1-Mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi ro’li
Download 0.61 Mb.
|
Маъруза матни
Birinchisi – hamma oyatlar ham tinglovchining holatiga doimo to’g’ri kelavermaydi. Chunonchi, g’am-anduhga botgan yoki pushaymonlik olovida qovrilayotgan kishiga meros, bolalarning ulushlari, mahr, taloq haqidagi qoidalar ta’sir qilmaydi. Zero, yurakni unga mos narsagina harakatga keltiradi, shoirlar esa baytlarini o’z qalblarining holatidan kelib chiqib yaratadilar. Demak, har bir she’r muayyan ruhiy holatning intihosi sifatida o’shanday ruhiy holatni dildan kechirayotgan kishi uchun ta’sirchanroqdir.
Ikkinchisi – agar she’riy bayt boshqa bayt bilan almashtirilsa, hatto mazmun bir xilligiga qaramay, u tinglovchi yuragiga yangi iz solmay qo’ymaydi. Chunki, mazmun bir xil bo’lsa ham,keyingi bayt avvalgisidan qofiya va vazni bilan farqlanadi, tinglovchining qalbini harakatga keltiradi. Lekin Qur’onni qori har gal har xil qilib o’qiy olmaydi. Qur’onga qo’shimchalar kiritish mumkin emas. Demak, har bir yetuk she’r original badiiy asar sifatida ma’lum holatlarda ko’proq ta’sirchanlikka ega. Uchinchisi – oddiy nutq bilan she’rning qalbga ta’siri solishtirilsa, xijolari tartibga solingan she’riy nutqning kuchli ekanini sezish mumkin. She’rning rang - barang ohangi qalbni junbushga keltiradi. Demak, har bir she’r o’ziga xos dolzarb ohangi bilan ta’sirchanroqdir. To’rtinchisi – she’riy nutqning qalbga ta’siri qisqa bo’g’inlarni (yopiq xijolarni) cho’zib, uzun bo’g’inlarni (ochiq xijolarni) kesib talaffuz etish bilan bog’liq. So’zlar ruknlarga bo’ysundirilib talaffuz etiladi. Tilovat o’qilganda esa bunday qilish mumkin emas. Demak, she’rning vaznga ega bo’lishi unga kengroq imkoniyat beradi. Beshinchisi – vaznga tushirilgan she’riy nutqqa bir me’yordagi zarbli tovushlar, chunonchi, doira singari musiqa asboblari jo’r bo’lishi mumkin. Unday holda she’rning ta’sir kuchi oshadi. Oyatlarni esa bunaqangi jo’rlikdan asramoq lozim, zero, u o’ta jiddiy Haqiqatdir. Uni ko’chalarda, bazmlarda, to’yxonalarda o’qish mumkin emas. Demak, she’riy nutq musiqiy asboblar jo’rligiga yo’l berishi, joy tanlamasligi bilan ham muayyan imtiyozga ega. Oltinchisi – badihago’y (maddoh) tinglovchining holatiga mos kelmaydigan baytni o’qishi, u bayt tinglovchiga yoqmasligi mumkin. U holda tinglovchi boshqa baytni talab qiladi. Chunki har qanday nutq ham kayfiyatga mos kelavermaydi. Bunday paytda tilovat tinglash majburiyati va bu majburiyatdan o’sha onda qutula olmaslik hissi tinglovchida oyatlarni yoqtirmay qolishdek gunohli holatni keltirib chiqarishi mumkin. Demak, she’r vaqt, holat va kayfiyatni hisobga olishi tufayli, ya’ni dunyoviy qamrovining kengligi bilan ham kuchliroq ta’sirga ega. Yettinchisi – musiqiy tovushlar insonning tabiatiga mos keladi. Ularga Haqiqat emas, lazzat manbai sifatida qaralishi lozim. Xuddi shuningdek, she’r ham inson tabiatiga mos keladi, inson undan lazzatlanadi; ham o’zi she’r yarata oladi, zero, yaratilgan narsa (ya’ni she’r) yaratilganga (ya’ni insonga) o’xshash bo’ladi. Qur’on esa – Allohning so’zi, Uning sifatlaridan biri. Qur’on insoniyat yaratishga qodir bo’lmagan haqiqatdirki, Allohning sifati tarzida u yaratilish jarayonini boshdan kechirmagan. Demak, insonga yaqinroq ekani, hissiyot bayoni bo’lgani uchun ham odamlar she’rga ko’proq mayl bildiradilar10. Buyuk mutasavvif - faylasuf yuqoridagi yetti bandli chog’ishtirma orqali, birinchidan, Qur’on oyatlariga she’rga bo’lganidek erkin murojaat qilish mumkin emasligini, ikkinchidan, Muqaddas kitobni to’g’ri kelgan joyda, to’g’ri kelgan holatda o’qimaslikni, uni jo’nlashtirmaslikni, ya’ni ilohiy munosabat bilan insoniy munosabatni qorishtirib yubormaslik lozimligini uqtiradi. Shu o’rinda u quyidagi voqeani keltiradi: payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom ar - Robiya ummi Ma’uz xonadonlariga kirganlarida, kanizaklar qo’shiq kuylayotgan edi; shunda ulardan biri darhol qo’shiqni to’xtatadi va u kishiga madhiya ayta boshlaydi. Payg’ambarimiz esa: «Buni qo’y, avval nimani aytayotgan bo’lsang, o’shani ayta ber», – deydilar. G’azzoliy mazkur ta’qiq Qur’on oyatlarini to’y - tomoshalarda o’qitishga ham taalluqli ekanini ta’kidlab, mutlaqo jiddiy narsani o’yin - kulgi shakliga solish, «she’r bilan aytishga ruhsat berilgan narsani Qur’on vositasida aytish mumkin emas», deydi11. Shunday qilib, Imom G’azzoliy qanchalik Qur’onni yuksakka ko’tarmasin, ulug’ligini qanchalik ta’rif qilmasin, uni she’riyat bilan solishtirar ekan, masalaga bag’oyat rasional tarzda yondashadi: ibodatga nisbatan san’atning, qiroatga nisbatan she’riyatning oddiy insonga yaqinligini inkor etmaydi, balki tasdiqlaydi. Bu o’rinda, diqqat qilinsa, muridlarning jazavaga tushishi hamda xayolan Ollohga yetishgan holatlari bilan tomoshabin yoki tinglovchining san’at asaridan junbushiga kelishi va so’ng qalbida ro’y beradigan forig’lanish (katarsis) holatlari orasida ham o’xshashlik, ham katta farq borligini anglab olish qiyin emas. G’azzoliy zohiriy va botiniy go’zallik xususida fikr yuritar ekan, tug’ma estetik tuyg’uning mavjudligi haqidagi g’oyani go’daklar va hayvonlarning ham estetik tuyg’uga egaligi bilan isbotlashga intiladi. Go’zallikni idrok etish tuyg’usining tug’maligi, tabiiyligi va uni estetik tarbiya vositasida anglab yetish orqali his qilish borasida hozir ham bahsli qarashlarning mavjudligi G’azzoliy o’rtaga tashlagan estetika muammolari hanuz dolzarb ekanini tasdiqlaydi. G’azzoliyning go’zallik to’g’risidagi, xususan, go’zallikka nisbatan beg’araz munosabat haqidagi nazariy fikrlaridan buyuk olmon faylasufi Immanuil Kant ijodiy foydalanadi. Chunonchi, Kant nafosat tuyg’usini manfaatsiz, beg’araz, faqat predmetga sof muhabbat bilan munosabatda bo’lish tufayli yuzaga kelgan tuyg’u, deb ataydi. Go’zallikning nisbiyligi borasida ham Kant G’azzoliy tutgan yo’ldan boradi. Hatto ba’zida misollar bir xilligiga yo’l qo’yadi: ikkala faylasuf ham odam va otni misol tariqasida keltiradi. G’azzoliy fikrlarining rivojlangan shakllarini Byork, Shefstberi, Xatcheson singari faylasuflarda ham uchratamiz. Umuman olganda, Islom dinining san’at bilan hamkorligi masalalari allomalarning badiiy adabiyot, musiqa va boshqa san’at turlariga doir risolalarida hamda tazkiralarida o’rtaga tashladi. Shunday qilib, Sharqning daho mutafakkirlari – Abu Nasr al-Forobiy, Ibn Sino, Umar Xayyom va Imom G’azzoliy bir tomondan, tasavvufni mohiyatan islomning axloq va nafosat falsafasi sifatida talqin qilsa, ikkinchi tomondan, ularning estetik g’oyalari hamda nazariyalari bilan jahon nafosat falsafasining yangi pog’onaga ko’tarilishini boshlab berdi. Yevropa Uyg’onish davrida estetik tafakkur kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining bevosita ta’siri ostida rivojlana boshladi. Tarixiy taraqqiy ahamiyat kasb etgan burjua insonparvarlik g’oyalari keng tarqalib borgani sari, tabiiy va aniq fanlar, adabiyot va san’at buyuk muvaffaqiyatlarga erishib borgani sari estetik qarashlar va g’oyalar ham shu qadar tez sur’atlar bilan rivojlanib bordi. Yevropa Uyg’onish davri estetikasining muhim xususiyati shuki, uning mohiyati va mazmuni yuksak insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan va u badiiy amaliyot bilan chambarchas bog’lanib ketgan edi. Yevropa Uyg’onish davrining buyuk ijodkorlari Leonar - do da-Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, Servantes, Shekspir va boshqalar estetik tafakkur rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shdilar. Ayniqsa, buyuk musavvir, iste’dodli muhandis, atoqli tabiatshunos olim Leonardo da Vinchi estetik qarashlarida voqeiy dunyoni bilishda san’atning ahamiyatiga, uning o’ziga xos xususiyatlarini e’tibordan qochirmaslikka da’vat etdi. . Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling