1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja


Download 145.15 Kb.
bet31/57
Sana10.12.2021
Hajmi145.15 Kb.
#179743
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57
Bog'liq
Лекция текст узб СБ ушын

Tabiat qonunlarining yana bir eng muhim xususiyati — u ob`ektiv xarakterga ega, ya`ni u insonga ham, insoniyatga ham bog`liq emas. Biror kishi, hatto millatning irodasi bilan ham, tabiat qonuniga tub o`zgartirish kiritish yoki uni butunlay yo`q qilish mumkin emas. Chunki bu qonunlarning asosini tashkil qilgan bog`lanishlar, munosabatlar ob`ektiv xususiyatga ega.

Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan birga, bir-birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. Demak, voqelik va o`zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning bo`lishi ham odatiy hol. Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, kecha va kunduz, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik va yomonlik, adolat va jaholat va h. k. Qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqozo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bo`la olmaydi. Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaryadi bo`lmasa, u holda ushbu narsa magnit bo`lolmaydi.

Borliq narsa, voqea-hodisalarning turli-tumanligidan iborat. Lekin narsalar qanchalik xilma-xil, turli-tuman bo`lmasin, ular o`rtasida yaqinlik, aynanlik mavjuddir. Masalan, stol va stul sifat jihatidan turli narsalardir. Lekin baribir ular o`rtasida o`xshash tomonlar, belgilar bor. Aytaylik, ularning yo rangi yoki bir xil materialdan yasalganligi yoki bo`lmasa, vazni o`xshash bo`lishi mumkin va h.k.




Download 145.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling