1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja
Download 145.15 Kb.
|
Лекция текст узб СБ ушын
Tayanch tushunchalarBog`lanish, aloqadorlik, takrorlanish, qonun, qonuniyat, ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik, ziddiyat, miqdor, sifat, inkor, inkorni inkor, vorislik, yangilanish. Kategoriyalar, alohidalik, umumiylik, sabab va oqibat, mazmun va shakl, sistema va element, butun va bo`lak, mohiyat va xodisa, zarurat va tasodif, imkoniyat va voqelik. 1. Aziz talabalar! Falsafa tarixidan sizlarga ma'lumki olamdagi narsa va hodisalarning harakat o`zgarishi, bir holatdan ikkinchi holatga o`tib turishi, rivojlanishi, ular o`rtasidagi aloqadorlik va o`zaro ta'sir, takrorlanish jarayonlari kabi masalalar olimlar, faylasuflar o`rtasida turli bahs va munozaralarga sabab bo`lgan. Chunki, ular to``risida aniq bilimga ega bo`lmasdan turib, olam va uning taraqqiyoti, rivojlanish manbai, harakatlantiruvchi kuchlari to``risida, eng muhimi kelajak haqida ilmiy tasavvurga ega bo`lish qiyin. Sizlar o`tgan ma'ruzalardan bilasizlarki, tevarak atrofimizdagi jamiki narsalar, eng mayda zarrachalardan tortib to oy, er, quyosh, cheksiz koinotgacha barchasi, shu jumladan kishilik jamiyati ham, doimo harakat, rivojlanish va o`zgarishdadir. Ular o`rtasidagi abadiy o`zaro bo`liklik, o`zaro ta'sir va aloqadorlik mavjud. Biz narsa va hodisalarning harakati, o`zgarishi va rivojlanishiga ular o`rtasidagi bo`linish va aloqadorlik, ta'sir va aks ta'sir asos bo`ladi deymiz. Albatta, olamdagi har qanday bo`lanish ham rivojlanishga sabab bo`lavermaydi. Chunki bu bo`lanishlarning ko`lami, mohiyati, ta'sir kuchi va doirasi turlicha. Bo`lanishlarning ana shu tashqi bevosita va bilvosita, muhim va muhim bo`lmagan va hakazo bo`lanishlarga ajratish mumkin. Endi qonun tushunchasiga izoh beradigan bo`lsak, qonun ob'ektiv asosga ega bo`lib, olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bo`lanishlar, o`zaro aloqalari va munosabatlarning namoyon bo`lishidir. Qonunning belgilari quyidagilarda ifodalaniladi: a)qonun turli- tuman aloqadorliklar, bo`lanishlardan faqat muhimlarini, ya'ni, shunday bo`lanishlarni ifodalaydiki, bular olamning mohiyatidan kelib chiqadi; b)qonun- zaruriy bo`lanishlarni ifodalaydi; v)qonun narsa va hodisalarning umumiy bo`lanishlarini ifodalaydi. Qonun nisbatan barqaror, takrorlanib turuvchi bo`lanishlarni ifodalaydi, ya'ni, bir safar yuz berib, ikkinchi safar yuz bermaydigan bo`lanishlarni qonun qamrab olmaydi. Masalan, 2006 yili qishdan keyin bahor kelib, 2007 yilda qishdan keyin yoz kelishi aqlga si`maydi. Chunki, bu tabiat qonuni fasllar o`zgarishi qonuni doirasiga kirmaydi. Tabiat qonunlarining yana eng muhim xususiyati- u ob'ektiv harakterga ega, ya'ni u insonga ham, insoniyatga ham bo`liq emas.
Olamdagi narsa va hodisalarning harakati, o`zgarishi, bir holatdan ikkinchi holatga o`tib turishi, rivojlanishi, ular o`rtasidagi aloqadorlik va o`zaro ta`sir kabi masalalar qadimdan mutafakkirlar, olimlar, faylasuflar o`rtasida turli bahs, munozara, tortishuvlarga sabab bo`lgan. Chunki ular to`g`risida aniq bilimga ega bo`lmasdan turib, olam va uning taraqqiyoti, rivojlanish manbai, harakatlantiruvchi kuchlari to`g`risida hamda, eng asosiysi, kelajak haqida ilmiy tasavvurga ega bo`lish qiyin. Atrofimizdagi jamiki narsa-hodisalar, ya`ni eng mayda zarrachalardan tortib to er, Quyosh, Koinotgacha barchasi, shu jumladan, kishilik jamiyati ham, doimo harakat, o`zgarish va rivojlanishdadir. Ular o`rtasida abadiy o`zaro bog`liqlik, o`zaro ta`sir va aloqadorlik mavjud. Olamda o`z-o`zidan, tasodifiy ravishda hech qanday harakat ham, o`zgarish ham yuz bermaydi.
Download 145.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling