1-mavzu: falsafa fanining predmeti, vazifalari, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi o`rni. Reja


O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonunining qabul qilinishi va uning ahamiyati


Download 307.42 Kb.
bet37/46
Sana23.03.2023
Hajmi307.42 Kb.
#1289216
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
Bog'liq
Merged document

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonunining qabul qilinishi va uning ahamiyati.

2017-yil 4-yanvardan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi. Har bir qonun yaxshilikni ko‘zlab, ezgu maqsadda qabul qilinadi. Ayrim qonunlar o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra davlat va jamiyat taqdiri, xalq kelajagi, har birimizga daxldor bo‘ladi. Milliy parlamentimiz tomonidan qabul qilinib, 3 yanvar kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun ana shunday tarixiy ahamiyatga ega hujjatlardan biridir. 6 bob va 34 moddadan iborat ushbu qonunda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar va me’yorlar belgilangan.
Qonunda korrupsiya unga shunday ta’rif berilgan: «Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish».
Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, Korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligi kabi masalalar aniq belgilab qo‘yilgan.
4-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • qonuniylik;

  • fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

  • ochiqlik va shaffoflik;

  • tizimlilik;

  • davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;

  • korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;

  • javobgarlikning muqarrarligi.


Download 307.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling