Ilmiy dalillarning pedagogik izlanishlardagi o`rni. Dalil bu............ Dalilning asosan ikkita xususiyati bor: - 1.Hayotiy bo`lgan real voqealar, xususiyatlar, munosabatlar, aloqadorliklar, o`zgarishlar, jarayonlarni o`zida ifoda etadi.
- 2.Haqiqatni isbotlovchi fikrlarning to`laqonligini, inkor etib bo`lmasligini, reallikka mosligini qaror toptiradi.
Dalilning turlari quyidagilar: - 1.Haqiqiy dalil 2.Yolg`on dalil
- 3. To`liq dalil 4. To`liq bo`lmagan dalil
- 5. Taxminiy dalil 6. Isbotlanmaydigan dalil
- 7. Isbotlangan dalil 8.Ilmiy dalil
Ilmiy tadqiqotda ilmiy dalillar negizida ish yuritiladi, faoliyat ko`rsatiladi. Ilmiy tadqiqotda dallilarga erishish og`ir va mashaqqatni talab qiladi. A. Enshteyn so`zlari bilan aytganda, “fan dallillardan boshlanishi, va boshlanish bilan tugallanish o`rtasida qanday nazariy tuzilmalar bo`lishidan qat`i nazar dalilar bilan yakunlanishi lozim.” Dallilash 2 ta usulga asoslanadi: - Emperik bilish
- nazariy bilish
Ilmiy dalil emperik bilishning natijasidir. Ilmiy dalil qudratli kuchga ega. Ular oldidadan aytib berishni ham qurollantiradi. M: qushlar va hasharotlar, ya`ni havodan og`ir fazo muhitida uchishga qodirligini mexanik N. Ye.Jukovskiy ko`tarma kuch nazariyasini yaratilishiga olib keldi. Buning natijasida barcha aviatsiya va kosmanavtika vositalar loyihalashni aerodinamikani kashf etgan. Ilmiy tadqiqotda dalil to`plash bir qancha usullar yordamida amalga oshiriladi. Bu usullarga: - kuzatish , tajriba o`tkazish,qiyoslash , analiz va sintez qilish, umulashtirish va formatlashtirish, bahs qilish va boshqalar.
Ilmiy tadqiqotda dalilning quyidagi vazifalarga e`tibor berish lozim: - 1. oldingi bilimlar asosida yangi bilimlar hosil qilish;
- 2.Narsa va hodisalar taraqqiyotini to`g`ri aks ettirish;
- 3.Obyektlarning faoliyatini to`g`ri tavsiflash uchun asos shartligini hisobga olish;
- 4.obyektiv voqyelikni to`g`ri tushuntirishdagi ishtirokini e`tirof etish va boshqalar.
Ilmiy atdqiqotda dalillar ijodiy izlanuvchinig ilmiy olamini yaratadi. dalillar ijodkorga havo va suvdek zarur. Tadqiqotchi yaratayotgan yangilik,kashfiyot mantiqiy dalillar farazlar, nazariyalar mantiqiy xulosalar jarayonida paydo bo`ladi. Natijada eski dallillar inkor etilib yangi dallilar paydo bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |