1. Chiziqli tenglamalar sistemasi haqida tushuncha. Sistema-ning yechimi


Download 14.35 Kb.
bet1/5
Sana04.11.2023
Hajmi14.35 Kb.
#1746698
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Chiziqli tenglamalar sistemasi haqida tushuncha. Sistema-ning-fayllar.org


1. Chiziqli tenglamalar sistemasi haqida tushuncha. Sistema-ning yechimi

Chiziqli tenglamalar sistemasi


Reja:



  1. Chiziqli tenglamalar sistemasi


  2. Chiziqli tenglamalar sistemasini yechish usullari


1. Chiziqli tenglamalar sistemasi haqida tushuncha. Sistema-ning yechimi
Iqtisodiy masalalarning aksariyati bir necha noma`lumli (aytaylik m ta) chekli sondagi (aytaylik n ta) chiziqli tenglamalarni o`z ichiga olgan va ushbu tenglamalarning umumiy yechimini topish masalasi qo`yilgan quyidagi

(1)
chiziqli tenglamalar sistemasiga keltiriladi. Bu yerda, aiκ – haqiqiy sonlar bo`lib, sistemaning koeffitsientlari; b- haqiqiy sonlar esa uning ozod hadlari deyiladi. Sistemaning (1) ko`rinishdagi shakliga m ta noma`lumli n ta chiziqli tenglamalar normal sistemasi deyiladi.

- koeffitsentlar yoki asosiy matritsa,


kengaytirilgan matritsa deyiladi.
(1) sistemaning yechimi yoki yechimlari to`plami deb, uning har bir tenglamasini sonli ayniyatga aylantiradigan mumkin bo`lgan barcha m ta haqiqiy sonlarning tartiblangan (x1; x2; … ; xm) tizimlari to`plamiga aytiladi.

Sistemani yechish deganda – uning barcha yechimlarini topish yoki yechimga ega emasligini ko`rsatish tushuniladi.

Chiziqli tenglamalar sistemasi yechimga ega bo`lsa - birgalikda, yagona yechimga ega bo`lsa - aniq, cheksiz ko`p yechimga ega bo`lsa - aniqmas va umuman yechimi mavjud bo`lmasa – birgalikda bo`l-magan sistema deyiladi.


Tenglamalar sistemasining biror-bir tenglamasi zid (qarama-qarshi) tenglama bo`lsa, sistemaning o`zi ham zid, ya`ni birgalikda bo`lmagan sistemani tashkil etadi. Aynan teng yechimlar to`plamiga ega tenglamalar sistemalariga esa teng kuchli (ekvivalent) sistemalar deb ataladi.

Download 14.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling