Ilmdan o’zga najot yo’q kalamullohning ilk oyatlarini


Download 14.45 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi14.45 Kb.
#1014954
Bog'liq
insho


Bismillahir Rohmanir Rohim

ILMDAN O’ZGA NAJOT YO’Q

Kalamullohning ilk oyatlarini: "O‘qing (ey, Muhammad! Butun borliqni) yaratgan zot bo‘lmish Rabbingiz ismi bilan! (U) insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Rabbingiz esa karamlidir. U insonga qalam bilan (yozishni ham) o‘rgatdi. U insonga bilmagan narsalarini bildirdi” (Alaq surasi, 1-5-oyatlar) deya nozil qilgan va insonni ilm va zakovati ila qolgan barcha mavjudotlarda aziz qilgan Alloh taoloning O'ziga bitmas-tuganmas hamdu-sanolar bo'lsin!
Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga mukammal salovatu durudlar bo'lsin!
U zotning ahli baytlari va sahobalariga Alloh taoloning roziligi bo'lsin!

Bilamizki,Qur'oni Karim bexato,Islom esa mukammal dindir.Bizning dinimizchalik ilmni ulug'lagan o'zga din yoki falsafa yo'q.Har bir mo'min va mo'minalar uchun ilm talab etishni farz qilinganligi bu gaplarimizga isbot o'laroq o'tmaydimi?
Qur'oni Karim,xadisi sharifda ham ilm,uni talab qilish,ulamomlarni yuqori maqomga qo'yish haqida aytilmadimi?
Aslida,bir mo’min(a)uchun tolibi ilm bo'lib bu dunyodagi safarini o'tkazmoqlik bir saodat emasmi?

Qachon Islom dini yana Saodat asridek oliy maqomda bo'ladi?
Qachonki,yoshu qari,erkagu ayol beshikdan to qabrgacha ilm o'rganish va uni talab qilish farz ekanligini to'la qonli xis qilsa, shuningdek Qur'on va Sunnat ta'limotlariga amal qilib butun olamga ilm nurini tarqatsalargina.(Vallohu A'lam)

"Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo'larmidi?"(Zumar surasi,9-oyat)

Siz ham musulmon,men ham musulmon.Almisoqda ruhi ila vada berganlar orasida men ham bo'lganman.Lekin siz va mening o'rnim Allohning darojotida bir xilmikan?
Aslo,unday emas.Alloh tolibi ilmu,olimlarni xushlar.Ushbu oyati karimada ham ilmli musulmonlar doimo ustun turishi va fazilatli hisoblanishi,ilmsizda esa bu narsalar bo'lmasligiga ishora qilinmoqda.

Hozirgi vaqtda,biz yoshlar orasida dangasalik,beparvolik avj olmoqda.Shu sababda ko'pchilik yoshlar o'zida bironta ish boshlashdan avval kuchli motivatsiyaga ehtiyoj sezmoqdalar.Ya'ni u sizga vaqtinchalik turtki berib turuvchi sabab deya qaray qolaylik-a!
Agar javobingiz "Ha" bo'lsa,quyidagi Abu Xurayra roziayllohu anhudan rivoyat qilingan hadisni tinglang:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:"Kim ilm talab qilish yo'liga tushsa,Alloh unga jannatning yo'lini yengillashtiradi",dedilar.

Xo'sh,har bir musulmonning eng oliy maqsadi jannat emasmi?
Abadiy saodatga erishmoq uchun har narsadan kechib,har qanday qiyinchiliklarga bardosh bermasmu?
Ilm yo'lida yurmoq va uni talab qilmoq jannatning yo'liga tushurib qo'ymas ekanmi?
Shunday ekan,ilmdagi qiyinchilklaru-mashaqqatlar yengilashib ketmasmu?
Hech bir ishni motivatsiyasiz boshlay olmaydiganlar,shu sizga yetarli va davomli sabab emasmu?

Yuqoridagi fikrlarimiz doirasida,sizda "Ilm faqat din ilmidir!",degan xato fikr tug'ulib qolmasin.Shu o'rinda fazilatli Shayx Muhammad Sodiq rahimahullohning ushbu izohlarini keltirib o'tsak:"Oyat va hadislarda zikri kelgan ilm hamma foydali ilmlarni o'z ichiga oladi.Albatta,diniy ilmlar birinchi o'rinda turadi.Ammo boshqa ilmalar ko'zda tutilmagan,deyish mutlaqo notog'ridir.Agar oyat va hadislarda faqat diniy ilmlar ko'zda tutilsa,bu narsa alohida qayd etiladi.Misol uchun,"Alloh kimga yaxshilikni ravo ko'rsa,dinda faqix qilib qo'yadi",degan xadis.Shuningdek,boshqa islomiy ilmlar haqida gap ketkanda ularning nomi va sifati ham zikr qilinadi".(Alloh ulardan rozi bo'lsin)

Kalomullohda ilm va unga dalolat qiladigan so'zlar 700 martadan ziyodroq zikr qilingan ekan.Xo'sh bunga nima deya olasiz?
Hali ham ilmda harizlik qilish fikringiz yo'qmi?

Ey dindoshim,dindagi birodarim o'zingizni isloh qiling,so'ngra atrofingizdagilarni.
Kunda 20 bet bo'lsada kitob mutolaa qiling,yangi narsalarni o'zingiz uchun kashf eting.Ilm o'rganishingiz uchun sharoit hozirlang va hozirlab bering.Lekin ilmni talashib-tortishish,riyo uchun egallamang.Zero mashaqqat ila o'rgangan bu ilmingiz qiyomatda o'zingizga qarshi xujjat bo'lib qolmasin.Ilmga to'g'ri va xolis niyat bilan yondashing,shunda qadringiz ulug',ajringiz ziyoda bo'ladi.
Siz buyuk ummatning vakili,va zakiy farzandlarning ota-onasisiz,in sha Alloh.

Yuqoridagi ojizona fikrlarmizni mazhabboshimiz Abu Xanifa rahimahulloh aytgan quyidagi gaplari :"Ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay",bilan yakunlamoqni joiz deb bildik.
Assalamu alaykum va Rahmatullohu va Barakotuh...
#Bintu Umar
Download 14.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling