Ilm oʻrgan har on, Ilm ahliga ziynatu fazilat
Download 16.5 Kb.
|
Ilm olish sirlari
Ilm oʻrgan har on, Ilm ahliga ziynatu fazilat, ham oliy unvon. Har on talabgori foyda boʻl, Foyda dengizlarda gʻavvos boʻl. Ilm, ilmdan ilm unar, Sohibini ziynatlar. Manfaatli dengizlarda Gʻavvos boʻlmoqqa chogʻlar. (Muhammad inb Hasan ibn Abdulloh) "Bir olim ming obiddan afzalroqdir" (Muhammad(s.a.v)) Fiqh - kishi nima foydali va nima zararli ekanini bilmogʻi hamda oʻrganmogʻidir. Ilm unga amal qilish uchundir. Aslida, ilmga amal qilish naqdni nasiyaga qoldirishdir. Yaʼni amalining mukofotini darhol talab qilmaydi, balki uni oxiratga olib qoʻyadi. Fiqh- ilmning nozik nuqtalarini bilish, oʻrganishdir. Demak fiqh ilmga nisbatan chuqurroq maʼnoga ega. Fiqh keng qamrovli, koʻp tarmoqli, serqirra ekan. "Kishi maslahat soʻrab halok boʻlgan emas" (Hazrati Ali) "Har bir goʻdak Islom fitratida tavallud topadi. Biroq uni yahudiy qiladigan ham, nasroniy qiladigan ham, majusiy qiladigan ham ota-onasidir"( Muhammad(s.a.v)) Hurmat saqlash toat-ibodatdan afzalroqdir. "Menga bir dona harf oʻrgatgan kishining quliman. Xohlasa sotsin, xohlasa qullikdan ozod qilsin, xohlasa qul qilib ishlatsin"(Hazrat Ali) "Hamma narsa sarflash bilan zavol topadi, faqat ilm qancha sarflansa, shuncha ziyoda boʻladi"(Arab maqoli) Murodingni hosil qilmoqchi boʻlsang, kechalarni oʻzingga tuya qilib ol! Meni talab qil, meni topasan! Tolibi ilm kechaning avvalida hamda ozirida darslarini takroe qilishga odatlanmogʻi kerak. Ushbu 2 vaqt- shom va xufton hamda sahar vaqtlari barokatli, fayzlidir. "Qay bir amal Chorshanba kuni boshlamgan boʻlsa, u kamol topibdi" (Hadisi sharif) Kim ilmga xizmat qilsa, ilm unga barchani xizmatchi qilib qoʻyadi. Duo qiling, ijobat qilaman.(Qurʼoni Karim) Kim Allohga tavakkul qilsa, topshirsa, Allohning oʻzi unga kifoyadir. Maqsadlarini ziyodasi bilan beradi.(Qurʼoni Karim) "Amallarning xayrlisi oʻrtachasidir" (Muhammad (s.a.v)) "Hikmatning boshi taqvodir"(Muhammad (s.a.v)) "Kichiklarimizga rahm-shafqat qilmaydigan va kattalarimizni hurmat qilmaydigan kishi bizdan emasdir"(Muhammad(s.a.v)) Download 16.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling