Xilola boboxonovaning


Download 1.6 Mb.
bet1/2
Sana21.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1218635
  1   2
Bog'liq
INFORMATIKA FANIDAN YILLIK HISOBOT




O`ZBEKISTОN RESPUBLIKАSI XАLQ TА’LIMI VАZIRLIGI



QO’SHTEPA TUMAN XАLQ TА’LIMI
BO`LIMIGA QARASHLI
45-UMUMIY O`RTА TА’LIM MАKTАBINING
INFORMATIKA FANI O’QITUVCHISI
XILOLA BOBOXONOVANING


2020-2021 O’QUV YILIDA OLIB BORGAN ISHLAR

HISOBOTI




2020-2021 o’quv yilning ikkinchi yarmidan maktabida o’z faoliyatimni boshladim. Belgilangan o’quv-taqvim rejasi asosida darslarni innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda yuqori sinflarga o’ta boshladim. Sinflar kesimida ko’rgazmali qurol va tarqatma materiallar tayyorlanib, darslar davomida foydalanib borildi.
Dars jarayonlarida o’quvchilarni fanga bo’lgan qiqziqishlarini oshirish maqsadida interfaol usul va texnologiyalardan foydalanishga. “Juft-juft muloqot”,Hа-yo’q mashqi”, “Uchta to’g’ri va bitta noto’g’ri”, “So’zli tasavvurlar”, “Informatik bozor”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Bo’laklardan butunni tuz”, “Aqliy hujum” , “Zakovat”, “Baqs-munozara va musobaqa” kabi interfaol mashqlar o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Maktabda Informatika fanidan “Yosh daasturchi” nomli to’garak tashkil etildi. To’garak ish rejasi va mashg’ulot ishlanmalari tashkil etildi. Yil davomida to’garakda 20 nafar o’quvchilar faol ishtirok etdilar. Ular tomonidan turli devoriy gazetalar, didaktik ko’rgazmalar qo’l mehnati bilan yasalgan fanga oid materiallar tashkil etildi.
Har haftaning dushanba kunlari metod kun munosabati bilan tuman miqyosida o’tkazilgan metodik tadbirlar, tuman XTB AKT seminar trenininglari, ochiq darslarda tajribali ustozlarni tajribalari o’rganib, ulardan darslar davomida muntazam foydalanildi.
Maktabda “Besh tashabbus” bo’yicha yuqori sinflar AKT savodxonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar olib borildi. Aniq fanlar metod birlashma rahbari M.Ibragimova tomonidan olib borgan yig’ilishlarida “PISA o’quvchilarni ta’limdagi yutuqlarini baxolashga doir halqaro tadqiqotga tayyorgarlik haqida” va “Ustoz- shogird” an’analari doirasida olib borilayotgan ishlar tahlili mavzusida ma’ruzalar tayyorlandi.
O’quv yili mobaynida har hafta davomida maktabdagi faol ustozlar darslari kuzatilib, ular bilan ozaro interfaol metodlar bo’yicha muntazam fikr almashib borildi va darslarga tadbiq etildi.
Fan oyligida olib boriladigan ishlar rejasi O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari M.Usmonovaga tasdiqlatildi.
Fevral matematika va informatika fan oyligida maktab ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari M.Saminova so’zga chiqdi. U o’z so’zida yanvar oyi matematika va informatika fanlar oyligi ekani haqida gapirib, oylik doirasida otkaziladigan tadbirlar bilan o’quvchilarni tanishtirdi.
29.01.2020 kuni informatika va matematika fan oyligi ish rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
12.02.2021 kuni 8-sinflar o’rtasida “Kompyuter bilimdonlari” deb nomlangan tadbir o’tkazildi.
17.02.2021 7-sinfda informatika fanidan “Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar” mavzusida ochiq dars o’tkazildi.
Fan oyligi davoida “Bravo intelekt center” Innovatsion ta’lim markazi tomonidan tashkil etilgan o’qituvchilar o’rtasida o’tkazilgan Respublika milliy olimpiadasida Informatika fani yo’nalishida I-o’rinni egallab Diplom bilan taqdirlandim. Million dasturchi loyihasida ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlandim.
Fan oyligi yakunida g’olib va faol qatnashgan o’quvchilar metod birlashma rahbarlari tomonidan rag’batlantirildi.
III chorak boshlanishida Kundalik.com tizimi orqali ishlar olib borildi va elektron kundalik joriy etilishida faol ishtirik etdim. Kundalik.kom seninarlarida qatnashdim. Elektron o’quv rejalar va jurnallar joylanib, baxolar qoyildi, hisobotlar tayyorlandi. Bu tizim haqida o’quvchilar va ota-onalarga tushunchalar berildi.
Yakuniy attestatsiya materiallari tayyorlanib, sinflar kesimida imtixon biletlari tasdiqlandi.
O’quv yili yakuni bo’yicha tegishli hisobotlar tayyorlanib metod birlashma rahbari va maktab ma’muriyartiga topshirildi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling