1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja
Alohidalik, xususiylik, umumiylik
Download 145.15 Kb.
|
Лекция текст узб СБ ушын
Alohidalik, xususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik – olamdagi alohida, individual tarzda namoyon bo`layotgan narsa – hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon bo`lishidir. Alohidalik va umumiylik o`rtasidagi bog`lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi konkretlik bo`lib hisoblanadi. Ikkinchidan, «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bo`lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon bo`lish shaklidir.
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendentsiyasini alohidalikdan xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka o`tish tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday alohidalikning individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan iboratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tish jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati bo`lsa ham, bu jarayon turli ijtimoiy-tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun o`ziga xos bo`lgan modelni taqozo qiladi. Alohidalikning umumiylikdan farqini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini qo`llash bozor strategiyasi va taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga yordam beradi. Alohidalik yoki, ba`zi falsafiy adabiyotlarda ko`rsatilganidek, yakkalikni muayyan xossa hamda xususiyatga ega bo`lgan narsa va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan konkret holati, boshqacha kilib aytganda, har qanday hodisa va narsaning ichki sifat muayyanligi, individualligi deyish mumkin. Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muayyan turg`unlikka ega bo`lgan birlik sifatida qaralgan (Aflotun, Arastu). Hegel, alohidalikni voqealarning zaruriy shakli, makon va zamondagi tafovutlarning namoyon bo`lish momenti sifatida qaraydi. Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida alohidalikning umumiylikdan farqini mutlaqlashtirish natijasida muayyan qarashlar vujudga kelishi mumkin (Bu haqda «Osiyotsentrizm» va «evropatsentrizm» to`g`risida eslash kifoya).
Alohidalikni, umumiy qonuniyatlar tarkibidagi, elementlarning individual rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kerak. Chunki har qanday umumiylik, dastlab voqelikning alohidaligi tarzida vujudga keladi. Shunga ko`ra, har qanday sistema o`z tarkibidagi nisbatan yangi, alohida hodisalarning individual rivojlanishisiz sodir bo`la olmaydi. Shunday qilib, alohidalik voqelik rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi. Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari o`rtasidagi bog`lanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi alohidaliklar sistemasi tarzida namoyon bo`ladi. Bu sistemaga strukturali yondashish bilishning nisbatan to`laqonli bo`lishini ta`minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari o`ziga xos bo`lgan yo`nalishlarini vujudga keltirgan. Ya`ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy ekologik va boshqa shu kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat tarkibida «iqtisodiy madaniyat», «huquqiy madaniyat», «siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mustaqil yo`nalishlarga asos bo`lgan. Bu madaniyat yo`nalishlari nisbatan mustaqil bo`lsa ham, bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish tendentsiyasi umuminsoniyat tsivilizatsiyasi manfaatlaridan kelib chiqqan bo`lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi. Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari o`rtasida uzviy bog`liqlik va muayyan farqlar mavjud. Ya`ni «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog`lanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo`lsa, «butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog`lanish munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni – umumiylik, qismni yoki elementni – alohidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan o`xshashlik bo`lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo`lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni tarkibiy jihatdan «butun», «qism», element»larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo`lib, uning samaradorligini ta`minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko`ra, yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib qaralishi kerak. Download 145.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling