1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja
Download 145.15 Kb.
|
Лекция текст узб СБ ушын
Sakrash nima? Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bo`ladigan sifat o`zgarishlarini anglatadigan falsafiy tushuncha bo`lib, taraqqiyotning uzluksiz ko`rinishiga qaraganda ancha tez o`tadigan jarayondir.
Sakrash miqdor o`zgarishlaridan sifat o`zgarishlariga o`tishda uzluksizlikning uzilishini bildiradi. Sakrash narsa va hodisalarning uzluksiz rivojlanish davomida tayyorlanib, shu uzluksiz rivojlanish momenti tugab, uzilish sodir bo`lishi bilan zaruriy ravishda yuz beradi. Sakrash birdaniga, to`satdan bo`ladigan holatgina emas, balki yangi sifat elementlari ko`payishi orqali yuz beradigan tadrijiy jarayon hamdir. Sakrashning turlari o`z harakteriga ko`ra tabiat va jamiyatda xilma-xil bo`lib, ular bir-birlaridan farq qiladilar. Jamiyat taraqqiyotidagi sakrashlarning o`ziga xos tomoni shuki, bu sakrashlar eski ijtimoiy tuzumni yo`q qilish va yangi ijtimoiy tuzumni o`rnatadigan ijtimoiy jarayonlar, tadrijiy rivojlanish orqali amalga oshadi. Bunday sakrashlarni ikki turga bo`lish mumkin: birinchisi — portlash yo`li bilan bo`ladigan sakrashlar, ikkinchisi sekin-asta, tadrijiy yo`l bilan bo`ladigan sakrashlar. Birinchi tur sakrashlarning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda narsa va hodisalarning yangi sifatga o`tishi nihoyatda tezlik bilan yuz beradi va kutilmagan natijalarni, tasodifiy jarayonlarni boshlab yuborishi, hatto salbiy holatlarni keltirib chiqarishi ham mumkin.
Shunday qilib sakrash quyidagi jihatlarga ega: - birinchidan, sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan ob`ektiv va qonuniy jarayondir; - ikkinchidan, sakrash tadrijiylikning uzilib, miqdor o`zgarishlaridan tub sifat o`zgarishlariga o`tishidir; - uchinchidan, sakrash eskini tugatish va yangi sifatga mos keladigan holatlarning vujudga kelishi tufayli paydo bo`ladigan ziddiyatlarni hal qilishdir;
Hodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning rivojlanish sharoitiga bog`liq ravishda eski sifatdan yangi sifatga o`tish turli shakllarda sodir bo`ladi. Har bir narsa, hodisa o`zining aniq inkor qilish usuliga, o`z navbatida aniq sakrash shakliga egadir. Demak, har qanday o`zgarish, har qanday rivojlanish miqdor va sifat o`zgarishlarining o`zaro bir-biriga o`tishi orqali sodir bo`ladigan jarayonlardan iborat. Borliqning hamma sohasida doimo eski, umri tugayotgan narsa va hodisalarning barham topishi, yangi narsa va hodisalarning vujudga kelish jarayoni sodir bo`lib turadi. Bundagi eskining yangi bilan almashinishi inkor deb ataladi. O`zgarish va rivojlanish jarayonida o`z-o`zini inkor etish tamoyili nihoyatda muhim. Bunda vorislik – eskining inkori va yangilikning shakllanishi sifatida namoyon bo`ladi. Ana shu jarayonlarning doimiy takrorlanishi inkorni inkor qonunining mohiyatini bildiradi. Mazkur qonunga muvofiq ob`ektiv voqelikdagi narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilinishi ro`y beradi. Biroq, aksariyat hollarda, eskilik butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi.
Download 145.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling