1-Mavzu: Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja


Download 145.15 Kb.
bet54/57
Sana10.12.2021
Hajmi145.15 Kb.
#179743
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Лекция текст узб СБ ушын

Nozidlik qonuni

Inson tafakkuri anik, ravshan bo`libgina kolmasdan, ziddiyatsiz bo`lishi ham zarur. Zidiyatsizlik inson tafakkuriga xos bo`lgan eng muhim xislatlardan biridir. Ma`lumki, ob`ektiv voqelikdagi buyum va xodisalar bir vaqtda, bir xil sharoitda biror xususiyatga ham ega bo`lishi, ham ega bulmasligi mumkin emas. Masalan, bir vaqtning o`zida, har xil sharoitda inson ham axloqli, ham axloqsiz bo`lishi mumkin emas. U yo axloqli, yo axloqsiz bo`ladi.

Bir vaqtning o`zida bir predmetga ikki zid xususiyatning taalluqli bulmasligi tafakkurda nozidlik qonuni sifatida shakllanib kolgan. Bu qonun fikrlash jarayonida ziddiyatga yul kuymaslikni talab kuyiladi va tafakko`rning ziddiyatsiz hamda izchil bo`lishini ta`minlaydi.

Nozidlik qonuni ayni bir predmet yoki xodisa haqida aytilgan ikki o`zaro bir-birini istisno kiluvchi (qarama-qarshiyoki zid) fikr bir vaqtda va bir xil nisbatda birdaniga chin bo`lishi mumkin emaslngini, Xech bo`lmaganda ulardan biri albatta xato bo`lishini ifodalaydi. Bu qonun «A ham V, ham V emas bula olmaydi» formulasi orqali beriladi. Nozidlik qonuni qarama-qarshiva zid muloxazalarga nisbatan qo`llaniladi. Bunda qarama-qarshimuloxazalarning har ikkalasi ham bir vaqtda xato bo`lishi mumkin o`zaro zid muloxazalar esa bir vaqtda xato bo`lmaydi, ulardan biri xato bo`lsa, ikkinchisi albatta chin bo`ladi. Qarama-qarshimuloxazalarda esa bunday bo`lmaydi, ya`ni ulardan birining xatoligidan ikkinchisining chinligi kelib chikmaydi. Masalan: «Aristotel`-mantiq fanining asoschisi» va «Aristotel`-mantiq fanining asoschisi emas»-bu o`zaro zid muloxazalardir. Bu zid muloxazalarning har ikkalasi bir vaqtda xato bo`lmaydi. Ulardan birinchisi chin bo`lgani uchun, ikkinchisi xato bo`ladi. O`zaro qarama-qarshibo`lgan «Bu dori shirin» va «Bu dori achchiq» muloxazalarining esa ikkalasi bir vaqtda, bir xil nis­batda xato bo`lishi mumkin. Chunki dori shirin ham, achchiq ham bo`lmasligi, balki bemaza yoki nordon bo`lishi mumkin.

Ba`zida ikki qarama-qarshi fikr aytilganda mantiqiy ziddiyat bo`lmasligi mumkin. Bunda bir masala yuzasidan bayon qilingan qarama-qarshifikrlar turli vaqtda va turli nisbat­da aytilgan bo`ladi. Masalan: Talaba A. mantiq fanidan imtixon topshirmadi» va «Talaba A. mantiq fanidan imtixon topshirdi». Bu zid muloxazalar turli vaqtga nisbatan chin bo`ladi, ya`ni ular o`rtasida ziddiyat bo`lmaydi.

Demak, fikrlash jarayonida, vaqt, munosabat va ob`ekt birligining saklanishi nozidlik qonunining amal qilishi uchun zaruriy shart-sharoit xisoblanadi. Nozidlik qonuni to`g`ri fikr yuritish jarayonida amal qiladi.

Mantiq ilmi umuman har kanday zid muloxazalarni ta`kiklamaydi, balki bir masala yuzasidan bir xil vaqt va munosabat doirasida o`zaro zid, qarama-qarshimuloxazalarni bayon qilish mumkin emasligini ta`kidlaydi.

Formal mantiq dialektik ziddiyatlar bilan mantiqiy ziddiyatlarni chalkashtirib yuborishni koralaydi. Mantiqiy tafakkurdagi ziddiyat bilan real xaet ziddiyatlarini, ya`ni dialektik ziddiyatni bir-biridan farqlash, ularni almashtirib yubormaslik zarur. Chun­ki bulardan birinchisi tafakkurda yul kuyib bo`maydigan ziddiyat bo`lsa, ikkinchisi buyum, xodisalar taraqqiyotining ichki manbaini tashkil qiladigan dialektik ziddiyatdir. Birinchisi sub`ektov, ikkinchisi ob`ektiv ziddiyatdir.

Noziddlik qonunini bilish va unga amal qilish rakibning, suxbatdoshning fikrlaridagi mantiqsizlikni aniqlash, ilmiy taxlilni izchil va chukur mantiqiy asosda olib borish imkonini beradi




Download 145.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling