgi Urta Osiyo xalklari xayotida dexkonchilik va chorvachilik muxim axamiyat kasb etgan. Bu xududda dexkonchilik sunhiy sugorishga asoslangan bulib, u sugorish inshoatlarining rivojlanishiga olib kelgan. SHunday kilib dastlabki madaniy markazlar vujudga kela boshlaydi. Mana shu davrda Urta Osiyoda oramiylar alifbosi keng tarkalgan. Uning asosida esa Xorazmliklar, Sugdiyonaliklar alifbosi vujudga keladi. SHu bilan birga Urta Osiyo xalklarining boy abadiy merosi paydo bulla boshlaydi. Saklar ogzaki ijodining eng dastlabki yodgorliklari kelib chikadi. Masalan, Tumaris, Spitamen va Zarin, CHupon, SHirok xakidagi afsonalar shular jumlasidandir. Ularda Urta Osiyo xalklarining vatanparvarlik xislatlari madx etiladi.
Miloddan avv. 6-asrdan to milodning 3-asrigacha Urta Osiyoda Zardushtiylik va u bilan boglik dunyokarash xukmronlik kilgan.
Zardushtiylik fakat din bulib kolmay, balki usha davrning xukmron mafkurasi xam edi.
Zardushtiylikni mukaddas kitobi Avesto materiali (12000 shlangan kora mol terisiga yozilgan) miloddan ilgari bir kancha asrlar davomida tuplangan. Iskandar Zulkaynarning boskinchilik davrida uning kup kismi yukolgan. Arshakidlar davrida uning kolgan kismi Avesto sifatida tartibga solingan.
Unda Urta Osiyo xalklarining ijtimoiy-iktisodiy, xukukiy, axlokiy karashlari vaumuman dunyokarashi uz ifodasini topgan.
«Avesto» da utmish ajdodlarimizning diniy tasavvurlari, koinot va yerdagi dunyoning yaratilishi bilan boglik afsona va rivoyatlar, ijtimoiy-miyosiy, iktisodiy xayoti geografiyasi, tabiati, inobototi, ilm-fani uz aksini topgan. Unda kadimgi Turon ulkasining iklimi, suvi, xayvonot dunyosi, yer tuzilishi, saxrolari, toglari xakida kimmatli mahlumotlar berilgan.
Garazguylik, xasad, manmanlik, fitna fasad «Avesto» da kattik koralansa, vahdaga vafo kilish, axdga sadokat, samimiyat, xolislik, uzaro izzat – ikrom kabi odamlar urtasida ustuvor buladigan axlokiy koidalar uluglanadi. «Avesto» dunyoni inson uchun sinov maydoni deb tushuntiradi.
«Avesto» da odamlarni iymonli bulishga, doimo pok-toza yurishga, tanani ozoda tutishga, xar kanday yomon niyat va suzlardan yuz ugirishga dahvat etadigan axlokiy koidalar diniy ugitlar, falsafiy goyalar nixoyatda kup.
«Avesto» da kayd etilgan eng muxim falsafiy fikrlardan biri – insonlarni mexnat kilishga, uz kullari bilan moddiy boyliklar yaratib tuk farovon xayot kechirishga dahvat etilganligidadir.
Zardushtiylik dini va uning «Avesto» kitobida dunyoning moddiy asosi deb xisoblagan yer, tuprok, xavo mukaddaslashtiriladi. Yer va xavo shunday ehzozlanganki, xavoni bulgash ifloslashtirish, xayvonlar uligi u yokda tursin, odamlar jasadini xam yerga kumish, suvga okizish, olovda yokish gunoxi azim bulgan. Marxumlar yerni, suvni, xavoni zaxarlab kuymasliklari uchun ularning jasadlarini maxsus sopol idishlarda kumish rasm bulgan.
Shunday kilib, «Avesto» dunyoda eng kadimgi din bulgan Zardushtiylikning mukaddas kitobi bulishi bilan birga, ajdodlarimizning uzok utmish tarixi va tafakkur tarakkiyotining komusiy yigindisi, tili, yozuvi, madaniyati, falsafasi adabiy-badiiy manbai xamdir.
Shakllangan va rivoj topgan kadimgi shark jamiyati asoslari milodning 2-3 – asrlariga kelib asta-sekin yemirila boshlaydi. Uning zaminida feodal munosabatlar rivoj topadi. Bu jarayonning murakkab va ziddiyatli kechishi usha davrdagi falsafiy karashlarda xam aks etadi. Shuning okibatida zardushtiylikdan yangi okim-moniychilik kelib chikadi. Bu tahlimotning asoschisi Moniy degan kishi bulib, uning tahlimoticha, olamda nur dunyosini – yaxshiik va zulmat dunyosi – yovuzlik mavjud. Ular urtasida abadiy kurash boradi. Lekin pirovard natijada yaxshilik tantana kilishi, inson uz xulki va butun xayoti bilan yoruglikning zulmat bilan kurashiga yordam berishi va yaxshilikning tantanasi uchun xizmat kilishi kerak. Moniy tahlimoti kuldorlik davlatiga, shuningdek, xukmron dinga karshi karatilganligi uchun uning tarafdorlari kattik kuvginga duchor buldilar.
5-6 – asrga kelib Urta Osiyo va Eronda kuchayib borayotgan zulmga karshi Mazdak boshchiligida xalk kuzgoloni kutarildi. Mazdak tahlimoti dexkonlar, ularning xukuklarini ximoya etib, tenglik, adolat urnatishga xizmat kildi.
Tarixdan mahlumki 5-6 – asrlarda shimolda Turk xokonligi vujudga kelib, u Erondagi Sosoniylar bilan uzok kurash olib bordi va Urta Osiyo xalklarini uziga karatdi.
Bu yerda kadimgi turk tili tarkala boshladi. 8-asrda Urta Osiyoni arablar zabt etib, bu yerga islom dinini yoydilar. Maxalliy xalk ommasi arab boskinchilariga karshi uzok vakt davomida kurash olib bordi.
9-10 – asrlarda Urta Osiyoda arab bosqinchilarining xukmronligi tugatilib xozirgi O’zbekiston xududida birlashgan Samoniylar davlati vujudga keldi.Islom dini xukmron bulib kolaverdi.
8-asrda Islomda turli mazxablar paydo bulla boshlaydi. Mutakallimlar va muhtaziylar sufizm shular jumlasidandir.
Bu davrda karama-karshi mazxablar bilan kurash extiyoji xamda muhtadil islomning asoslarini ximoya kilish zaruriyati tufayli iloxiyot, kalom paydo buldi. Kalom tarafdorlari mutakallimlar deyiladi. Kalomning asoschisi al-Ashhoriy (874-941 y va Mansur Muxammad ibn Maxmud al-Matrudiydir.
Mutakallimlar Kurhon oyatlarini erkin taxlil etishga mutlako karshi bulsalar, mutazaliylar u akidalardagi mazmunni akl yordamida mantik kuchi bilan anglash tarafdori edilar. Mutazaliylarning fikricha peshonaga yozilgan takdir borligiga ishonch Olloxning obruysiga putur yetkazadi, chunki yomon xatti-xarakatlar xam uning irodasi maxsuli bulib koldi.
(«Muhtazila» - ajralib chikkan degan mahnoni bildiradi). Ummaviylar davridayok paydo bulgan va abbosiylar davrida keng tarkalgan. Mutazalizm Xamoka Mahmun (813-830) davrida kullab-kuvvatlanib, ularning goyalarini uz davlatining mafkurasi asosiga kuydi. Birok Xalifa Mutavakkil (847-861) davrida uning davomchilari «bidhatchi» lar va «kofirlar» deb ehlon kilindi.
Muhtazalizm kupgina tadkikotlarda Islom mazxablaridan biri sifatida talkin etiladi. Muhtazaliylar arab xalifaligida sof falsafiy fikrlashning tashabbuskorlari bulib tanildilar. Ularning xizmatlaridan biri shundan iboratki, muhtazaliylar xissiy tajriba va anhanaviy bilim bilan bir katorda bilimning uchinchi mezoni – akliy bilishni ilgari surdilar. Mutazaliylar falsafiy masalalarni urganishga katta ehtibor berdilar. Shu sababdan akliy bilishni asosiy metod sifatida ilgari surdilar.
Mutaziliylik goyalari Markaziy Osiyoda keng yoyilib, ilm-fan falsafiy fikr markazlari vujudga keldi.
Mutaziliylar tahsirida islomda vujudi mumkin va vujudi vojib (vaxdat-ul mevjud va vaxdat-ul vuglud) diniy-falsafiy okimlari shakllandi. Vujudi mumkin (yoki vujudiyuk-pantium) okimi vakillari – Al-Kindi, Ibn Rushd, Farobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom va boshkalar mavjudotni ikkiga vujudi mumkin va vujudi vojibga bulganlar. Vujudi mumkin sabab va okibat alokalariga ega bulib, uning mavjudligi boshka narsadan emas, balki uz moxiyatidan kelib chikadi. Shu nazariy koidadan kelib chikib, Farobiy butun mavjudotni 6 darajaga buldi. Shulardan birinchisi vujudi vojib – Allox, kolgan beshtasi akl, glon, shakl, materiya, osmon – vujudi mumkin. Bu darajalar bir-biri bilan sabab-okibat shaklida boglangan bulib, birinchi sabab uz sababiga ega emas. Ibn Sinoning «Risola fi-taksim al mavjudot» asarida voxdat-ul mavjud va vaxdot-ul vujudni shu tarzda tahriflaydi. Vaxdot-ul vojib Alloxni bildiradi. Lekin u Qur’ondagidek xamma narsaning ijodkori emas, balki sabab yahni umumiy mavjudotning birinchi sababi va uning bir qismi sifatida talqin etiladi. Bunday qarash esa tabiat xodisalarini (inson tabiatini ham) mustaqil ichki sabablari asosida tushuntirishga imkon berib, ilm-fan ravnaqiga keng yo’l ochadi.
Mutazaliylarning diniy-falsafiy g’oyalari qushxaqiqat tug’risidagi katta nazariy qoida shakllanishiga sabab buldi. Bunga ko’ra ilo dunyoviy (ilmiy) xakikatlar bor bo’lib, iloxiy xaqiqatga faqat aloxida odamlar-payg’ambarlar aziz avliyolar yetishishi mumkin. Dunyoviy xaqiqat esa aql yordamida, ilm-fan yo’li bilan anglab olinadi.
Mutazaliylar bilan Mutakallimlar o’rtasidagi g’oyaviy kurashlarda Abu Xamid Al-Gazzoliy kalomi shakllanib islom falsafasi yuzaga keldi. Bagri arab tadkikotchilari uni tabiat falsafasi (naturfilosofiya) ham deb atashadi. Al-Gazzoliy avval sufiylik karashlariga moyil bulsada, keyinroq ular tahlimotini tanqid kilish asosida o’z kalomini yaratadi. Birok u o’zi istamagan xolda tasavvufni nazariy jihatdan asoslab qo’yadi. Gazzoliy tahlimoticha, inson Allox kalomi – Qur’on oyatlarini o’zlashtirgunga qadar iroda erkiga ega, uni uzlashtirib olgach, butun irodasi Allox irodasi bilan uyg’unlashib ketadi. Binobarin, uning xatti-xarakatlari, butun faoliyati Allox irodasining ifodasi bo’lib qoladi.
Mahlumki, Shark falsafasining yetakchi yo’nalishini inson qalbini, ruxini poklashga, unda komil insonlik sifatlarini vujudga keltirishga, shu negizda ijtimoiy munosabatlarni insoniylashtirishga karatilgan. Mol-dunyo, mansab-martabalar emas, balki mahnaviy boylik, axloqiy poklik, xalollik, insof diyonatlilik odamni insonga aylanishining muxim sharti, degan fikrlar Sharkda tasavvuf (Sufiylik) ning shakllanishiga, keng yoyilishiga sabab buldi.
Tasavvuf murakkab diniy – falsafiy oqim bo’lib xilma-xil yunalishga ega.
Unda 2 ta asosiy g’oyaviy yunalish ko’zga yaqqol tashlanadi: bu o’tkinchi dunyo, mol-mulk, mansabga ixlos qo’yish Alloxni unitishga, imonsizlikka olib keladi, degan goyaga tayanganlar, tarkidunyochilik targ’ib etganlar, azruzi azaldan peshonaga yozilgan taqdir borligiga, ishontirishga intilganlar.
Ikkinchi yunalish bu dunyo Allox-taolo tomonidan odamlar, ularning insonlardek yashashi uchun yaratilgani , odam shu dunyodagi ezgu ishlari bilan u dunyoda xudo visoliga yetish uchun og’ir, mashaqqatli poklanish yo’lida borishni tashviq etganlar.
Tasavvufda Ollox raxmatiga yetishning, inson ma’naviy kamolot yo’lining 4 bosqichi mavjudligi tasdik etiladi. Bular shariat, tarikat, shuningdek mahrifat va xaqiqatdan iborat .
Shariat – diniy qonun-qoidalar va marosimlarni, Qur’oni karim va Hadisi sharifdagi axlokiy, iloxiy kursatmalarni puxta o’zlashtirish, aynan, izchil suratda bajarish, Xudoga ibodat kilishdir. Shariat xudoni idrok bilan tanishni ko’zda tutadi. Shariat talablari, qoidalarini bajarmasdan tariqatga o’tish mumkin emas.
Tariqat – yer yuzidagi lazzatlardan voz kechib, nafsni tiyib, xilvatda yashab, faqat xudo xaqida o’ylash, xayol surish, eslash, uni kalbdan sevishdir.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling